6-Topshiriq


Download 57.5 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1299892
Bog'liq
Qadimgi hindiston tarixi arxealogik manbalari


Qadimgi hindiston tarixi arxealogik manbalari
Reja:
1.Er.avv. III-II ming yilliklarda Hindistonning geografik joylashishi, tabiiy shart-sharoiti
2.Qadimgi Hindiston tarixini davrlashtirilishi va manbalari.
3. Qadimgi Hind sivilizatsiyasi.

Hindistonning bepoyon hududi, iqlim sharoitlari, relyefi, joyi va tuprog'i jihatdan bir necha zonaga bo'linadi. Shimoliy-g'arbiy viloyatlar qadimda qalin o'rmonlar bilan qoplangan. Hind vodiysining tuprog'i juda hosildor. Shu yerda eramizdan avalgi III ming yillikda janubiy Osiyoda eng qadimgi shahar sivilizatsiyasi shakllandi. Hindiston shimoldan va shimoliy-sharqdan Osiyoning boshqa qismidan Himolay tog'lari bilan ajratilgan. Err. av. II ming yillikda bu yerdan hind-yevropa qabilalari yo'li o'tgan. Hind-gang tekisligining markaziy qismi qadimda «oriy» laming «muqaddas yeri» (Ai''yavarta) deb atalgan. Ikki buyuk daryoning


oralig'ida va Gangning yuqori qismida er. av. I ming yillikning birinchi yarmida veda sivilizatsiyasi shakllandi. Gang daryosining shimoliy-sharqiy havzasida namlik darajasi juda yuqori va boy tropik o'simliklarga ega.
Er. av. I ming yillik o'rtalarida bu hududda keng miqyosda dehqonchilik ishlari boshlanadi. Er. av. I ming yillikning ikkinchi yarmida bu yerda Qadimgi Hindistonning eng muhim siyosiy va madaniy markazlari vujudga keldi. Hind-gang tekisligining Dekan (qadimgi hind tilida «Danishna » — janub) yarim orolidan yassi tog'lar ajratib turadi. Dekan yarim orolida faqat eramizning boshlarida yirik davlatlar paydo bo'ldi. Groining markaziy qismida Shri-Lanka (Seylon) o'rmonli tog'lik hudud.
Groining geografik o'rnini janubiy Hindiston qirg'og'i bilan muntazam aloqalar shartlab keladi. Janubiy Osiyoning hozirgi aholisining katta qismi asosiy yevropoid irqiga mansub. Faqat yarim orolning janubiy qismi va Shri- Lankaning aholisi irqiy belgilariga qarab (badani, sochining qora rangi va boshqalar) avstroloidlarga yaqin turadi. Shimoliy sharqning qator qabilalari janubiy mongoloid irqiga mansub. Shimolda hind-yevropa tillari (hind, bengal va boshqalar), janubda dravid (masalan, tamil.) Dekan va shimoliy-sharqiy Hindistonning qator tillari janubiy-sharqiy Osiyo, Tibetda va Xitoyda tibet-birma va mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lanka aholisining ko'pchilik qismi hind-yevropa (singal) tilida ozchilik qismi dravid (tamil) tilida so'zlashadi. Ma'lumki, hind-yevropa tillarida so'zlashuvchi oriylar Hindistonga er.av. II ming yillikda kirib kelganlar. Singallar materikdan Shri-Lankada er.av. I ming yillikda paydo bo'lganlar.
Qadimgi Hindiston tarixini davrlashtirilishi, manbalari.
Janubiy Osiyning qadimgi tarixi quyidagi davrlarga bo'linadi:
1. Eng qadimgi hind sivilizatsiyasi taxminan er. av. XXIII-XVIII asrlar bilan belgilanadi. (ilk shaharlar, davlatlarning paydo bo'lishi)
2. Er. av. II ming yillikning ikkinchi yarmida oriylarning paydo bo'lishi. Er. av. II ming yillikning oxiridan er.av. VII asrgacha «Veda» davri. Bu davrda yaratilgan muqaddas kitoblar «vedalar» nomi bilan mashhur.
3. «Budda davri». Er. av. VI-III asrlar. Budda dinining paydo bo'lishi va tarqalishi davri. Bu davrda iqtisodiyotning yuqori taraqqiyoti, shaharlarni shakllanishi-yirik davlatlar Mauriylar Umum Hind davlatining tashkil topishi.
4. Er. av. II asrdan eramizning V asrigacha . «Klassik davr» janubiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab- yashnagan davri.
Janubiy Osiyoga xos jihat taraqqiyotning merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va o'rta asrlarda bu yerda keskin etnik o'zgarishlar yuz bermadi. Ijtimoiy munosabatlarda kasta tuzumi va madaniy an'analarning barqarorligi ko'rinib turadi. Qadimgi Hindistonning ko'pgina asarlari hozirgacha hinduizm va buddizmning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar bizgacha juda ko'plab yetib kelgan. Sanskrit tilini o'rganish qadimgi til grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga (er. av. IV asr) asoslanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni o'rganish uchun asosiy manba bo'lib, diniy-axloqiy majburiyat-draxmalar («Manu qonunlari») siyosat san'ati to'g'risidagi (Artxashastra), muhabbat to'g'risidagi (Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu manbalarda fikrlar sxolastik, an'anaviy rahda bayon qilingan, shu bilan birga bu asarlar qachon va qayerda tuzilganligini aniqlash mumkin emas. Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga olinadi. U ko'p hollarda yarim afsonaviy kissalarda aks etadi[1].
Yilnomalar eramizning I asrlarida Seylondagi budda monastirlarida tuzilgan va boshqa asosan budda ta'limotiga oid siyosiy-xo'jalik hujjatlari bo'lgan. Davlat va xususiy arxivlar yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po'stloq yoki mato parchasi kabi mo'rt asosda
yozilgani uchun saqlanmagan. Bizgacha faqat eramizdan avalgi III—II ming yilliklarga oid o'qish qiyin bo'lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (er. av. Ill asr) yozuvlarigina yetib kelgan.
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog'och ishlatilgan. Tosh va bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo'lgan. Yana shuningdek, Hind qadimiy obidalarini o'rganish asoan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjo Daro, Xarappa katta maydonlarda qazib ochilgan. Tarixnavislik Janubiy Osiyo tarixini o'rganish XVII oxiridan aniqrog'i, 1784-yil Kalkuttada sharqshunoslarning birlashmasi Osiyo jamiyatiga asos solinishidan boshlandi. XVIII asr oxirida Sanskrit adabiyotining yodgorliklari: «Manu qonunlari», Kalidasining «Shakuntali » dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilindi. Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX asrning birinchi yarmida Sanskrit tilining qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan qarindoshligi nazariyasi ilmiy asoslandi. XIX asrning o'rtalarida va ikkinchi yarmida hind adabiyotning yodgorliklari asosan vedalarni tarjima qilish va chop qilish yuzasidan muhim ishlar qilindi. Jumladan, Sharqning muqaddas kitoblari 50 tomli (Oksford universitetida Maks Myuller asos solgan) seriya, ko'p tomli Sanskrit lug'atlari paydo bo'ldi. XIX asrning oxirida T.Ris, Devids pali tilidagi matnlarini
o'rganish va chop etish jamiyatini tashkil etdilar.
XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda arxeologik qazishlar boshlandi. Asrimizning 20—30-yillarida janubiy Osiyoning eng qadimgi hind sivilizatsiyasi ochildi. XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy konsepsiyasida yevrosentrizm an'anasi kuchli edi. Qadimgi hind jamiyati turg'un, mustaqil taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind davlati teokratik va despotik, tafakkur chalg'itilgan va faqat diniy deb talqin qilindi.
Hindistonga makedoniyalik Iskandarning yurishini siyosiy ahamiyati bo'rttirib ko'rsatildi. Hind madaniyatining muhim yutuqlari (epik asarlar, poeziya, teatr) yunonlardan o'zlashtirilgan deb ko'rsatildi. Faqat XX asrning birinchi yarmida hind milliy tarixnavisligining juda katta tadqiqotlari bunday qarashlarning asossizligini ko'rsatdi. Hind milliy tarixnavisligi manbalarda ko'p hollarda yetarlicha tanqidiy tahlil etilmaydi. Qadimgi tarix ma'lum darajada modernizatsiya qilindi.
Qadimgi Hind sivilizatsiyasi.
Janubiy Osiyoda eng qadimgi bo'lgan hind sivilizatsiyasi Hind daryosi vodiysida (hozir asosan Pokiston hududi taxminan er. av. XXII-XVI asrlar) paydo bo'lib, qadimgi Sharq silizatsiyalaridan paydo bo'lishiga ko'ra uchinchi hisoblanadi.
Hind daryosining g'arbida neolit davrida er. av. VII-VI ming yilliklarda aholi dehqonchilik bilan shug'ullana boshlaydi. Vodiyda paxsa uyli kichik qo'rg'onlar paydo bo'ladi. Dastlabki ikki shahar markazi Moxenjo-Daro va Xarappa, keyinchalik Chanxo-Daro va Kalibangan qazib ochiladi. Hozirgi vaqtda Hind vodiysi havzasida Hind sivilizatsiyashang bir necha yuz qo'rg'onlari ochilgan. Moxenjo-Daro, Xarappa va Kalibangan shaharlari qurilishi ikki qismli rejaga ega. Shaharning bir qismi sun'iy tepalikda qurilib devor bilan o'ralgan. Bu ma'muriy-diniy inshootlar deb taxmin qilinadi. Moxenjo-Daro qal'asida topilgan katta inshoot yoki hokim qarorgohi bo'lgan. Uning yaqinida diniy marosimlar uchun xizmat qiladigan basseyn topilgan.
Xarappa qal'asida ulkan g'alla ombori qurilgan. Moxenjo-Daro bir necha o'n ming kishi yashaydigan 2 kv. km. maydondan iborat. To'g'ri ko'chalar o'n metrgacha kenglikda qurilgan. Uylar 2 qavatli, kanalizatsiyaga ega. Shahar hunarmandchiligi to'g'risida aniq tasavur hosil qilish mumkin. Kulolchilik, to'qimachilik yuqori darajada rivojlangan. Haykalchalar kichik hajmda, hokim-kohin, yalang'och ayolning (raqqosa deb taxmin qilinadi), jez haykalchalari topilgan. Ikki to'g'ri burchakli muhrlar topilib, ularning ko'pchiligida mifologik manzaralar tasviri tushirilgan. Bu yerda topilgan boshqa muhrlarga o'xshash buyumlar Hir.d vodiysidan uzoq bo'lgan Baxreyn orollari, Mesopotamiyadan, Eron va Turkmanistondan topilgan. Bu Moxenjo-Daro va Xarappaning qadimgi Sharq sivilizatsiyalari bilan keng aloqada bo'lganidan dalolat beradi. Moddiy madaniyat va san'at yodgorliklari asosida, Hind vodiysi aholisining diniy tasavurlari to'g'risida tushuncha hosil qilish mumkin.Muhrlardagi tasvirlar bu yerda yashagan aholining daraxtlar, hayvonlar, osmon jismlariga e'tiqod qilganidan guvohlik beradi. Ona ma'buda haykalchasi dinning dehqonchilik xususiyatini ko'rsatadi. To'rt hayvon qurshovida log holatida turgan erkak ma'bud dunyoning to'rt tomonini hukmdori deb qaraladi. Er. av. XVIII asr oxirida Xarappa madaniyati tushkunlikka tushib, sekin-asta halok bo'ladi. Hind sivilizatsiyasining siyosiy va ijtimoiy tizimi to'g'risida faqat umumiy tasavur qilish mumkin. Qal'a va shahar rejasi davlat hokimiyati mavjudligidan darak beradi. G'alla ombori va ishchilar uchun xonalar mavjudligi bu hududni aynan Mesopotamiyadagi mavjud ibodatxona, davlat xo'jaligi bilan o'xshashligini ko'rsatadi. Ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi, shaharlar va yozuvning mavjudligi, uy-joy inshootlari hajmlarining katta-kichikligi aholi o'rtasida ijtimoiy tengsizlikni mavjudligidan darak beradi[2].
Oriy qabilalarining Hindistonga kirib kelishi. 
Ko‘p yillardan buyon oriylarning Hindistonga kelgan vaqti, sababi va qaysi yo‘llar orqali kelganligi hindshunoslar diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. Ayrim olimlar taraqqiy etgan oriylar qoloq mahalliy qabilalarni o‘ziga bo‘ysundirib, ular Hindistonga yuksak madaniyat olib kirishdi deb hisoblaydilar. Ular oriylarni mahalliy xalqlardan yuqori qo‘yib, mahalliy xalq taraqqiyotga mustaqil tarzda erishganini inkor etadilar. Mazkur nazariyaga ko‘ra, sinfiy jamiyat Hindistonga oriylar kirganidan so‘ng paydo bo‘lgan.
O‘n yillar davomida o‘zi bilan «asl e’tiqod» keltirgan, oqtanli va ko‘k ko‘z, baland bo‘yli oriylar bosqini haqidagi bu «nazariya» qadimiy Hindiston sirlarini ochadigan oltin kalit rolini o‘ynab keldi. Quldorlik qay tarzda vujudga keldi? Mamlakatga oriylar bostirib kirib, mahalliy xalqni o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Davlat qanday paydo bo‘ldi? Uni oriylar mahalliy aholiga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun barpo etdilar. Kastalar qay yo‘sinda tarkib topdi? Buni oriylar zulmat va jaholatga botgan mahalliy xalq bilan qorishib ketmaslik maqsadida o‘ylab topganlar. Hind madaniyatining manbalari qayerda? Ular mamlakatning keyingi tarixi davomida go‘yo taraqqiyot asosi bo‘lib qolgan oriylar ruhida deb uqtirmoqchi bo‘ladilar.
Hind olimi D.Kosambi o‘z tadqiqotida «Hind madaniyatining har qanday yuksak darajaga erishishi – oriylar xizmati, bu natsistlar rejimi vaqtida keng targ‘ib qilingan «oriylar tushunchasi»ga yanada ko‘proq chalkashliklar kiritdi» deb aytadi.
Hind vodiysida taraqqiy etgan sivilizatsiya mavjud bo‘lganining kashf etilishi ko‘pchilik olimlarni o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Oriylar muammosi bo‘yicha batafsil adabiyotlar yaratilgan va tarixchi, tilshunos, arxeolog, etnograf, antrapolog kabi turli soha olimlari bu muammo bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. «Oriylar muammosi»ga turli xil nuqtai nazar bilan qaragan olimlarning fikricha faqat bitta narsa o‘xshash. ya’ni, miloddan avvalgi 2000 yillarda Shimoliy Hindistonda hind-oriy tillari tarqalib, ularda so‘zlashuvchilar o‘zini oriylar deb ataganlar.
«Oriy» so‘zi olimlar fikricha, qadimgi eronlik va qadimgi hind qabilalarining nomlanishini anglatadi. Qadimgi matnlarni o‘qish asosida veda davrida «ar’ya» so‘zi «kelgindi», «boshqa yerlik» ma’nolarini bildirishi aniqlandi. «Xo‘jayin», «aslzoda» degan so‘zlar qadimgi Hindiston va Eronning ko‘pgina yodgorliklarida uchraydi.
“Oriy” so‘zi hozirgi Eron davlatining nomi bilan bog‘liq. «Eron» «ar’yana» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «Oriylar mamlakati» ma’nosini bildiradi. Qadimgi hind manbalarida chegaralari turlicha ko‘rsatilgan oriylarning muqqadas yurti Ar’yavarta haqida zikr qilinadi. Ular tilining yaqinligi ham Eron va hind-oriy qabilalari ajdodlarining keng urug‘chilik aloqalari yoki birligini ko‘rsatadi. O‘rganish va qiyoslash qadimda bu tillarning grammatik tuzilishi va asosiy lug‘at boyligi umumiy bo‘lganidan dalolat beradi. Masalan, «suv» qadimgi eron va hind tillarida «ap» deb atalgan. Yer «bumi»-«bxumi», «shamol» har ikki tilda «vata» deb yuritilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bundan tashqari qadimgi Eron va Veda dinini qiyoslash qadimgi Eron va hind-oriy ajdodlarining diniy tushunchalari o‘xshash bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, urf-odatlar, olovga e’tiqod qilish, muqaddas hind «soma» si (ichkiligi), Eron «xauma»si ham bir biriga o‘xshashdir[3].
Qadimgi hindlar va eronliklar ulug‘lagan va o‘zlarining diniy va epik asarlarida madh etilgan ko‘pgina ma’buda qahramonlarning ismlari ham mos keladi. Masalan, har ikkala qabilada asosiy ma’buda Mitra bo‘lib, shamol hamda urush ma’budi Vayu ma’lum edi. Diniy va adabiy an’analarda ham tidqiqotchilar aksar o‘zaro muvofiq afsona va epik hikoya syujetlarini aniqlaganlar.
Qiyosiy ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, Eron va hind-oriy qabila ajdodlarining turmush tarzi bir xil, ya’ni o‘troq yoki yarim o‘troq bo‘lgan. Ularning asosiy mashg‘ulotlari dehqonchilik edi. Qadimgi hind-oriy va eroniylar uchun umumiy bo‘lgan dehqonchilik hamda chorvachlik bo‘lgan asboblari, madaniy o‘simliklar, uy hayvonlari, metall hamda jangovar arava nomlarini anglatuvchi so‘zlar ma’lum.
2.Oriylar muammosi. 
Qadimgi hind-oriylar va eroniylar tili birmuncha o‘xshash bo‘lgani, ular dastlab yagona o‘lkada yashaganligi haqidagi farazni yuzaga keltiradi. Tilshunoslik va boshqa fanlarni qiyoslab ko‘rsatishicha, qadimgi hindlar va eroniylar qo‘shni bo‘lib, hind-oriy birligini tashkil etganlar. Masalan, bu xalqlar tili va qadimiy yozma asarlari («Avesto», «Veda») o‘zaro yaqinligi, diniy va ijtimoiy jarayonlar o‘xshashligi fikrimiz dalili bo‘la oladi.
Hind-oriy qabilalari ajdodlari avvalo Markaziy Osiyo va unga qo‘shni o‘lkalarda yashagan degan fikr keng tarqalgan farazlardan biridir. Bu hududda yashaganlarning bir qismi Hindistonga, qolganlari esa Old Osiyoga ko‘chib o‘tganlar.
Ular madaniyatining izlari taxminan miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga borib taqaladi. Undan so‘ng Midiya forslarining ajdodlari bo‘lgan eroniy qabilalar G‘arbiy Eron tomon siljib borganlar.Boshqa fikr tarafdorlari hind-oriylarning asl vatani janubiy rus dashtlarida deb aytadilar. Hind-oriylar bu yerlardan Kavkaz orqali Hindiston va Eron tomon ko‘chib borganlar. Ba’zi olimlar oriylar Hindistonga har ikkala yo‘l, ya’ni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali kelgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qiladilar.Har yili Markaziy Osiyoda arxeologlar qo‘lga kiritgan materiallar boyib bormoqda. Qazish ishlari va yangi topilmalar Markaziy Osiyoda bronza davri hamda Markaziy Osiyoning Xarappadan keyingi madaniyati o‘rtasidagi o‘zaro aloqalaridan guvohlik beradi.
Oriy qabilalarining joylashishi davomli va murakkab jarayon bo‘lib, olimlar ta’kidlashicha, u bir necha asrga cho‘zilgan. Veda matnlari va arxeologik materiallari hind-oriy qabilalarining umumiy miqiyosda sharqqa harakati va Gang vodiysini o‘zlashtirishini kuzatish imkonini beradi. O‘sha davrda ham mahalliy qabilalar bilan harbiy to‘qnashuvlar, oriy qabilalarining ichida ham o‘zaro nizolar bo‘lib turgan.
Olimlar oldida oriylar dastlab Hindistonning qaysi viloyatlarida paydo bo‘lganligini aniqlash kabi yana bir murakkab masala turibdi. Bizgacha yetib kelgan eng qadimiy yodgorlik – Rigveda miloddan avvalgi II ming yillik oxiriga mansub deb topilgan. Lekin bu asarning yaxlit to‘plam sifatida yig‘ilishi jarayoni ancha vaqtni talab qilgan. Demak Rigveda mualliflarining, ya’ni hind-oriylarning kirib kelishi ancha oldin, taxminan miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda ro‘y bergan. Shu bilan birga, olimlar hind-oriy qabila guruhining Hindistonga bu yerda Rigveda asoschilarining paydo bo‘lishidan avval kelgan bo‘lishi mumkinligini ham inkor qilmaydilar
Oxirgi paytda hind-oriylar bilan veda davrining muayyan arxeologik madaniyatini o‘zaro bog‘lash imkonini beradigan muhim arxeologik materiallar topildi. Bu tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Panjob, Jamna va Ganganing yuqori qismlari, bu daryo vodiylari, Ollohobod hamda shimoli-sharqiy Rajaston o‘lkalarida kulrang naqqoshlik madaniyati tarqalgan. Olimlar uning rivojlanish tarixini ikki qismga bo‘ladilar. Birinchisi ko‘proq shimoliy o‘lkalarda miloddan avvalgi XI asrga qadar davom etgan, ikkinchisi Xaryanadan janubda va shimoli-sharqiy Panjobda miloddan avvalgi 1000-500 yillargacha tarqalgan. Olimlarning so‘nggi kashfiyotlari Xarappa qishloqlarining kulrang naqqoshlik sopol madaniyati bilan bevosita aloqada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu topilmalar so‘nggi xarappaliklar bu madaniyat asoschilari bilan muloqotda bo‘lish bilan cheklanmay, balki o‘zaro uzoq davr hamkorlik qilishganligi xaqidadalolat beradi.
Qadim o‘rmonzorlar orasida yashash juda qiyin bo‘lgan. Hind-oriylar o‘rmonlarni tozalab yer ochishga majbur edilar. Ular turli hududlarga bir meyorda tarqalmaganlar. Ba’zi o‘lkalarda ular mahalliy qabilalar qarshiligiga deyarli duch kelmay, yangi yerlarni egallab, zudlik bilan janub va sharqqa tomon kirib borganlar. Boshqa joylarda hind-oriy qabilalari qattiq qarshilikka uchraganlar va yangi hudud va mahalliy qabilalarni kuch bilan bo‘ysundirganlar.
Hind-oriylarning Hindistonda mahalliy aholi bilan assimilyatsiyalashuvi va sharqqa siljishi tezroq kechgan. Hind-oriylarning Shimoliy Hindiston va keyinroq janubiy viloyatlar bo‘ylab keng yoyilishi veda qabilalarining ijtimoiy va siyosiy tizimlari taraqqiy etishi tufayli ro‘y bergan. Bu hol veda matnlarida o‘z aksini topgan.
Hind-oriylarning mahalliy qabilalar bilan o‘zaro aloqalariga oid ma’lumotlar tilshunoslik fani orqali ham o‘z isbotini topadi. Rigvedada dravit va munda tillaridan kelib chiqqan bir qancha so‘zlar uchraydi. So‘nggi veda matnlarida esa boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar soni ko‘paygan. Masalan, Sanskritda, mahalliy o‘simliklar va hayvonot dunyosiga oid bo‘lmagan so‘zlar ko‘p uchraydi. Bundan tashqari tilga oid ma’lumotlar mahalliy qabilalarning diniy qarashlari hind-oriylarga ta’sir o‘zkazganidan dalolat beradi. Asta-sekinlik bilan o‘zida hind-oriy va mahalliy qabila yutuqlarini mujassamlashtirgan va Shimoliy hamda Sharqiy Hindistonning aksariyat aholisi uchun umumiy bo‘lib qolgan yangi madaniyat vujudga keladi. Ko‘plab tekshirishlar, arxeologiya, lingvistika, adabiy va diniy yodgorliklar ma’lumotlarini qiyoslash oqibatida olimlar uni faqat oriylar madaniyati, ya’ni kelgindi madaniyat sifatida o‘rganish noto‘g‘ri degan xulosaga keldilar. U miloddan avvalgi I ming yillikka doir hindlar madaniyatini tashkil etadi. Miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida Gang vodiysining o‘zlashtirilishi va shimoliy Hindistonda hind-oriylarning kelib joylashishi jarayoni yakunlanadi. Veda davrining tugashi va Magatxa-muariylar davri boshlanishini ayni shu vaqtdan deb belgilash mumkin.
Veda qabilalarining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Yerga ishlov berish rivoj topishi va aholining o‘troq hayot tarziga o‘tishi uchun ishlab chiqarish sohalarida temirdan foydalanish turtki berdi. Arxeologik qazish ishlari natijasiga ko‘ra, temir miloddan avvalgi X asrda ham Shimoliy Hindistonda ma’lum bo‘lgan, ammo keng ko‘lamda u keyinroq tarqaldi.
Temir qurollar yordamida Gang vodiysi o‘rmonzorlarini o‘zlashtirish, tuproq unumdorligini oshirish, sun’iy sug‘orish ishlari yengillashdi. Temir hunarmandchilik taraqqiyotini ilgari yetakladi. Yerni yog‘och omoch bilan haydab, ammo hosil o‘roq bilan yig‘ib olinar edi. Ko‘p o‘tmay, yog‘och omoch o‘rnini temir tishli moda egalladi. Bu esa toshloq yerlarga ishlov berishda ancha qo‘l keldi. Yerga ishlov berish xili ko‘p bo‘lgan, jumladan, yer haydash, ekish, hosil ko‘tarish, don-dun yanchish va h.k. Rigvedada sug‘orish uchun charxpalaklar, shu maqsadda maxsus qurilgan kanallar haqida ma’lumot keltiriladi.
Veda davri aholisi boshoqli ekinlar, shu jumladan arpa, guruch, dukkakli ekinlar (loviya, no‘xat va h.k.) ham yetishtirgan. Hind-oriylarga guruch ma’lum bo‘lmay, uni o‘stirish sirlarini ular mahalliy xalqdan o‘rgandilar.Veda qabilalari hayotida dehqonchilik bilan birga chorvachilik katta ahamiyat kasb etgan. Boylik asosan chorva boshiga ko‘ra o‘lchangan. Xastinapur shahri vayronalaridan yirik qoramol suyaklari topilgan.Aholi harakatlanishda ho‘kiz yoki ot qo‘shilgan aravalardan foydalangan. Veda qabilalari kichikroq, lekin mustahkam qo‘rg‘onlarda yashaganlar. Rigvedada nomi tilga olingan shahar-puralar qishloq markazlari va loydan solingan turar joylardan iborat bo‘lgan.
Yangi ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatni yuzaga kelishi.
Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling