Hind va xitoy yozuvi
Download 1.57 Mb.
|
HIND VA XITOY YOZUVI2
HIND VA XITOY YOZUVI2221-GURUHHind yozuvi — Janubi-Sharqiy Osiyodagi yozuvlar guruhi. Bu yozuvlar kelib chiqishidagi umumiylik va alifbolari tuzilishidagi yagona prinsip jihatidan bir-biri bilan bogʻlangan. Hind yozuvi koʻrinishlari Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Nepal, va Shri-Lanka davlatlaridan tashqari ularga qoʻshni boʻlgan hududlarda ham tarqalgan (shimolda — Tibet va Markaziy Osiyodan Moʻgʻulistongacha; janubda — Birmada, Hindixitoy yarim orolida, va Indoneziyada). Hind yozuvining bu hududlarga kirib borishi shu joylarda buddaviylik dini va adabiyotining tarqalishi bilan (asosan milodiy 1-ming yillikda) bogʻliq. Hind yozuvi oʻnlab koʻrinishlarga ega. Shulardan muhimlari quyidagilar: Hindistonning oʻzida Moxenjo-Daro, Xarappa va boshqa joylardan topilgan miloddan avvalgi 3-2-ming yilliklarga taalluqli iyeroglifik yozuv. Hindistonda yozuv kamida 5 ming yillik tarixga ega. Dastlab oʻqilgan yodgorliklar (miloddan avvalgi 3-asrga mansub) keyingi yozuvlar uchun asos boʻlgan boʻgʻinli brahmi yozuvida bitilgan boʻlib, bu yozuv chapdan oʻngga qarab yozilgan. Hindistonning shim.-gʻarbida miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 5-asrgacha brahmi bilan bir qatorda kharoʻshthi yozuvi ham mavjud boʻlgan, lekin keyinchalik sekin-asta brahmi tomonidan siqib chiqarilgan. Brahmi yozuvining ilk yodgorliklaridayoq uning mahalliy koʻrinishlari ajrala boshlaydi. keyinchalik ular asosida Hind yozuvining 3 asosiy; shim., janubiy va janubi-sharqiy tarmogʻi shakllanadi. Alifbo harflari qatʼiy vertikal va gorizontal chiziqlardan burchak hosil qilib yoziladigan shimoliy tarmoqqa quyidagi yozuvlar kiradi: 1) 6—10-asrlarda Markaziy Osiyoda sanskrit, sak va boshqa tillardagi matnlarni yozish uchun qoʻllangan gupta yozuvi; 2) 7-asrdan hozirgi gacha bir necha koʻrinishda ishla-tilgan tibet yozuvi;3) 7—8-asrlarda shakllangan va 10—11-asrlardagi qoʻlyozmalarda qayd etilgan n a g a r i yozuvi; uning keyingi davrdagi shakli — devanagari Shimoliy Hindistondagi asosiy yozuvga aylanadi, hindiy, marathiy va boshqa tillarda, sanskritcha matnlarni yozish va nashr etishda qoʻllanadi; 4) 8-asrdan Kashmirda ishlatiladigan sharada yozuvi; 5) 12-asrdan Nepalda qoʻllangan va hozirgi kunlarda devanagari tomonidan siqib chiqarilayotgan nevari yozuvi; 6) 15-asrda shakllangan va bengal, assom, sanskrit tillarida qoʻllanadigan b ye n -gal yozuvi; 7) boshqa alifbolardan harflar ustidagi gorizontal chiziq oʻrniga yoy shakli qoʻllanishi bilan farq qiladigan o r i ya yozuvi; 8) nagarining kursiv shaklidan kelib chiq-qan va harflar ustida chiziqning yoʻqligi bilan ajralib turadigan gu-jarot yozuvi; 9) 16-asrda sikhlar tomonidan joriy etilgan panjob yozuvi — gurmukhi. Bulardan tashqari, turli yozishmalarda, savdo va ish yuritish sohalarida ishlatiladigan kaythiy (hindiy tili tarqalgan joylarda), mahajaniy (Rajasthan shtatida va shu yerdan chiqqan savdogarlar orasida); landa (Sind va Pan-jobda), moʻdiy (Maharashtrada) va boshqa yozuv turlari mavjud. Hind yozuvining janubiy tarmogiga 5—6-asrdan shakllangan, biroq qoʻlyozmalarda 16-asrdan boshlab qayd etilgan grantha yozuvi (sanskritcha matnlarni yozish uchun qoʻllangan) hamda janubiy Hindistondagi zamonaviy 4 adabiy til — kannada, telugu, malayalam va tamil tillaridagi matnlarni yozishda qoʻllanadigan alifbolar kiradi. Bu tarmoqdagi yozuvlar harflarning du-maloq shaklda yozilishi bilan ajralib turadi. Hind yozuvining janubi-sharqiy tarmogi Hindistondan tashqarida va asosan qad. -pali yozuvi asosida shakllangan sin-gal, kxmer, laos, tay yozuvlarini, shuningdek, Hindixitoy va Indone-ziyadagi eski yozuvlarni qamrab oladi. Mazkur yozuvlarning shakli shamoyilidagi oʻxshashlik ular qoʻllanadigan tillarning fonologik jihatdan oʻxshashligini anglatmaydi. Mas, devanagari yozuvi qindiy tiliga nis-batan harf-tovush yozuvi hisoblansa-da, boshqa koʻpchilik tillarda fonema va grafema oʻrtasidagi nisbatning u yoki bu darajada buzilganligi kuzatiladi. Qadimgi hind tili — miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalarida shimoliy-gʻarbiy Hindistonga bostirib kirgan qadimiy oriylar tili; Hindiston yarim orolining shim. va markaziy qismlarida tarqalgan. Qadimgi hind tilit. hindevropa tillarining dastlabki, ilk vakillaridan hisoblanib, qadimiy eroniy tillar ga yaqin qarindosh boʻlib, ular bilan birgalikda oriy tillar birligini tashkil etadi. Hindiston boʻylab tarqalish jarayonida Qadimgi hind tilit. substrat tillar ning bir qancha xususiyatlarini oʻziga singdiradi. Qadimgi hind tilit.da xronologik jihatdan va lahjaviy asosiga koʻra bir-biridan farqlanuvchi 2 ta til mavjud — Hindistonning shim.gʻarbida veda tili va shim. markaziy qismida sanskrit. Prakritlar bilan boʻlgan aloqalar, bir tomondan, Qadimgi hind tilit.da koʻplab prakritizmlarning paydo boʻlishiga, ikkinchi tomondan, sanskritning sezilarli taʼsiri boʻlgan prakrit lahjalari asosida Qadimgi hind tilit.ning gibrid koʻrinishlari shakllanishiga olib kelgan. Oriylarning Hindistonga kirib kelgungacha boʻlgan koʻchib yurish davri Gʻarbiy Osiyoning qadimiy xalqlari tillaridagi koʻplab qadimiy hind atoqli otlari, maʼbudlarning nomlari, yilqichilik atamalarida oʻz aksini topgan. Veda tili va sanskritdan tashqari yana boshqa qadimiy hind lahjalari ham boʻlgan, lekin ular tegishli matnlarda saqlanib qolmagan. Ular asta-sekin rivojlana borib, bir qancha oʻrta hind tillariga asos boʻlgan. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling