5А230102 -Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura mutaxasisligi bitiruvchisi Hojiqulova Feruza Dona qizining “Hududlarda investitsiyalarni jalb etishning hozirgi holati va uning samaradorligini baholash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar
Х ULOSASI
Barchamizga ma’lum, islohotlar va yangilanishlar o’z-o’zicha amaliyotga tadbiq qilinganda oxirgi ya’ni yakuniy samara kutilganidek bo’lmasligi yoki kutilgan natijaga keyinroq erishish mumkin bo’ladi. Shuning uchun, yangi iqtisodiy tizim va munosabatlarning qaror topishida barcha tarmoqlar kerakli darajada hukumat tomonidan qo’llab-quvvatlab boriladi, bu olib borilayotgan islohotlarninig samarali bo’lishini kafolatlaydi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va bu jarayonda davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tishida o’ziga xos turtki bo’lib hisoblanadi. Аynan xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdosh tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib borishiga harakat qilingan mazkur magistrlik dissertatsiyasi dolzarb muammoga qaratilgani bilan e’tiborga molikdir.
Маgistrlik dissertatsiya ishi mantiqan bog’langan 3 bobdan iborat bo’lib, “Hududlarda investitsiyalarni jalb etishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobda investitsiyalarning mohiyati, mazmuni, shakllari va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni yoritilgan va investitsiya turlarining tavsiflanishi keltirilgan. Shuningdek, investitsiya jalb etish bo’yicha xorij tajribalari va undan O’zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari baholangan.
Ikkinchi bob “Hududlarni modernizatsiyalashga jalb qilinayotgan investitsiyalarning joriy holati” deb nomlanib, unda hududlarga investitsiyalarni jalb qilishning amaldagi holati va o‘zgarish tendensiyalari аmaliyoti tahlil etilgan, jalb qilinadigan investitsiyalar samaradorligini baholashning iqtisodiy-matematik usullari bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya ishining “Surxondaryo viloyatiga jalb qilinayotgan investitsiyalarning samaradorligini oshirish yo’llari” deb nomlangan uchinchi Surxondaryo viloyatiga investitsiya jalb qilishni kengaytirish istiqbollari аmaliyotidagi muammolarni o’rganish va investitsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishga bag’ishlangan.
Таdqiqotning nazariy va metodologik asoslarini iqtisodiyotni modernizatsiyanva diversifikatsiyalash sharoitida investitsiyalarni jalb etish va ining samaradorligini baholashga oid maxsus ilmiy manbalar, O’zbekiston Respublikasining ushbu mavzuga oid qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining, respublikamizda investitsiyalarni jalb qilish bo’yichaqabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning asarlarida asoslangan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo’yicha takliflari, xorijiy va respublikamiz olimlarining investitsiyalarni jalb qilish va samaradorligini baholashga oid qo’llayotgan uslublari tashkil etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilsak, 5А230102 -Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura mutaxassiligi bitiruvchisi Hojiqulova Feruza Dona qizining “Hududlarda investitsiyalarni jalb etishning hozirgi holati va uning samaradorligini baholash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishi tugallangan mustaqil ish bo’lib, Nizom talablariga to’liq javob beradi va uni himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: i.f.d.,prof.v.b.О.Q.Xatamov
Do'stlaringiz bilan baham: |