Adib taxminan 1396 yilda vafot etgan. - Adib taxminan 1396 yilda vafot etgan.
- Sayfi Saroyining o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bebahodir. Undan bizgacha, bir qancha g’azal, qasida, qit’a, ruboiylar, «Suhayl va Guldursun» dostoni, «Sinbondnoma», «Guliston» kabi asarlarining erkin tarjimalari yetib kelgan. Bulardan tashqari, Sa’diy «Guliston»i tarjimasiga kiritilgan original she’riy parchalar, masnaviylar ham Sayfi Saroyi qalamiga mansubdir. SHoir g’azallarida shakl va mazmun birligini birinchi o‘ringa qo‘yadi. SHoirning «SHoirlar ta’rifida» degan masnaviysida ijodkorlarga talabchan munosabatda bo’ladi:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog’, - Jahon shoirlari, ey gulshani bog’,
- Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog’.
- Kimi to‘ti tegin chaynar shakarni,
- Kimi lafzi bilan o’rtar durarni.
- Kimining so‘zlari mavzunu shirin,
- Kimining loyiqi ta’rifi tahsin.
- Kimi o‘zganing ash’orin menim der,
- Kimi hayvon kabi shalg’am cho‘pin yer.
- Kimi ma’ni tuzub vaznin tuzotur,
- Kimi vaznin buzub, san’at kuzotur.
Sayfi Saroyining lirik she’rlari miqdor jihatdan juda oz. Devon tariqasida tartib berilmagan. Bizgacha undan faqat «Gulistoni bit-turkiy» asarining kirish qismidagi va so’nggi varaqlaridagi «Ko‘ngul», «Topulmas», «Ko’zlaring», «Taolalloh zehi surat», «Ul yuzi oy», «Yangi oy», «Qamar yuzingdin», «Erur», «Tutar», «Meningtek nechalar hayron», «Ko‘rinur» kabi g’azallari va bir «Bahor tasviri» she’ri yetib kelgan. SHu she’rlar ham shoir she’riyati haqida ma’lum tasavvur uyg’otadi. - Sayfi Saroyining lirik she’rlari miqdor jihatdan juda oz. Devon tariqasida tartib berilmagan. Bizgacha undan faqat «Gulistoni bit-turkiy» asarining kirish qismidagi va so’nggi varaqlaridagi «Ko‘ngul», «Topulmas», «Ko’zlaring», «Taolalloh zehi surat», «Ul yuzi oy», «Yangi oy», «Qamar yuzingdin», «Erur», «Tutar», «Meningtek nechalar hayron», «Ko‘rinur» kabi g’azallari va bir «Bahor tasviri» she’ri yetib kelgan. SHu she’rlar ham shoir she’riyati haqida ma’lum tasavvur uyg’otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |