Amaliy geografiya, uning maqsadi


Amaliy geografiya nimani o’rganadi? Uning maqsadi va vazifalari


Download 35 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi35 Kb.
#1355949
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy geografiya, uning maqsadi va vazifalari va tadqiqot usullari

Amaliy geografiya nimani o’rganadi? Uning maqsadi va vazifalari. Amaliy geografiya amaliyotda foydalanilayotgan geotizimlarning tuzilishi va taraqqiyotidagi asosiy qonuniyatlarni izlashdan tortib to strukturali-taqribiy jixatdan murakkab bo’lgan tabiat komplekslari xolatini turli tadbirlarni qo’llash orqali yaxshilash va yangi, boshqariladigan geotizimlarni yaratish, tartibi bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlar qonuniyatlarini o’rganishga bag’ishlangan fundamental (chuqur) va amaliy-ilmiy ishlanmalarni o’zida mujassamlashtiradi.
Amaliy geografiya yo’nalishidagi tadqiqotlarda geografik vazifalarni xal kilishning umumiy jixatlari ishlab chikiladi. Nazariy modellar va karashlar shakllantiriladi, «tabiat — texnika» va «tabiat — inson» xududiy tizimlarning konuniyatlari urganiladi, murakkab tabiiy-texnik tizimlar loyixalanadi, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavfli ekologik vaziyatlarning bashoratlari o’rganib chiqiladi.
Amaliy geografiyaning fan sifatidagi asosiy maqsadi geografik ilmiy va amaliy ilmlarni yanada chuqurroq taxlil qilish, tabiat va jamiyatdagi mavjud xamda vujudga kelayotgan turli tabiiy-geografik, geoekologik xamda ijtimoiy va iqtisodiy-geografik muammolarni xal qilishning konstruktiv negizlarini ilmiy asoslashdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun o’zaro bog’lik bo’lgan quyidagi vazifalarni xal qilish zarur bo’ladi: 1) jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni optimallashtirish; 2) tabiiy komplekslar va ularni o’rganishning ilmiy va amaliy axamiyatini tushuntirish; 3) tabiiy-geografik jarayon va xodisalarni tadqiq qilishning amaliy axamiyatini bilish; 4) inson xujalik faoliyati ta'sirida tabiiy muxitning o’zgarishini aniqlash; 5) tabiiy sharoit va resurslardan xo’jalik maksadlarida foydalanish uchun ularni baxolash; 6) geografik bashoratlashtirish va bashorat nima? Ularning axamiyatini tushuntirish; 7) ekologik-geofafik muammolar va ular yechimining amaliy-geografik asoslarini bilish; 8) ishlab chiqarishni xududiy tashkil qilish muammolari va aholi joylashuvi masalasi yechimining oqilona yo’llarini tushuntirish va boshqalar.

Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling