Amaliy geografiya, uning maqsadi


Amaliy geografiyani urganishning ahamiyati


Download 35 Kb.
bet4/4
Sana13.04.2023
Hajmi35 Kb.
#1355949
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy geografiya, uning maqsadi va vazifalari va tadqiqot usullari

Amaliy geografiyani urganishning ahamiyati. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning tobora murakkablashib borayotgan va ba'zida aloxida xududlarda xavfli xolatlar yuzaga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muxitni optimallashtirish muxim axamiyat kasb etadi. Ushbu nixoyatda murakkab vazifaning bajarilishida masuliyatning asosiy qismi tub ma'noda geografiya fanlari, xususan amaliy geografiya zimmasiga tushadi.
Metodologik ilmiy asoslar, nazariy tamoyillar va metodik ilmiy usullar bilan qurollangan xamda boy tajribaga ega bo’lgan amaliy geografiyaning xam ilmiy, xam amaliy axamiyati borgan sari ortib bormoqda. Uning ilmiy yutuqlari va amaliy tajribasidan tabiiy muxitning doimo musaffo, boyliklarining sermaxsul bo’lishligi yulida, inson xayoti uchun qulay ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanish xozirda asosiy vazifa bo’lib qoldi.
Endilikda geografiya fani oddiy tasvirlovchi yoki bilish uchun foydalaniladigan fan sifatida emas, balki eksperimental (tajribaviy) — qayta quruvchi konstruktiv yo’nalishda rivojlanayotgan fanga aylandi. Geografiyaning vazifasi tabiat resurslaridan oqilona foydalanishni ilmiy jixatdan asoslash, tabiat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini muntazam yaxshilab borish, xududlarning istiqboldaga rivojlanishini ilmiy jixatdan bashoratlashtirish va bashoratlarini ishlab chiqish, bu borada birinchi o’rinda inson xayoti uchun xavfli bo’lgan xodisalarning oldini olish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling