Amaliy geografiya, uning maqsadi


Amaliy geografiyaning tadqiqot usullari va ilmiy yunalishlari


Download 35 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi35 Kb.
#1355949
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy geografiya, uning maqsadi va vazifalari va tadqiqot usullari

Amaliy geografiyaning tadqiqot usullari va ilmiy yunalishlari. Amaliy geografiya tadqiqotlari ko’prok tizimli, ekologik, landshaftli, ijtimoiy-iqtisodiy, iktisodiy yondoshishlarga asoslanadi. Tizimli yondoshuv tadqiqot xududini tizim sifatida qaraydi, ya'ni u bir necha aloxida, lekin bir-biri bilan uzviy bog’lik bo’lgan qismlar mavjudligini inkor etmaydi. Aytaylik, biror tabiiy geografik jixatdan chegaralangan xududni o’rganish uning ayrim qismlariga (geologik tuzilishi, relef, suvlari, tuproq, va boshq.) bog’lik xolda o’rganiladi. Demak, xar bir qism aloxida tizimdan iborat. Lekin shu bilan birga, xar bir qismning o’zi yana bir necha tizimlardan iborat, chunonchi relef endogen va ekzogen kuchlar, inson omili ta'sirida vujudga kelayotgan qismlarga xam bo’linadi. Binobarin, bu xam o’z navbatida tizimni tashkil kiladi.
Ekologik- yondoshuvda masalaga tirik organizmlarning atrof muxit bilan bo’ladigan o’zaro aloqasi, munosabatlari, xarakati nuqtai nazaridan qaralayotgan andshaft yondoshuvt xar qanday tabiiy-geofafik tadqiqot asosida geotizim turlari ajratiladi, ular tadqiqot asoslari xisoblanadi.
Tadqiqotlar jarayonida asosan kompleks tabiiy-geografik, landshaftli indikatsiya, kartofafik, azrokosmik, modellash, matematik, bapans, geokimyoviy, geofizikaviy, iqtisodiy-geogrfik, ijtimoiy-iqtisodiy kabi ilmiy usullar qullaniladi.
Amaliy geografiya tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geofafiya xamda kartofafiya fanlariga tegishli. Fanning ushbu yo’nalishlari o’zining chuqur va keng qamrovli fundamental xamda amaliy tadqiqotlarini ko’p jixatdan tabiat bilan jamiyatning o’zaro munosabatlarini optimallashtirishga qaratadi. Shuningdek, ular tabiat resurslaridan oqilona foydalanish tamoyillarini tatbiq qilgan xolda tabiiy muxitni turli chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan qayta o’zgartirish, ya'ni tabiatdagi inson xayoti va yashashi uchun noqulay bo’lgan xodisa xamda jarayonlarni muntazam boshqarish, tabiiy boyliklarning maxsuldorligini oshirib borishning ilmiy-amaliy asoslarini yaratadi.
Amaliy geografiya ma'lum darajada amaliy landshaft-shunoslik yoki muxandislik geografiyasiga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuklaridan foydalanadi, lekin uning ilmiy va amaliy saloxiyati ulardan ancha ustun, keng qamrovli va amalga oshiriladigan amaliy-geografik tadqiqotlar keng miqyosda sodir bo’ladi, fanning ustivor yo’nalishlaridagi izlanishlar va ularning natijalari chuqur va keng ko’lamligi bilan ajralib turadi.

Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling