Amaliy geografiya, uning maqsadi


Download 35 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi35 Kb.
#1355949
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy geografiya, uning maqsadi va vazifalari va tadqiqot usullari


AMALIY GEOGRAFIYA, UNING MAQSADI,
VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI
Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning tobora jiddiylashuvi va buning oqibatida kelib chiqayotgan tabiiy, ekologik xamda ijtimoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlar bir tomondan, tabiatning, ikkinchi tomondan esa insonning qashshoqlanishiga sabab bo’lmokda. Inson ishlab chikarish kuchlarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muxitga ta'sir etar ekan, uning o’zi xam «aks ta'sirga» duch kelmoqda. Chunki inson ta'siri ko’pincha tabiat-qonunlariga e'tibor bermaslik natijasida sodir bo’lmoqda. Bunday ko’ngilsiz xodisaning oldini olish va tabiat maxsuldorligini muntazam ko’paytirib borish xozirgi kunning dolzarb muammosi bo’lib kelmokda. Mazkur muammoning yechimida boshqa fanlar qatori geografiya ham faol qatnashmokda va o’zining munosib xissasini qo’shmokda. Shuni aloxida qayd qilish lozimki, tabiatni geografiya fanidek keng qamrovda o’rganadigan (tabiiy va ijtimoiy jabxalari bo’yicha) fanning o’zi yo’q.
Geografiya tabiatning bir bo’lagini (yoki komponentini) emas, balki uni bir butun, yaxlit xolda o’rganadi, xodisalarni majmuali taxlil qiladi. Binobarin, u Yer sharining barcha sayyoraviy, xududi, maxalliy qonuniyatlari va qonunlarini yaxshi biladi, ularni tushuntira oladi. Shu jixatdan qaraganda, geografiya fanining tabiatni muxofaza kilish, ekologik muvozanatni mustaxkamlash va tabiatni boyitib borish, inson xayotini xar qanday xavf-xatardan saqlab qolishga qaratilgan bu xususiyati tabiat va jamiyat qonunlarini yaxshi bilishi va yillar davomida amalda qo’llashi natijasida shakllangan.
Joylarda tabiat boyliklaridan noto’g’ri foydalanish tufayli yuzaga kelgan noxush xolatlarni bartaraf qilish, buzilgan ekologik muvozanatni qayta tiklash, tabiat go’zalligini saqlab qolishda geografiya fanining xizmatlari katta. Bu borada fan va texnika taraqqiyoti jadallashgan xozirgi davrda inson tomonidan tabiatning boshqariladigan geotizimlarining yaratilishi (konstruktsiya qilinishi) muxim amaliy axamiyatga ega.

Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling