Amaliy geografiya
Oy-Yerning tabiiy yo’ldoshi
Download 254.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Quyosh oy va yer
Oy-Yerning tabiiy yo’ldoshi. Oy Yerning tabiiy yo‘ldoshi, Yerga eng yaqin
bo‘lgan mustaqil osmon jismidir. Oyning diametri Yernikidan to‘rt marta, massasi 81 marta kichik. Oyning o‘rtacha zichligi 3,3 g/sm 3 bo‘lib, Yernikidan kamdir. Oyning diametri 3476 km, og‘irligi Yer og‘irligidan 81,5 marta kam. Oyning Yer atrofida aylanish davriga siderik oy yoki yulduz oyi deyiladi, u 27,3 sutkaga teng. Oyning Yer atrofida Quyoshga nisbatan aylanish davriga sinodik oy deyiladi va u 29,5 sutkaga teng. Sinodik oy – Oyning bir xil fazalari orasidagi o‘tgan vaqtdir (8- rasm). Oyda havo va suvning yo‘qligini so‘nggi vaqtdagi kuzatishlar tasdiqlamoqda. Unda osmon qora bo‘lib, hatto kunduzi ham yulduzlar ko‘rinadi. Oyda bulut, tuman, kamalak yo‘q. Shuningdek, Oyda radiatsion mintaqalar yo‘q, lekin radioaktiv elementlar mavjud. Oyda atmosferaning yo‘qligi va kun bilan tunning uzoq vaqt davom etishi natijasida kun bilan tun harorati keskin o‘zgaradi va bir-biridan farq qiladi. Oy ekvatorining Quyoshga qaragan tomonida harorat +110 0 C issiq bo‘lsa, tungi yarim shar tomonida -179 0 C sovuq bo‘ladi. Oy Yer singari bir necha qismlarga – Oy po‘sti (55-65 km chuqurlikkacha), mantiya (1000-1100 km) va yadroga bo‘linadi. Oy yadrosi taxminan 1000-1100 km chuqurlikdan boshlanib, elastik o‘ta qizigan jismlardan iborat. Uning harorati +1500 0 C ga yetadi. Oy ko‘proq marganets, kremniy, kaltsiy, titan, temir, bazalt, dala shpati kabi jinslardan tashkil topgan. Ushbu jinslarning ba’zilarini yoshi 4,2-4,6 mlrd. yil ekanligi ham aniqlandi. Demak, Oy bundan 4,6 mlrd yil burun vujudga kelgan. Quyosh, Yer va Oy bir chiziqqa to‘g‘ri kelganda Oy tutiladi. Oy yuzasiga amerikalik astronavtlar tomonidan o‘rnatilgan seysmograflarning ma’lumotiga ko‘ra, oy zilzilasi bo‘lib turar ekan. Shuningdek, ba’zi vulqon kraterlaridan gazlar ham chiqib turadi. Bular Oyning ichki qismidagi tektonik jarayonlar natijasidir. Oy yuzasida ikki xil relyef shakllari uchraydi: materik oblastlari va dengizlar. Materik qismida tog‘lar, tekisliklar tarqalgan. Dengizlar meteoritlarning Oy yuzasiga tushishi natijasida hosil bo‘lgan botiqlardir. Download 254.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling