Amaliy geografiyani landshaft tadqiqotlari Reja
Sistemali usul (yondashuv)
Download 26.39 Kb.
|
Amaliy geografiyani landshaft tadqiqotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik usul (yondashuv).
- Landshaft usuli (yondashuvi).
Sistemali usul (yondashuv). Mazkur usulda o‘rganilayotgan hudud ma’lum bir sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir-biri bilan bog‘langan qator kichik sistemalardan iborat bo‘ladi. Masalan, Chirchiq vodiysini ma’lum bir yaxlit sistema sifatida oladigan bo‘lsak, u bir-biri bilan bog‘langan quyidagi sistemalardan iborat: geologik tuzilishi; relyefi; suvlari (daryolari, ko‘llari, muzliklari, botqoqliklari, yerosti suvlari); iqlimi; tuproqlari; o‘simlik va hayvonot dunyosi; qishloq xo‘jaligi; sanoati; transporti; aholi manzilgohlari (shahar va qishloqlar); gidrotexnik inshootlar va h.k. Ushbu sistemalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Bu sistemalarning biri o‘zgarsa boshqalari ham o‘zgaradi. Masalan, iqlim yoki suv sistemasi o‘zgaradigan bo‘lsa, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi ham o‘zgaradi.
Ekologik usul (yondashuv). Ushbu usulda ma’lum bir hudud yoki muammo o‘rganilayotganda, unga tirik mavjudotlarning (o‘simlik va hayvonot dunyosi), insonning atrof-muhit bilan bo‘ladigan o‘zaro aloqalari nuqtayi nazaridan qaraladi. Masalan, Chorbog‘ suv ombori qurilishi munosabati bilan vodiyning ancha qismi suv ostida qoldi, yerosti suvlari sathi ko‘tarildi, tuproq va havoda namlik miqdori oshdi. Buning oqibatida tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘zgarishga uchradi. Suv ostida qolgan qishloqlar aholisi ko‘chirildi, yangi, shinam va go‘zal Chorbog‘ shaharchasi, dam olish zonalari vujudga keldi. Demak, ekologik yondashuvda tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning tirik ogranizmga ta’siri oldindan o‘rganilar va bashorat qilinar ekan. Landshaft usuli (yondashuvi).Mazkur usul qo‘llanganda, hudud ma’lum bir landshaft turlariga bo‘lib o‘rganiladi. Masalan, biror tuman hududini o‘rganadigan bo‘lsak, mazkur tuman hududi avval tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy landshaftlar o‘rmonlardan, yaylovlardan, pichanzorlardan, toshloq va qumlardan, botqoqlardan, sho‘rxoklardan, soy vodiylaridan, yonbag‘irlardan va boshqa landshaft turlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Antropogen landshaftlar esa qishloq xo‘jalik yerlaridan, sanoat korxonalaridan, yo‘llardan, shahar va qishloqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir landshaft turi alohida-alohida tahlil qilinadi. Download 26.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling