Amaliy hisoboti
Xalqaro darajada qo’llaniladigan sug’urtaga oid atamalarga quyidagilarni kiritish mumkin: Abandon -
Download 64.01 Kb.
|
amaliyhisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avariya komissari
- Avariya sertifikati
3. Xalqaro darajada qo’llaniladigan sug’urtaga oid atamalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Abandon - to’liq miqdordagi sug’urta summasini olish uchun sug’urtalanuvchining sug’urtalangan mol-mulkdan sug’urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug’urtalangan kema nobud bo’lganda, u xabarsiz yo’qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to’g’risidagi ariza voqea-hodisa ro’y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug’urtalanuvchining bir tomonlama akti hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug’urtalovchining roziligi talab etiladi. Avariya komissari - sug’urta kompaniyasining vakolatiga ega bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug’urtalangan kema yoki yuk bo’yicha ko’rilgan zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro’y berganlik sabablarini o’rganadi. Sug’urta kompaniyasi avariya komissarining chet elda ham, mamlakat ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon va teleks raqamlari sug’urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug’urta polisida ko’rsatiladi. Sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi ro’y berishi zahoti avariya komissariga murojaat qilishi zarur. Avariya komissari mol-mulkning zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug’urta kompaniyasining topshirig’iga asosan, ko’rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan ishlar to’g’risida sug’urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga yozma axborot tayyorlaydi. Avariya sertifikati - mol-mulk sug’urta hodisasi tufayli zararlanganda, ko’rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli vositachilik haqi hisobiga sug’urtalanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug’urtalanuvchining sug’urta qoplamasini olish to’g’risidagi arizasiga ilova etiladi va qoplamani to’lashda sug’urta kompaniyasiga asos bo’lib xizmat qiladi. Adjaster - sug’urta hodisasi ro’y berishi munosabati bilan sug’urtalanuvchi tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug’urta kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U sug’urtalanuvchi bilan unga to’lanadigan sug’urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug’urta hodisasini ro’y berish sabablarini o’rganadi va tahlil etadi. Ushbu tahlil natijalari bo’yicha sug’urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funktsiyasini bajaradi. Adjaster vazifasini sug’urta kompaniyasining tarkibiy bo’limi yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin. Aktuariy - lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o’zlashtirib olgan sug’urta matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug’urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq muddatli sug’urta turlari bo’yicha sug’urta zahiralarini shakllantirish bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Hozirgi paytda Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko’rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro uyushmasi mavjud. Download 64.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling