Amaliy hisoboti
Download 64.01 Kb.
|
amaliyhisobot
Majburiy sug’urta - sug’urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo’lgan shakli. Majburiy sug’urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug’urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug’urta javobgarligining hajmi, sug’urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko’rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O’zbekistonda majburiy sug’urtani tegishli litsenziyaga ega bo’lgan har qanday sug’urta kompaniyasi o’tkazishi mumkin. Shuningdek, majburiy davlat sug’urta turlari ham mavjud. Masalan, harbiy xizmatchilar, davlat bojxona va soliq xizmati xodimlari hamda bir qatorda shunday toifadagi shaxslar baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug’urtasiga tortiladi. Bu sug’urta turi bo’yicha sug’urta mukofotlari Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Risklarni joylashtirish: 1) sug’urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug’urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish mos ravishda to’g’ridan to’g’ri sug’urtalash, qayta sug’urtalash va retrotsessiyani anglatadi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug’urta vositachilari orqali sug’urta bozorida amalga oshiriladi; 2) sug’urta brokeri yordamida bir vaqtning o’zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo’lib bir nechta sug’urta kompaniyasida sug’urtalash uslubi. Bir qancha sug’urta kompaniyalari tarkibidan bittasi etakchi sifatida ajralib chiqadi va u sug’urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o’z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug’urta kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi. Sug’urta - har xil noxush hodisalar ro’y berishi natijasida ko’rilgan zararni qoplash hamda fuqarolarning hayotida tegishli sug’urta hodisalari ro’y berganda ularga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan foydalanish bilan bog’liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig’indisi. o’tkazish shartiga qarab, sug’urta majburiy va ixtiyoriy bo’ladi. Ob’ektiga ko’ra, mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug’urtasiga bo’linadi. Sug’urtaning asosini risk tashkil etadi. Sug’urta - bu riskni taqsimlash usulidir. Download 64.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling