Amaliy holatlarni o’qitish metodi
Download 125.69 Kb.
|
KEYS
- Bu sahifa navigatsiya:
- INTELLEKTUAL MAHSULOT SIFATIDAGI KEYSNING ASOSIY MANBALARI
- Ushbu yondashuv keyslarni asosiy manbalari bo’yicha tasniflashga asos bo’lishi mumkin. Bu erda quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin
KEYSLAR TIPOLOGIYASI. Keyslar uchun ular juda ko’p turli ekanligi xosdir. Keyslarning turlari bo’yicha tasniflanishi 7-jadvalda ko’rsatilgan.
7-jadval
Keyslar turlarini tasniflash jadvali
Keysologning (shu o’rinda va keyinchalik – keysni ishlab chiquvchi) vazifasi keys turining qo’yilgan didaktik maqsadlarni optimal amalga oshirishga imkon beradigan o’ziga xos xususiyatlarini tanlash va qo’llashdan iborat. Keyslarning turli manbalari. Keys intellektual mahsulot sifatida o’z manbalariga egadir. Ularni sxematik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin: INTELLEKTUAL MAHSULOT SIFATIDAGI KEYSNING ASOSIY MANBALARI Sosium keyslarning manbaidir, degan fikr hech kimda shubha tug’dirmasligi aniq. Faqat uning keysning mazmuni va shaklini qay darajada oldindan belgilab berishi mumkinligi haqida turlicha fikrlar bo’lishi mumkin. Ijtimoiy hayot butun turli-tumanligi bilan keys syujeti, muammolari va faktologik bazasining manbai bo’ladi. Ta’lim va tarbiyaning keysda jamlangan maqsadlari va vazifalari, shuningdek ta’lim texnologiyasini belgilaydigan ta’lim keysning yana bir manbaidir. Fan keysning uchinchi manbaidir. U tahliliy faoliyat va bir tizimli yondashuv bilan belgilanadigan ikkita asosiy metodologiyani, shuningdek, keysni hal etish jarayonida qo’llaniladigan boshqa ilmiy uslublarni yaratib beradi. …-sxemada keys determinastiyasi asosiy manbalarining o’zaro nisbati bir xilda va teng tomonli uchburchak sifatida taqdim etilgan. Bu barcha manbalarning teng ahamiyatli ekanligining ideal va ancha kam uchraydigan holati – determinantdir. Keyslarni qurishning real amaliyotida bunday holat ancha kam uchraydi. Ko’pincha manbalardan birining ustunlik qilishi kuzatiladi. Sxema shaklida olganda manba rolini uchburchak burchagining kattaligi tarzida tasavvur etish mumkin. Bunda burchak qanchalik to’mtoqroq bo’lsa, tegishli manba ta’siri shunchalik ko’proq bo’ladi. O’tkir qirralar tegishlicha manbaning minimal ta’sirini aks ettiradi.
hayotiy keyslar – mutlaqo real hayotiy vaziyatlarni aks ettiradi; kabinetdagi keyslar – keysolog modellashtirgan amaliy vaziyatni o’z ichiga oladi; ilmiy-tadqiqotchilik keyslari – tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirishga yo’naltirilgan. Hayotiy keysning asosiy vazifasi hayotiy vaziyatni batafsil va to’liq aks ettirishdan iborat. O’z mohiyatiga ko’ra, bunday keys vaziyatning amaliy, ya’ni «harakatdagi» modelini yaratadi. Bunda bunday keysning o’quv maqsadi ta’lim oluvchilar treningi, ushbu vaziyatdagi bilimlar, qobiliyatlar va fe’l-atvor (qarorlar qabul qilish) ko’nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo’ladi. Bunday keyslar maksimal ko’rgazmali va batafsil bo’lishi kerak. Ularning asosiy mazmuni hayotni bilish va optimal faoliyatga doir qobiliyatlarni hosil qilishdir. Garchi har bir keys ta’lim beruvchi funkstiyani bajarsa-da, lekin ularning barcha qirralarining turli keyslarda aks etishi darajasi turlichadir. Ko’proq ta’lim beruvchi funkstiyani bajaradigan, hayotni biroz boshqacharoq aks etgiradigan keys kabinetdagi keys deyiladi. Birinchidan, u hayotda ko’proq uchraydigan va mutaxassis o’zining kasbiy faoliyatida duch keladigan tipovoy vaziyatlarni aks ettiradi. Ikkinchidan, ta’lim beruvchi keysda o’quv topshiriqlari birinchi o’rinda turadiki, bu unda aks etadigan hayotning ancha shartlilik elementiga ega bo’lishini oldindan belgilaydi. Bu erdagi vaziyat, muammo va syujet hayotda bo’ladigani kabi tus kasb etadi. Ular sun’iyligi bilan tavsiflanadi va eng muhim va haqiqiy hayotiy detallar konglomeratidan iborat bo’ladi. Bunday keys vaziyatlardagi tipiklikni ko’rishga imkon beradi va ta’lim oluvchida vaziyatni amaliyotdagi shunga o’xshagan variantni qo’llash orqali tahlil qilish qobiliyatini shakllantirib boradi. Ilmiy-tadqiqotchilik keysi uchun ham shunday xususiyatlar xosdir. Uning asosiy mazmuni shundaki, u vaziyat va undagi fe’l- atvor haqidagi yangi bilimni olish uchun model bo’lib xizmat qiladi. Uning ta’lim beruvchi funkstiyasi modellashtirish uslubini qo’llash orqali ilmiy tadqiqotchilik malakalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu keys tadqiqotchilik modelini yaratish tamoyillari bo’yicha quriladi. Shuning uchun uni ko’proq magistraturada, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi ta’limda qo’llash ma’kuldir. Bunday keysda tadqiqotchilik funkstiyasining ustunlik qilishi uni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatida ancha samarali qo’llashga imkon beradi. Keysning yuqorida ajratib ko’rsatilgan manbalarinn asosiy, bazaviy yoki birlamchi manbalar deb atash lozim, chunki ular keyslarga ta’sir ko’rsatishning eng mohiyatli omillarini belgilaydi. Keyslarni shakllantirishning ikkilamchi manbalarini ham ajratib ko’rsatiladi. Ular bazaviy manbalardan hosil bo’ladigan tusga egadir. Quyida ularga to’xtalamiz.
Xorijiy tajribalardan ko’rinib turganidek, mahsulotlari tinglovchilar uchun muayyan shaxsiy ahamiyat kasb etadigan korxonalar faoliyati ko’rib chiqilgan ida yoki axborot «mahalliy» materialga asoslanganida keyslar muhokamasi ancha mazmunli va qiziqarli kechadi. Lekin bu keyslarda faqat mamlakatdagi korxonalar tajribasi yoritilishi kerakligini bildirmaydi. Bunda u yoki boshqa sifati bilan milliy bozorda mavjud bo’ladigan korxonalar va tovarlar yoki xizmatlar nazarda tutilayapti. Agar tinglovchilar keyslarda bayon qilingan hodisalar bilan bog’liq bo’lgan muhit va sohani yaxshi bilsalar, ular o’zlarini ancha ishonchliroq his etadilar. Ularning, masalan, amerikalik yoki boshqa xorijiy iste’molchilar fe’l-atvori va motivlarini muhokama qilishi ancha qiyin kechadi. O’qituvchi ham o’zi sub’ektini yaxshi biladigan keys muhokamasiga mohirona rahbarlik qiladi. Har qanday holda ham bunday keyslar muhokamasida korxona — keys ob’ekti vakilini taklif qilishdek noyob imkoniyat mavjud bo’ladi. Statistik materialpar, bozor ahvoli haqidagi ma’lumotlar, korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy tavsifnomalari va shu kabilar keysga ilmiylik va oddiylik baxsh etadi. Bunda mazkur materiallar vaziyatni tashxis qilish vositasi rolini bajarishi, vaziyatni tushunish uchun juda muhim bo’lgan ko’rsatkichlar hisob-kitobi uchun axborot vazifasini o’tashi mumkin. Statistik materiallardan foydalanishda tinglovchi bu materiallarni idrok etishi, quyidagi kabi bir nechta savollarga javob berishi kerak: «Ushbu materiallar vaziyatni tavsiflashda qanday rol o’ynaydi?», «Materiallarning o’zidagi qaysi narsalar vaziyatni bevosita tavsiflaydi?», «Bunday tavsifnomalar qanday hisoblab chiqiladi yoki ajratib ko’rsatiladi?» va hokazo. Statistik materiallar keys matnida yoki ilovada joylashtiriladi. Ilmiy manbalar, publististika va badiiy adabiyot asarlari -bular ham keysni yozish uchun yana bir manbadir. U yoki boshqa muammoga bag’ishlangan ilmiy maqolalar, monografiyalar va ilmiy hisobotlarni tahlil etish orqali ham keys uchun yaxshi materiallarni olish mumkin. Yaxshi ilmiy maqola odatda, kandaydir masalani teran tushuntirishi bilan tavsiflansa, ilmiy monografiya tadqiqot predmetining bir tizimli, har yumonlama tavsifnomasini beradi. Ilmiy hisobotning o’ziga xos xususiyati esa, materialning dolzarbligi va yangiligidadir. Bunday fan mahsulotlari har doim ham vaziyatni bayon qilavermaydi va izohlab bermaydi. Shuning uchun ularni keysolog vaziyat nuqtai nazaridan maxsus mushohadadan o’tkazishi kerak bo’ladi. Eng qiziqarli ilmiy maqolalar keys-stadi metodida ikkita funkstiyani bajarishi mumkin. Birinchisi shundan iboratki, ilmiy maqolalar va ularning qismlari ularni matnga kiritish orqali keyslarning tarkibiy qismiga aylanishi mumkin, ikkinchysi shundaki, ular keysni tushunish uchun zarur adabiyotlar ruyxatiga kushilishi mumkin. Agar ilmiy manbalar keysga kat’iylik va oddiylik bersa, unda publististika va badiiy adabiyot asarlari emostional to’liqlik va predmetli izohlilikni yaratadi. Internet va uning resurslari – keyslar uchun tuganmas material manbaidir. Ushbu manba keng miqyosliligi, tezkorligi, qulayligi bilan ajralib turadi. Download 125.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling