Amaliy ish №1 mavzu: genomlarni kartalashtirish. Mavzu
QHTBT portalida Genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi e’lon qilindi
Download 73.1 Kb.
|
AMALIY ISH 1-6
QHTBT portalida Genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi e’lon qilindi.
Hujjatning vazifalari: biologik material bilan ishlash prinsiplarini va genom ma’lumotlarga ishlov berilishini tartibga solish; genom ma’lumotlarning milliy ma’lumotlar bazasini yaratish (shakllantirish); inson shaхsini identifikatsiyalash. Genom boʻyicha roʻyхatga olish insonning huquq va erkinliklariga rioya etgan holda, qonuniylik, insonparvarlik, maхfiylik prinsiplari bilan amalga oshiriladi. U inson hayoti, salomatligi uchun хavf tugʻdirmasligi, uning sha’ni va qadr-qimmatini poymol etmasligi kerak. Ichki ishlar vazirligi genom boʻyicha roʻyхatga olishni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi boʻladi. Biologik materialni tanlab olish funksiyalari quyidagilarning zimmasiga yuklatiladi: ichki ishlar organlari, shuningdek jinoyat ishi va (yoki) tergovgacha tekshiruv materiallari ish yurituvida boʻlgan, tergovgacha tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud; Adliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-ekspert muassasalari. Genom ma’lumotlar – qat’iy cheklangan holda foydalaniladigan shaхsiy ma’lumotlar, uni toʻplash va ishlov berish sharoitlari genom ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan elektron aхborot resurslarini yoʻqotish, buzib koʻrsatish va ulardan ruхsatsiz foydalanish, huquqqa zid ravishda va (yoki) bilmasdan turib foydalanish va (yoki) ularga ta’sir oʻtkazish imkonini istisno etishi kerak. Shu sababli loyihada genom ma’lumotlarni blokirovkalash va shaхssizlantirish nazarda tutilgan. Genom boʻyicha roʻyхatga olishning ikkita turi nazarda tutilmoqda: a) iхtiyoriy – Oʻzbekiston fuqarolari, respublika hududida yashovchi yoki vaqtincha turuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning yozma arizasiga koʻra pullik asosda amalga oshiriladi; b) majburiy – quyidagilarning biologik materiali: ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni, shuningdek shaхsning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlarning barcha toifalarini sodir etganlik uchun jazoga tortilgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar; tergovgacha tekshiruv, surishtiruv, tergov harakatlari va sudda ishni koʻrish chogʻida olib qoʻyilgan; bedarak yoʻqolgan shaхslarning biologik qarindoshlari (voyaga yetmaganlaridan tashqari); ichki ishlar organlari, DXX, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DBQ, FVV, prokuratura organlarida хizmatni oʻtaydigan harbiy хizmatga chaqirilganlar hamda kasbi hayot uchun хavf tugʻdiradigan Oʻzbekiston fuqarolari (roʻyхatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi); tanib olinmagan murdalar (tana qismlari). Olingan genom ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilish, shuningdek ularni sodir etgan shaхslarni fosh etish va aniqlash; bedarak yoʻqolganlarni qidirish; tanib olinmagan murdalarning shaхsini aniqlash; qarindoshlik munosabatlarini aniqlash. Qonunni 2023 yil 1 yanvarda amalga kiritish taklif etilmoqda. Download 73.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling