Amaliy ish №13 Mavzu: Visual C++ning grafik imkoniyatlari. Grafik holat, tasvirlarni va funksiya grafiklarini qurish. Chart komponentalari Combobox, Picturebox, Timer va Progressbar komponentalari Ishni bajarishdan maqsad


Download 0.57 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1535785
1   2   3   4
Bog'liq
13-amaliyot , Dasturlash II

PictureBox komponentasi
Bu komponenta All Windows Forms komponentalar panelida joylashgan. Ushbu komponentaning xossalariga e’tibor qaratsak, bu komponenta jpg, png, bmp, icon, gif formatidagi metafayllarni ochish uchun xizmat qiladi. Picturebox komponentasini form oynasiga qo’yilsa, u ekranga bo’sh kvadrat ko’rinishida tushadi va uning chegarasi uzuk chiziqlar bilan qoplangan bo’ladi.
Pictureboxning xossalari:

Image – ushbu xossada komponentaga rasm joylashtiriladi, buning uchun ushbu xossaning o’ng tomonida 3 ta nuqta joylashgan va shu tugmachani bir marta bossangiz dialog oynasi hosil bo’ladi va siz kerakli rasmni topib uni ochishing lozim bo’ladi.
ImageLocation – ushbu xossada tanlangan rasm turgan joy adresi orqali chaqirib olish imkoniga ega bo’lamiz.
Picturebox komponentasi ko’rinishi quyidagicha:

Picturebox komponentasiga misol keltirib o’tamiz:
Textbox komponentasiga kiritilgan adres orqali rasmni yuklab oluvchi dastur.

Dasturning kodi quyidagicha:
private: System::Void button1_Click(System::Object^ sender, System::EventArgs^
{
this->pictureBox1->ImageLocation=this->textBox1->Text;
this->pictureBox1->Load();
}
Size Mode – Ushbu xossa orqali PictureBox komponentasiga yuklangan rasmning ko’rinishlarini o’zgartirishimiz mumkin. Ko’rinishlarni quyidagi elementlar orqali o’zgartirish imkoni mavjud:

  • Normal - Rasmni chap va yuqori o’ng burchakdan joylashtiradi. Bunda rasm o’lchami Picturebox komponentasining o’lchamiga mos kelmaydi.

  • StretchImage – bunda rasm o’lchami Picturebox komponentasining o’lchamiga to’liq mos tushadi va ushbu komponentaning chegaralarini to’liq qoplagan xolda tanlangan rasmni komponenta ichiga to’liq joylaydi.

  • AutoSize – Tanlangan rasm o’lchami piksellarda to’liq tushadi va komponentaning o’lchami xam rasm o’lchami bilan bir xil bo’ladi. Agarda rasmning o’lchami juda kata bo’lsa, unda u Form oynasiga sig’may qolishi xam mumkin.

  • CenterImage – bunda tanlangan rasmni o’z o’lchamida tashlaydi va rasmni picturebox komponentasining o’rtasiga tashlaydi.

  • Zoom – bunda tanlangan rasm o’lchami picturebox o’lchamiga moslashtiriladi va komponentaning chegaralarini to’liq qoplamasligi mumkin.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling