Amaliy ish №19 Mavzu: Web saytlarga hujum qilish usullari
Download 493.15 Kb. Pdf ko'rish
|
19 labaratoria
AMALIY ISH № 20
Mavzu: Fishingdan himoyalash choralari. Internetdagi har bir kompyuter, u bilan tarmoqdagi boshqa kompyuterning ulanishiga imkon beruvchi o‘zining shaxsiy yagona adresiga ega bo‘lishi shart. Internetdagi kompyuter adreslar (ular IP-adreslar deb yuritishadi) ikki xil yozuv shakliga ega: raqamli adres va domenli ism. Domenli ismlar servisi DNS boshqa servislar tomonidan kompyuterning domenli ismini raqamli IP adresga translyatsiyasi uchun ishlatiladi. Raqamli IP-adres kompyuterning 32 bitli identifikatori bo‘lib, har biri 8 bitdan iborat 4 oktetga bo‘linadi. Har bir oktet o‘nli sanoq sistemasida yozilib, oktetlar qiymati nuqtalar orqali ajratiladi. Raqamli IP-adresga misol 184.94.125.53 adresning raqamli shakli kompyuterlarda va tarmoq xizmatining maxsus asbob-uskunalarida ishlatiladi. Odamlar uchun raqamli adres noqulay, esda qolishi qiyin va kam ma’noli axborotni eltadi. Odamlar odatda domenli adreslardan foydalanishadi, buning ustiga har bir domenli ism, raqamli IP-adres kabi Internet dagi faqat bitta kompyuterni aniqlaydi. Domenli ism nuqtalar bilan ajratilgan bir necha so‘z yoki qiskartirishlardan iborat, masalan dot.msk.ru. Domenli ism kompyuter makoni xususidagi foydali axborotni eltadi. Ismning chetki o‘ng qismi yuqori sath, domenini, ya’ni ushbu kompyuter joylashgan kompyuterlarning katta guruhini bildiradi. Bizning misolda bu ru-Russia, Rossiya so‘zining qisqartirilgani. Bu yuqori sath domeni Rossiyada Internetga ulangan kompyuterlarni birlashtiradi. Domenining ichida qism domenlar kichikroq o‘lchamli mintaqa bor, masalan msk.ru (Moskva). Domenli ismning chetki chap qismi .ru domenining ichidagi kompyuter ismini bildiradi (dot). Domenli ism har doim ham uch qismdan iborat bo‘lmaydi. Ammo, har qanday urlda chetki o‘ng qism yuqori sath, domenini, chetki chap qismi, kompyuterning o‘z ismini, qolganlari, o‘ngdan chapga-biri ikkinchisiga solingan va har bir keyingisi oldingisining qismi bo‘lgan qism domenlarni bildiradi. Yuqori sath, domenlari ikki xil buladi. Birinchi mamlakat nomining ikki harfli qisqartirilishidan iborat, masalan ru-Rossiya (Russia), fr-Fransiya (France), uz-Uzbekiston (Uzbekistan) va hokazo. Barcha qiskartirishlar standart xisoblanadi va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan aniqlangan. Ikkinchi xil yuqori sath, domenlari-umumiy domenlar –"mashg‘ulot turi" bo‘yicha uch harfli belgiga ega. Jadvalda yukori sath umumiy domenlarining tarqalgan belgilanish ro‘yxati keltirilgan. Domenning belgisi Tashkilot turi Com Tijorat tashkilotlari (masalan. www.ibm.com) Edu Oliy O ‘ QUV yurtlari tarmog‘i ( strawb.mit.edu) Gov Xukumat tashkilotlari (masalan. whitehouse.sov) Org Boshka organizatsiyalar (masalan. isoc.org) Net Tarmoq ishlashga taallukdi Internet provayderlari va boshka tashkilotlar. (masalan, Uznet.net) Int Xalqaro tashkilotlar. masalan www.nato.int Domen ismini raqamli IP-adresga uzgartirish Internet ning maxsus serveri yordamida amalga oshiriladi. Bu server domenli nem tizimi (Domain Name System) deb ataladi. Bunday uzgartiruvchilarni bajaruvchi kom-pyuterlar DNS- serverlar deb ataladi. Xdr bir domenda unga xizmat kiluvchi DNS-server mavjud. Download 493.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling