Amaliy ish gaz ballonli iyod


Download 0.89 Mb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1531049
  1   2   3
Bog'liq
5-Аmaliy mashgulot




5- Amaliy ish
GAZ BALLONLI IYOD TA’MINLASH TIZIMI TUZILISHI VA ISHLASHI


Ishdan maksad: Gaz ballonli IYOD ta’minlash tizimining turli sxemalarini, uning tuzilishini, ishlashini, uzel va mexanizmlarining rostlanishlarini o‘rganish.


Kurilma va uskunalar:Avtomobil va g‘ildirakli traktorlarning dvigatellarining qirqmalari, ta’minlash tizimining alohida uzel va agregatli montaj stendlari, maketlar, plakatlar, asboblar to‘plami.

Avtomobil dvigatellarida suyultirilgan yoki siqilgan gazsimon yonilg’i ishlatiladi. Benzinli dvigatelni gaz bilan ishlashga o’tkazish uchun murakkab qayta uskunalash talab qilinmaydi. Ta’minlash tizimi oddiylashadi, osongina mukammal aralashma hosil qili- nadi, dvigatellar juda kichik ortiqcha havo koeffitsiyenti bilan ishlashi tufayli bu yonilg’i aralashmasi benzinga nisbatan to’laroq yonadi.


Undan tashqari, gazning havo bilan aralashmasi o’z tarkibiga ko’ra, bir xil bo’lganidan dvigatelning yaxshi ishlashini va qabul qiluvchanligining moyillik darajasi yuqoriroq bodishini ta’minlaydi. (iaG’simon yonilg’ining detonatsiyaga turg’unligi benzinnikiga nisbatan yuqori, detailarning korrozion va mexanik yeyilish tezligi ancha kamayadi, gazsimon yonilg’i moyni suyultirmaydi, dviga- Iclning tejamkorligi ortadi. Shu afzalliklari tufayli gazsimon yonilg’i avtomobil dvigatellari uchun istiqbolli yonilg’i deb hisoblanadi va bunday yoqilg’ini ishlatish suyuq yonilg’iga bo’lgan ehtiyojni ancha kamaytiradi.

Hozirgi vaqtda zavodlarda gaz ballon uskunali avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, bunda dvigatelning ta’minlash tizimiga gazsimon yonilg’i bilan bir qatorda, ehtiyot qismlar shartini ko’zlab, benzinda ishlatishga modjallangan qo’shimcha ta’minlash uskunasi o’rnatilishi maqsadga muvofiq bodadi.


Shuningdek, avtomobillarni ishlab chiqarish davrida siqilgan tabiiy gaz (STG)da ishlashga moslashtirilgan ta’minlash tizimi uskunalari o’rnatiladi. Lekin siqilgan gaz ballonli avtomobillar, suyultirilgan gaz ballonli avtomobillarga nisbatan quyidagi kamchiliklarga ega: siqilgan gazning issiqlik chiqarish xususiyati kichikroq bo’lganligi sababli, dvigatelning quwati biroz kamayadi, ballonlarning hajmi va vazni kattaligi, avtomobilning foydali yuk ko’tarish xususiyatini biroz kamaytiradi; texnik xizmat ko’rsatish va tuzatish ishlarini odkazishda yong’in hamda portlash xavfidan saqlanish uchun maxsus qilingan xonalarga talab ortadi.
Yuqorida bayon etilganidek, gaz ballonli avtomobillarda ishlatila- digan gazsimon yonilg’i tabiiy yoki sun’iy yonuvchi gazlar bodib, ular suyultirilgan neft gazi (SNG), siqilgan tabiiy gaz (STG) bodishi mumkin. SNGda ishlovchi avtomobil dvigatcllari keng tarqalgan. Neft bilan birga chiquvchi gazlar, odatda, propan-butan aralashmalaridan, ya’ni uch-to’rttadan uglerod atomlariga ega bodgan uglevodoroddan tashkil topgan. Suyultirilgan neft gazi shu uglevodoroddan tayyorlanadi.
Maqbul haroratda bosimi 1,6 MPa (16 kgkG’sm2)ga yetguncha gazsimon holdan suyuq holatga oduvchi gazlarga suyultirilgan neft gazlari deb ataladi. Demak, bunday gazlar yopiq idish va ballonlarda suyuq holatda bodadi. SNGlar, odatda, uch xil turda chiqariladi: texnik propan va butan hamda ularning aralashmalari.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling