Amaliy ish Mavzu: Bajardi: 020-20 guruh talabasi Mavlonov Behzod Tekshirdi: Toshkent – 2022 kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari. R eja


Download 228.36 Kb.
bet1/3
Sana19.12.2022
Hajmi228.36 Kb.
#1032647
  1   2   3
Bog'liq
020 20 guruh talabasi Mavlonov Behzodning Kompyuterlarni tashkil


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
______________kafedrasi
____________fani bo’yicha

Amaliy ish

Mavzu: ________________________________________

Bajardi: 020-20 guruh talabasi
Mavlonov Behzod
Tekshirdi:________________

Toshkent – 2022




KOMPYUTERLARNI TASHKIL QILISHNING RAQAMLI MANTIQIY ASOSLARI.


R eja

  1. Kompyuterlar arxitekturasini, ularning ko‘p satxli tashkil qilinishi asosida o‘rganish

  2. Bul algebrasi va ventillar

  3. Bul funksiyalarini amalga oshirish

  4. Asosiy raqamli mantiqiy sxemalar






Kompyuterlar arxitekturasini, ularning ko‘p satxli tashkil qilinishi asosida o‘rganish
Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xo- tira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. 3.1-rasmda bitta markaziy protsessorga ega bo‘lgan kompyuteming tuzilish chizmasi keltirilgan.

3.1-rasm. Bitta protsessorli kompyuteming tuzilish chizmasi.
Ushbu chizmani, kompyuterda uncha ko‘p bo‘lmagan ish tajribasiga ega foydalanuvchilar ham qaysidir darajada tushuntirib bera oladilar. Ammo zamonaviy kompyuteming ichki tuzilishi, uning qanday ishlashi, uning qanday dasturlanishi va umuman uning qanday tashkil qilin- ganligiga, ya’ni kompyuteming arxitekturasiga taaluqli bo‘lgan tushun- chalarni, shu sohaning mutaxassisi sifatida mukammal tushunish hamda ulardan o‘zining kundalik faoliyatida samarali foydalana olish ancha murakkab masala hisoblanadi.
Zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarda kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar iyerarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan. Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. 3.2-rasmda kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltirilgan.

3.2-rasm. Olti sathli kompyuterni tashkil etilishi.

Avval ushbu chizmadagi sathlarga qisqacha tushuntirishlar berib o‘tamiz, so‘ngra esa kompyuterlarning tuzilishini bunday o‘rganish bilan, nimalarga erishish mumkinligi va kompyuter arxitekturasi deganda nimani tushunish kerakligi haqidagi xulosalarni keltiramiz.


Nolinchi sath - bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisobla- nadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’yektlari ventillar, ya’ni uzgich-ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - I, ILI, NE (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi (3.3-rasm).
Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar (3.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir.



3.3-rasm. Asosiy mantiqiy elementlar.



3.4-rasm. SR triggeri.
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin (3.5-rasm).
Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini o‘rganishda juda ko‘p marotaba so‘zga olinadigan tushunchalardan biri - bu registrlar hisoblanadi. Kompyuterda va protsessorning ichida kechayotgan, ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini amalga oshirishda ham, turli xil vazifalarni bajarish uchun modjallangan registrlardan foydalaniladi.
Birinchi sath - mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dastur­larni bajaradi. Masalan Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma (Arithmetic Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud.

3.5-rasm. Registrlar va ularda axborotni saqlash.
Arifmetik mantiqiy qurilma - oddiy arifmetik va mantiqiy amallami bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda
ma ’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma ’lumotlar traktini shakllantiradi (3.6-rasm).
Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi - bitta yoki ikkita registrlar tanlanadi, arifmetik mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir amalni, masalan - inkorlash, qo‘shish, ayirish yoki boshqa bir amalni bajaradi, so‘ngra natija tanlangan registrlardan biriga joylashtiriladi.
Ba’zi kompyuterlarda (protsessorlarda) ma’lumotlar trakti - mikroprogramma (mikrodastur) deb nomlangan maxsus dastur tomonidan nazorat qilinadi. Boshqa xil kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti - apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlar trakti - odatda apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun birinchi sathning nomi - mikroarxitektura sathi deb nomlangan.
Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan kompyuterlarda, mikrodastur deganda - ikkinchi sath buyruqlarining interpretatori, ya’ni amalga oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur xotiradan buyruqlarni chaqirib oladi va ularni ma’lumotlar traktidan foydalangan holda ketma-ket bajaradi. Masalan: ADD - qo‘shish buyrug‘ini bajarish uchun, u avval xotiradan chaqirib olinadi, unda ishtirok etadigan operandalar, ya’ni qo‘shiluvchilar registrlarga joylashtiriladi, arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi va natija xotiraga yoziladi.
Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan kompyuterlarda ham xuddi shunday muolaja amalga oshiriladi, ammo bunda ikkinchi sath buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni interpretatsiya qiluvchi mikrodastur bo‘lmaydi.
Ikkinchi sath - buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi. Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Uchinchi sath - operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi. Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi mumkin.

3.6-rasm. Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar trakti.



Download 228.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling