Amaliy ish mavzu: Suyuqlikning sirt aktiv hossalarini o’rganish. Sirt taranglikni aniqlash usullari. Stalogmometr. Sirt taranglik koeffitsentini Rebinder
Download 47.22 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rebinder asbobining tuzilishi.
- I. Distillangan suv bilan o‘lchash
1
Mavzu: Suyuqlikning sirt aktiv hossalarini o’rganish. Sirt taranglikni aniqlash usullari. Stalogmometr. Sirt taranglik koeffitsentini Rebinder usulida aniqlash Ishdan maqsad: Rebinder usuli bilan sirt taranglik koeffitsientini aniqlash. Kerakli asboblar: Rebinder asbobi, distillangan suv, tekshirilayotgan suyuqlik. 1-rasm. Rebinder asbobi I – QISM Sirt taranglik koeffitsentini aniqlash usullaridan biri Rebinder usulidir. Bu usul tekshirilayotgan suyuqlik sirtidan itarib chiqariladigan havo pufakchasidagi maksimal bosimni aniqlashga asoslangan. Sirt taranglik kuchi ta’sirida suyuqlikning sirti egrilanadi, bu suyuqlik sirtida qo‘shimcha bosimni paydo bo‘lishiga olib keladi va Laplas formulasi bilan ifodalanadi: r P 2 (1) Bu yerda r – meniskning radiusi Agar og‘zi berkitilgan bir uchi idishda: suyuqlikka tegib turuvchi va ikkinchi uchi tashqarida ochiq turuvchi kapillyar naycha tushirsak, sistemadagi bosim kamayishi bilan atmosfera bosimi ta’sirida suyuqlik sirtidagi havo pufakchalari hosil bo‘lishi vaqtida, pufakchalarni itarib chiqarish uchun zarur bo‘lgan P bosim atmosfera bosimi (P atm
) va sistemadagi (P sist ) bosimlarni farqiga teng bo‘lishi kerak, bu bosim esa Laplas formulasi orqali ifodalanuvchi ∆P qo‘shimcha bosim bilan ifodalanadi: r P P P sist amt 2 . .
2 Shunga ko‘ra suv uchun: r P 0 0 2 (3) va tekshirilayotgan suyuqlik uchun: r P x x 2 (3)
tenglamalar yoziladi. (2) va (3) tenglamalarni solishtirsak, ularni nisbatidan quyidagi formula hosil bo’ladi:
0 0
0 0
P x x (4)
Bu yerda P 0 – havo pufakchasining suv sirtidan itarish uchun zarur bo‘lgan bosim. P x - havo pufakchasini tekshirilayotgan suyuqlik sirtidan itarish uchun zarur bo‘lgan bosim, 0 – suvning sirt taranglik koeffitsenti, x -tekshirilayotgan suyuqlikning sirt taranglik koeffisenti. Rebinder asbobining tuzilishi. Rebinder asbobi 2 ta A va B idishdan, manometr – M va aspirator – As dan iborat. A va B idishlar ikkita teshikli tiqin bilan zich berkitilgan.
Tiqinlarning bir teshigiga (K 1 va K
2 ) naylar shunday biriktirilganki, suvda nayning bir uchi suyuqlik sathiga tegib tursin. Tiqinning boshqa teshigi esa kran troynik – T orqali manometr – M va aspirator – A s bilan biriktirilgan. Aspirator – A s ikkita kranga ega bo‘lib, birinchi kran suvning tomchilab tushishi va natijada aspiratorda havoni siyraklashtirish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi kran yordamida sistema tashqi muhit bilan bog‘langan. A 3 idishga sirt taranglik koeffitsienti kattaroq bo‘lgan suyuqlik quyiladi - qoidaga ko‘ra distillangan suv. B idishga esa tekshirilayotgan suyuqlik quyiladi. Agar aspiratorning birinchi krani yopiq, ikkinchi krani ochiq bo‘lsa, suyuqlik sirtidagi havo bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘ladi. Rebinder usuli bilan tekshirilayotgan suyuqlikning sirt taranglik koeffitsienti x
taranglik koeffitsienti 0 bilan solishtirsh orqali topiladi. I. Distillangan suv bilan o‘lchash 1.Troynik –T dagi kranni shunday holatga olib kelamizki, bunda u distillangan suvli A – idishni manometr va aspirator bilan tutashtiradi. 2.Aspiratorning birinchi krani yopiq, ikkinchi krani ochiq holda distillangan suv uchun manometrning boshlang‘ich holati m 01
ni yozib oling. 3.Aspiratorning ikkinchi kranini yopib, birinchi kranini ehtiyotkorlik bilan oching. Bunda aspiratorning suvi oqib chiqib, distillangan suv sirti ustidagi havoning siyraklanishiga olib keladi. K 1
manometr ko‘rsatishi m 02 ni yozing. Distillangan suv sirtidan havo pufakchalarini itarib chiqishi uchun zarur bo‘lgan bosim manometr ko‘rsatkichlarining farqi orqali aniqlanadi. P 0 =m 02 – m 01 Tajribani 4-5 marta takrorlang va manometr ko‘rsatishlarini jadvalga yozing. II.Tekshirilayotgan suyuqlik bilan o‘lchash Troynik – T ning kranini shunday holatga keltiramizki, bunda tekshirilayotgan suyuqlik solingan B idish, manometr – M va As – aspirator birlashsin, bunda manometrning boshlang‘ich holati mx 1 ni yozib oling. Tekshirilayotgan suyuqlikning sirtidan havo pufakchalarini itarib chiqish uchun zarur bo‘lgan bosim manometr ko‘rsatkichlarining farqi bilan aniqlanadi. P x = m x2 – m x1
4 Tajribani 4-5 marta takrorlang va ko‘rsatishini jadvalga yozing. Distillangan suv Tekshirilayotgan suyuqlik Manometr ko‘rrsatishi Bosimlar farqi Manometr ko‘rsatishi Bosimlar farqi Sirt taranglik koeff. m 01
m 02
P 0
m x1
m x2
P x
) (
dn x
%
1
2
3
4
5
O’rtacha qiymat II – QISM Ishchi formulaga asosan har bir tajriba uchun sirt taranglik koeffitsenti (4) formulaga asosan hisoblang: 0 0 P P x x
Bunda 0 ni xona temperaturasiga mos ravishda suvning sirt taranglik koeffitsientini temperaturaga bog‘liqlik jadvalidan oling 2.
- o‘rtacha arifmetik qiymatni hisoblang. 3. Har bir tajribaning absolyut xatoligini va o‘rtacha absolyut xatolik ni hisoblab, ularni jadvalga kiriting. 4.Nisbiy xatolikni quyidagi formula bilan hisoblang: %; 100 x D
5. x va x larning qiymatlarini SI birliklariga o‘tkazing va topilgan kattalikni haqiqiy qiymatini quyidagi ko‘rinishda yozing: . )
. m N x haq Nazorat savollari
1.Suyuqlik molekulyar tuzilishining alohidaligini tushuntiring. 2.Sirt taranglik kuchini yuzaga kelish sabablarini ayting. 3.Sirt taranglik koeffitsienti deb nimaga aytiladi? Uning o‘lchov birligi 4.Sirt taranglik koeffitsientini o‘lchashning qanday usullarini bilasiz va tibbiyotda qanday usullardan foydalaniladi? 5.Sirt taranglik koeffitsienti nimaga bog‘liq? Ho‘llovchi va ho’llamaydigan suyuqlik meniskning chegaraviy burchagi. 6.Sferik sirt ostidagi suyuqlik bosimi 7.Gaz emboliyasining fizikaviy asosi nimadan iborat ?
5
Adabiyotlar: 1. Хитун В.А. и др. Практикум по физике для медицинских вузов. М.: «Высшая школа», 1972 г. 2. Remizov A.N. Tibbiy va biologik fizika: Tibbiy oily o’quv yurtlari uchun darslik – 2005 3. Ливенцев Н.М. Физика курси. 1974 й. Internet saytlari http://www.physexperiment.narod.ru/physics.htm http://www.medbiophys.ru/ http://biophysics.spbstu.ru/useful_links http://medulka.ru/biofizika Download 47.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling