Amaliy ishi № 1
Mavzu: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari.
Ishning maqsadi: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlarini o`rgatish va
amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Kutilayotgan natija:Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari haqida nazariy
va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi.
Amaliy jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.
Ish rejasi:
1. Kompyuter operasion tizimlari.
2. Mobil qurilmalar operasion tizimlari
Nazariy ma’lumotlar:
Operatsion tizim odatda kompyuterning tashqi hotirasi – diskda saqlanadi. Kompyuter ishga
tushirilganda u kompyuterning tezkor xotirasiga o’qiladi. Bu jarayon operatsion tizimni
yo’qlanishi deyiladi.
Operatsion tizim quyidagi asosiy qismlardan iborat:
ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS nomi bilan ifodalangan);
operatsion tizimni faollashtiruvchi dastur (Boot Record);
ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tizimini kengaytirish moduli;
amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’zilishlarni tashkil qilish moduli;
buyruq protsessori.
Operatsion tizimlar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo’libgina qolmay, ular
kompyuterni nafaqat amal bajarishga, balki o’zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur
etadi. Bunday dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas, balki bizning
ko’rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik, muammo yuzaga
kelmasligi uchun ishlab chiqariladi va qo’llaniladi.