Amaliy ishi №3 Mavzu: Matn protsessori dasturi va unda hujjatda rasmlar va jadvallar bilan ishlash. Ishning maqsadi
Download 407.36 Kb. Pdf ko'rish
|
3-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning qo’yilish
Amaliy ishi №3 Mavzu: Matn protsessori dasturi va unda hujjatda rasmlar va jadvallar bilan ishlash. Ishning maqsadi: a) Talabalarda Microsoft Office guruxi tarkibiga kiruvchi Word matn muxarririda ishlash haqida qisqacha nazariy ma'lumotlar va matnli hujjatlar tayyorlash ko’nikmasini hosil qilish; b) Kiritilgan ma'lumotlarni formatlash usullarini qo’llashni o’rgatish; v) Kiritilgan ma'lumotlar asosida xar bir satr boshlashini yozish ya'ni abzatslarni formatlash usullari bilan ishlashni o’rgatish. Masalaning qo’yilish: a) Talabalarda Word matn muxarririda ishlash ko’nikmalarini hosil qilish; b) Berilgan amaliy topshiriqni qo’yilgan ish reja asosida bajarish. Ish rejasi 1. Windows ni yuklash 2. Word matn muxarririni yuklash 3. Yangi hujjat yaratish. 4. Ma'lumotlarni kiritish. 5. Kiritilgan ma'lumotni diskka fayl shaklida biror nomda saqlash. 6. Kirilcha shriftdan lotincha shriftga o’tish 7. Matnni taxrir qilish va xotirada saqlash. 8. Sahifa o’lchamlarini o’zgartirish. 9. Matn qismini ajratish,uni qirqib olish va maxsus joyga nushalash 10. Hujjatdagi biror so’zni boshqasiga almashtirish. 11. Sahifaning ko’rinishi rejimlarini ko’rib chiqish (Vid menyusi) . 12. Faylni saqlash. 13. Faylni yopish. 14. Dasturdan chiqish. Nazariy ma’lumotlar: Hamma elektron matn hujjatlar taxrirlashni talab qiladi. Masalan, kompyuter dasturining matnini yozishda formatlash talab qilinmaydi, chunki bu matn bosmaga chiqarish uchun emas, balki kompilyator – dasturi ishlatishi uchun yaratilgan. Ayrim hollarda matn hujjatni formatlash hatto zarar keltiradi, chunki formatlash haqidagi axborot ko’rinmas kodlar ko’rinishida matn ichida saqlanadi. Bunday kodlarning borligi ayrim dasturlarga matn bilan ishlashga halaqit beradi. Word muharriri Windows muhitida ishlaydigan Microsoft firmasining mahsuli bo’lib, uning bir necha turlari mavjud. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo’yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo’natish, rasm, grafik, jadval, va diagrammalardan foydalanish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin. Microsoft Word dasturini ishga tushirilganda quyidagi oyna ko’rinishi yuzaga keladi: Microsoft Word dasturining oynasi ilovalar oynasi ko’rinishiga tegishli bo’lib, u yuqoridagi ko’rinishga ega(1 – rasm): 1 – tizimli menyu; 2 – sarlavha satri; 3 – oynani yig’ish tugmasi; 4 – oyna o’lchamini tiklash tugmasi; 5 – oynani yopish tugmasi; 6 – asosiy menyu satri; 7 – asboblar paneli; 8 – gorizontal va vertikal chizg’ichlar; 9 – asosiy ishchi soha; 10 – o’tkazish yo’lakchasi; 11 – Risovanie asboblar paneli; 12 – holat satri; 13 – oyna chegarasi. Asboblar panelini Word oynasiga yo’lakcha yoki oyna shaklida o’rnatish mumkin: Download 407.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling