Amaliy ishi №4. Jonli tasvir ko’rinishini yaratish. Ishdan maq
Download 421.5 Kb.
|
AMALIY ISHI №4. JONLI TASVIR KO’RINISHINI YARATISH.
AMALIY ISHI №4. JONLI TASVIR KO’RINISHINI YARATISH. Ishdan maqsad: CorelDRAW dastur yordamida rasmlarni jonli tasvir ko’rinishiga o’zgartirishni o’rganish. IShNING IZOHI Masalan, suratga mo’yqalam ko’rinishdagi o’zgartirishlar kiritilganda buyuk rassom chizgan portretga o’xshash rasmni yaratish mumkin. Ushbu muharrir turli ko’rinishdagi jonli tasvirlarni xosil qilib, unga ba`zi xarakatlarni o’rnatish imkoniyati xam yaratiladi. Menyudan Bitmaps/Art Strokes (Rastrli tasvirlar/Badiiy chizgilar) buyrug’ini tanlab, hosil bo’lgan oynada oddiy rasmga o’rnatilishi mumkin bo’lgan turli jonli ko’rinishlar ro’yxati ko’rsatilgan bo’ladi. Ularni qo’llash usullarini o’rganishda, misol sifatida yuqorida qurilgan qush uyasi rasmidan foydalanamiz (4.1-Rasm, chapdan). 4.1.-Rasm. Chizishga mo’ljallangan jihozlar Tayyor rasmdan oq-qora tasvirni hosil qilish uchun (4.1-Rasm, ungdan), Charcoal (O’tinli ko’mir) buyrug’idan foydalaning. Sozlash muloqot oynasida esa (4.2-Rasm) qora ranglovchi qalam qalinligini Size (Kattalik) satri orqali belgilashingiz mumkin. Edge (Atrofi) satri orqali esa rasm atrofi, ya`ni rangning keskin o’zgarish qismi qalinligi o’rnatiladi. 4.2.-Rasm. Ko’mir ko’rinish yordamidagi chizma Conte Crayon (Maxsus bo’yoq) buyrug’ini tanlab, turli rangdagi qirqimli rasmni yaratishingiz mumkin (4.1-Rasm, chapdan ikkinchi). Buyruq tanlangandan so’ng ekranda sozlash muloqot oynasi hosil bo’ladi (4.3-Rasm). Agar oynaning yuqori qismidagi namuna ranglar satri oldida bayroqchalar o’rnatilmasa, yaratilayotgan rasmda xaqikiy tasvir ranglari qo’llaniladi. Bayroqchalarni o’rnatib esa besh xil rangdagi bo’yoqlardan foydalanish mumkin. Muloqot oynaning o’ng qismidagi satrlarida chizish soxasi rangi o’rnatiladi. Pressure (Bosim) satridagi qiymatlar chizish soxasiga bo’yoqlar bosimini belgilaydi. Qattiq bosilgan xolda yorqin rasmlar yaratiladi. Texture (Tekstura-Tagrang) satridagi qiymatlar orqali chizish soxasida tagrang aniqlik darajasi belgilanadi. Aniqliklik darajasi yuqori bo’lgan tagrang asosiy chizma ko’rinish darajasini kamaytiradi, shuning uchun bu ko’rsatgich me`yorda belgilanishi lozim. 4.3.-Rasm. Bo’yoqlar. Bo’yoqlar yordamida rasm yaratishning boshqa varianti (4.1-Rasm, o’ngdan ikkinchi)ni menyudan Crayon (Bo’yoqchalar) buyrug’i orqali ko’rish mumkin. Muloqot oynada (4.4-Rasm) bo’yoq yuzasi Size (Kattalik) satridagi qiymat bilan belgilanadi. Shu bilan birga, Outline (Kontur) ko’rsatgichi yordamida atrof chiziqlari qalinligi belgilanadi. Bu usulda yaratilgan suratlar yuqoridagiga nisbatan soddaroq ko’rinishga ega. 4.4.-Rasm. Boshqa bo’yoqlar Kubsimon rasmlarni yaratish (4.1-Rasm, ungdan) Cubist (Kubsimon) buyrug’i yordamida bajariladi. Sozlash muloqot oynasida (4.5-Rasm) surtgichlar yuzasi Size (Kattalik) satri ko’rsatgichi orqali va tasvir yorqinligi Brightness (Yorqinlik) satri ko’rsatgichida belgilanadi. Paper Color (Varaq rangi) satrida tasvir chiziladigan varaq rangi tanlanadi. 4.5.-Rasm. Kubsimon chizish Boshqa taniqli baddiy usul – bu impressionizm bo’lib, bu imkoniyat CorelDRAW dasturida mavjud. Ko’pchilik buyuk rassomlar shu usulda o’z asarlarini yaratganlar. Shu usulda yaratilgan qush uyasi yanada haqiqiy ko’rinishga ega bo’ladi (4.6-Rasm, chapdan). 4.6. Jonli ko’rinish yaratish Ushbu ko’rinishni yaratish uchun Impressionism (Impressionizm) buyrug’i berilib, muloqot oynasida surtgich turi tanlanadi. Style (Stil-Ko’rinish) satrida Strokes (Chiziqlar) yoki Dabs (Izlar) ko’rinish turi mavjud. Ularning barchasi turli xildagi o’xshash bo’lmagan rasmlar yaratishga yordam beradi. Yuqorida joylashgan ko’rsatgich satrida surtgichlar hajmi belgilanadi, Coloration (Ranglash) satri ranglar o’zgarish darajasini, Brightness (Yorqinlik) ko’rsatgichi esa hosil qilingan rasm yorqinligini belgilaydi. 4.7.-Rasm. Impressionizm Xaqiqiy ko’rinish (4.6-Rasm, chapdan ikkinchi) Palette Knife (Ranglar majmuasi pichog’i) buyrug’i orqali yaratiladi. Sozlash muloqot oynasida (4.8-Rasm) surtgichlar uzunligi yuqoridagi ko’rsatgichlar yordamida belgilanadi. Oynaning o’ng qismida surtgichlar yo’nalishi ko’rsatiladi. Soft Edge (Yumshoq chetlanishlar) surtgichlar atrofini nafislanishiga yordam beradi. 4.8.-Rasm Ranglar majmuasi pichog’i. Nafis suratlar (4.6-Rasm, o’ngdan ikkinchi) Pastels (Pastel) buyrug’i orqali yaratilib. Muloqot oynada (4.9-Rasm) Soft (Yumshoq) yoki Oil (Yog’li) turlar yordamida nafislik ko’rinishi tanlanadi. Stroke Size (Chiziqlar hajmi) ko’rsatgichi yordamida yaratilayotgan rasm chiziq kattaligi o’rnatiladi. Hue Variation (Rang o’zgarishi) ko’rsatgichi orqali esa rasmda qo’llaniladigan rang turlari belgilanadi. Nafis ishlangan rasmlar juda ham go’zal bo’lishi mumkin. 4.9.-Rasm. Nafislik. Siyoh yordamida chizilgan oq-qora rasmlar (4.6-Rasm, undan), Rep & Ink (Ruchka va siyoh) buyruq orqali chiziladi. Ekranda sozlash muloqot oynasi (4.10-Rasm) paydo bo’ladi. Oynaning o’ng qismida rasm ko’rinishi tanlanadi. Crosshatch (Chiziqli) va Stippling (Uzuq-uzuq) turlari chizma chiziqlari turi belgilanadi, natijada bir-biriga o’xshash bo’lmagan rasmlar yaratiladi. Density (Zichlik) satrida siyoh zichligi ko’rsatiladi. Ink Pool (Siyoh soni) satrida qo’llaniladigan siyohlar soni ko’rsatiladi. 4.10. -Rasm. Ruchka va siyoh. Jonli tasvirlar yaratishning yana bir usuli rang-barang aylanma surtgichlar orqali rasm chizish hisoblanadi. Ushbu usulda rasm chizish uchun (4.12-Rasm, chapdan) Pointillist (Pointilizm) – buyrug’i tavsiya etiladi. Sozlash muloqot oynasida (4.11-Rasm) surtgich hajmi Size (Kattalik) satri orqali, yorqinlik esa Brightness (yorkinlik) satri qiymati orqali belgilanadi. Boshqa usullardan farqli ravishda, boshlang’ich rasmdagi ranglar o’zgargan xolda qoladi. 4.11.-Rasm. Aylanma usulda chizish. Ochen interesnыy effekt (Ris. 4.12, v tcentre) vыzыvaetsya komandoy Scraperboard (Rezba po derevu). 4.12.-Rasm. Boshka keng qo’llaniladigan usul. Sozlash muloqot oynasining (4.13-Rasm) chap qismida keltirilgan ro’yxatdan rasm variantini belgilanadi. Kirkib olingan qismi hamma vaqt qora rangda, tagrang esa, agar Color (Rangli) o’rnatilgan bo’lsa rangli bo’lib qoladi, White (Belыy) o’rnatilganda oq rangda bo’ladi. Density (Zichlik) satrida zichliq darajasi qiymati, Size (Kattaligi) satrida esa – kirkilgan chiziqlar hajmi ko’rsatiladi. 4.13. –Rasm. Daraxtsimon qirqim Yana boshqa ko’rinishni (4.12-Rasm, ungdan) meyuda Sketch Pad (Yoyilmali doska) buyrug’i yordamida yuklash mumkin. Sozlash muloqot oynasida (4.14-Rasm) hosil qilinadigan rasm tashqi ko’rinishini sezilarli darajada o’zgartirishingiz mumkin. Graphite (Grafitli) tip o’rnatilganda, oq-qora rasm yaratiladi, Color (Rangli) – tip o’rnatilganda esa rangli. Style (Ko’rinish) satrida surtgichlar ko’rinishi o’rnatiladi. Pressure (Bosim) ko’rsatgichi esa doskaga chizish bosim darajasini belgilaydi. Bundan tashqari, Outline (Kontur) ko’rsatgichi orqali atrofidagi chiziqlar qalinligini belgish mumkin. 4.14. –Rasm. Yoyilmali doska Akvarel ko’rinishdagi chiroyli rasmni (4.15-Rasm, chapdan) barcha rastrli tasvirdan Watercolor (Akvarel) buyrug’i orqali yaratish mumkin. 4.15.-Rasm. Oquvchan ranglarni qo’llash Sozlash muloqot oynasida (4.16-Rasm) beshta parametr qiymatini o’rnatishingiz mumkin. Brush Size (Mo’yqalam hajmi) satri surtgich kattaligini belgilaydi, Granulation (Granulashtirish) satrida esa rasm dog’lar yaratish darajasini belgilaydi. Water Amount (Suv miqdori) satri esa ranglar intensivligini ko’rsatadi. Bleed (Okuvchanlik) satri yordamida yanada oquvchan tasvirni hosil qilish mumkin. Brightness (Yorqinlik) orqali rasm yorqinligi belgilanadi. 4.16.-Rasm. Akvarel Haqiqiy ko’rinish (4.16-Rasm, o’rtada) odatda menyudan Water Marker (Suvli marker) buyrug’ini qo’llab hosil qilinadi. Sozlash muloqot oynasida (4.17-Rasm) uch xil ko’rinishdan bir variantni tanlashingiz mumkin. Default (O’zgarmas holda). Order (Tartiblangan) va Random (Tasodifiy) variantlari surtgichlarning rasmda joylashish o’rnini belgilaydi. Size (Kattaligi) satrida surtgichlar hajmi belgilanadi. Color Variation (Rangni o’zgarshi) satrida boshqa surtgichlarda ranglar o’zgarish darajasi ko’rsatiladi. 4.17. – Rasm. Suvli marker Haqiqiy ko’rinishga yaqin bo’lgan usul (4.15-rasm, ungdan), Wave Paper (Yupka kog’oz). Sozlash muloqot oynasida (4.18-Rasm) Color (Rangli) ko’rsatgichni o’rnatib qog’ozni rangli, yoki Black & White (Oq-qora) ko’rsatgichni o’rnatib oq-qora qog’oz tanlashingiz mumkin. Brush Pressure (Muykalam bosimi) satri qiymati esa chizish davomida qog’ozga mo’yqalam tushish bosim darajasini belgilaydi. Qanchalik mo’yqalam qog’ozga qattiq bosilsa, shunchalik rasmda ranglar intensivligi oshadi. Biroq, rasmdagi barcha ranglar haqiqatga nisbatan qoramtir ko’rinishga ega bo’ladi. 4.18.-Rasm. Yupqa qog’oz TOPShIRIQ. Jonli tavir hosil qiluvchi ko’rinish texnikasini yarating. Katta hajmdagi rangli tasvirlarda turli ko’rinishlarni yarating. Download 421.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling