Amaliy ishi mavzu: “ Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan inqilobning tarixiy ahamiyati ”


Download 122.35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi122.35 Kb.
#1610888
Bog'liq
Elyor Jaxon tarixi Amaliy



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
 
tarix YO„NALISHI 3-kurs tolibi 
xusanov elyor
NING 
jahon tarixi
FANIDAN tayyorlagan 
 
Amaliy ishi 
 
MAVZU:
 

Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan
inqilobning tarixiy ahamiyati
” 
 
 
 
JIZZAX – 2022
 


Reja: 
1. Mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Amerikada
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot. 
2. Amerikada birinchi burjua inqilobi va uning sabablari. 
3. 1775-1783 yillarda mustaqillik uchun kurash. AQSH ning
tashkil topishi. 
4. «Mustaqillik dekloratsiyasi» va «AQSH konstitutsiyasi» 
ning qabul qilinishi. 
5. Shimoliy Amerikada bo’lib o’tgan inqilobning tarixiy
ahamiyati. 


Amerika qit`asi Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin, bu hududlarga
yevropaliklar ko`chib kela boshladilar. 1607 yilda Shimoliy Amerikaning atlantika 
sohilidagi hindlar yashaydigan yyerlarida birinchi ingliz mustamlakalariga asos 
solindi. 
XVII asr boshlarida Ispaniya Shimoliy Amerikadagi Floridani, Texas, 
Koliforniyani, bulardan ham oldinroq butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib 
oldi. Fransuzlar Kanadada (1604 yillardan boshlab) Missisipi daryosi havzasiga 
Luizianada (1699 yildan boshlab) o`rnashib oldilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 
1607 yildan, ya`ni Virginiya deb nomlanadigan mustamlaka barpo qilingandan 
boshlandi. 
“May guli” kemasida kelgan mustamlakachi-puritanlar (ziyoratchi ruhoniylar) 
1620 yilda Nyu-Plimutga asos soldilar va uni 1691 yildan massachusetesga qo`shib 
oldilar. Shundan keyin tez-tez poseleniyalar vujudga kela boshladi, ular asta-sekin 
qo`shilib, shimolda Nyu Gempshir (1622), Massachusetes (1628), Konnektikut 
(1634-1637), 
Rod-Aylend 
(1636-1643), 
Nyu-Geven 
(1637-1643) 
nomli 
mustamlakalar vujudga keltirildi. Bu mustamlakalar –Yangi Angliya deb atalib, 
Angliya burjua inqilobi boshlanib ketishi natijasida mustamlakalar bilan 
metropoliyalar o`rtasidagi aloqa zaiflashib, hindular bilan kurash kuchayib ketganligi 
tufayli bu mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to`la mustaqillikni saqlaganliklari 
holda, “Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari” (1642-1643) degan nom bilan 
ittifoq tuzdilar. 
Boshqa malakatlarning shimoliy amerikadagi mustamlakalaridan farq qilib, 
inglizlarga qarashli hududlarni aholisi tezroq ko`paymoqda edi. 
Bunga Angliyadagi dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi natijasida ularning 
mustamlakalarda migraciyasining kuchayishi, shuningdek diniy ta`qiblar sabab bo`ldi. 
Hatto Gollandiya mustamlakalarida aholisining yarmiga yaqinini inglizlar tashkil qilar 
edi. Bularning hammasi ingliz mustamlakalarini yanada mustahkamladi va burjua 
inqilobidan keyin Angliyani Shimoliy Amerikadagi o`z raqiblarini asta-sekin surib 
chiqrish imkoniyatini yaratib berdi. 1664 yildayoq Angliya Yangi Gollandiyani va 
uning Yangi Amsterdam shahrini bosib oldi uni keyinroq Nyu-York deb atay 
boshladilar. 1754 yildayoq Shimoliy Amerikada Fransiya bilan harbiy to`qnashuvlar 
bo`lib o`tdi, ikki yildan keyin esa etti yillik urush boshlanib, bu urush Fransiya 
mag’lubiyati bilan tugadi. Mustamlakalarda bir million kishi yashar edi, ular orasida
300 mingdan ortiqrog’i qul negirlar edi. XVIII asr 60-yillarida aholi soni 
mustamlakalarda tez sur`atlarda o`sib bordi, buning natijasida mustamlakalardagi 
aholi soni 2.6 million kishiga tdi, shuning 500 mingga yaqinrog’i negrlar bo`lib, 
negrlarning 90 % i qullardan iborat edi. Feodallar zulmi va qashshoqlikdan qutilish 
uchun 
YEvropadan 
qochib 
kelganlar, 
Angliyaning 
Shimoliy 
Amerika 


mustamlakalarida ham tilaklariga yetolmas edilar, ularning ko`pchiligi mustamlakachi 
burjuaziya va quldor platatorlar tomonidan shavqatsiz ekspluatatsiya qilinar edi.
Amerika burjua tarixchilari ta`riflaganidek Shimoliy Amerika orzu qilingan yer 
va ozodlik beshigi emas edi, albatta. 
Angliya Va Gollandiyadan kirib kelgan burjua munosabatlari ekspluatatsiyaning 
kapitalizmgacha bo`lgan shakllari bilan ya`ni feodalizm, quldorlik elementlari bilan 
muayyan chatishib ketgan edi. Kapitalistik tuzumning vujudga kelish davrida ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning murakkabligi aholining sinfiy qiyofasining ham xilma-
xil qilib qo`ydi. 
N`yu-York mustamlakasida 2.5 million ar yer yirik yer egalari qo`lida edi, 
ulardan biri Jonsonning 50 ming ar eri bo`lib, Shimoliy Karolinada butun mustamlaka 
yyerlarning 1/3 qismi Lord Prenvill qo`lida edi. Massachusetsdagi Papperelning yeri 
butun qirg’oq bo`ylab 30 milga cho`zilgan edi. Yirik yer egalari yyerlarni nasldan-
naslga qoldirish sharti bilan ijoraga berar yoki kichik-kichik bo`laklab sotar edilar. 
XVII asrning 30 – yillarida qirol buyrug’i bilan yangi hududlarga ijozatsiz
ko`chib borish, yyerlarni bosib olish, chegara posyolkalaridan tashqariga chiqish 
ta`qiqlandi. Buning ustiga mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida 
Allegangacha bo`lgan barcha yyerlar egallab olingan edi. 1763 yili qirol buyrug’i bilan 
Allegandan nariga ko`chib borish ta`qiqlandi.Shunday qilib yer masalasi juda katta 
ahamiyat kasb etib, mustamlaka zulmiga qarshi kurashning va inqilobning asosiy 
sabablaridan biri bo`ldi. Skvaterlik progressiv voqea bo`lsa ham, uning Amerika 
inqilobiga chuqur ta`sir qoldirgan tomoni ham bor edi.Ammo bosib olinayotgan 
yyerlar, Amerika burjua tarixchilari e`tirof etganidk, bo`sh yyerlar emas edi. Bu 
yyerlarni kolonistlar teng bo`lmagan bitimlar tuzish yoki ochiqdan-ochiq kuch 
ishlatish yo`li bilan hindulardan tortib olgan edilar, bu tortib olingan yyerlarda 
kolonistlarning asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Hatto Yangi Angliyaning sanoati 
eng rivojlangan hududlarida ham aholining 90 % qishloq xo`jaligi bilan shug’ullanar 
edi. 1790 yilda birinchi marta ro`yxatdan o`tkazilganda, 8 mingdan ortiq aholisi 
bo`lgan shaharlarda butun aholining 3,3 % yashagan ishchilarning ahvoli esa juda 
og’ir, biroq YEvropadagi ishchilarning ahvolidan tuzukroq edi. Ish kuni tong otardan 
to quyosh botgunga qadar davom etardi va barcha mustamlakalarda ma`murlar ish 
haqini belgilab qo`ygan edilar. 
Mustamlakalardagi aholinig ko`pchilik qismini asoratga tushgan xizmatkorlar, 
oq tanli ishchilar va negir – qullar, janubda esa aholining 40 % ini negir qullar tashkil 
qilar edi. 
Negirlarni qul qilish juda kuchayib ketdi. 1619 yildayoq Afrikada ilk bor 
negirlar olib kelingan edi. XVII asrning o`rtalaridan boshlab negirlarni qullarga 


aylantirish tez tarqalib 1775 yildayoq Shimoliy amerikada negirlarning soni deyarli 
yarim millionga etib qolgan edi. Qul – negirlar har qanday ijtimoiy va siyosiy 
huquqlardan mahrum etilgan bo`lib, qul egalari ularni o`ldirishi, sotishi, qarzga 
berishi mumkin edi. XVII asrning ikkinchi yarmida quldorlik xo`jaligi kuchli 
inqirozga duchor bo`ldi, bunga tamaki va boshfa ekinlarning ekilaverishi natijasida yer 
kuchining ketganligi hamda janubiy mustamlakalar mahsulotini Yevropada sotish 
qiyinlashib ketganligi sabab bo`ldi. Bu inqiroz XIX asrning boshlaridagina paxta 
tozalash mashinasi ixtiro etilgandan keyin bartaraf etildi. Paxta bozori esa Buyuk 
Britaniyaga fabrikalashgan ip gazlama sanoati tez rivojlanganligi tufayli vujudga 
kelgan edi. 
Amerikada madaniyatning rivojlanishiga va ilg’or g’oyalarning shakllanishiga 
prutanlarning diniy xurofoti, bidati va fanatizmi to`sqinlik qilmoqda edi. Ilm maorif 
ishlariga ruhoniylar ta`siri juda kuchli bo`lib, adabiyotda diniy tematika ustunlik qilar 
edi. 
Alvasti ovlash va afsungarlik uchun qatl qilish hatto eng taraqqiy etgan Yangi 
Angliyada ham XVIII asr boshlarigacha saqlanib qoldi. Masalan, Salim qishlog’ida 
1693 -1696 yillarda afsungarlik qilganligi uchun 19 kishi qatl qilingan edi, 150 kishi 
qamoqqa olingan va 200 kishi jodu qilishda ayblanib jazolangan. erkin fikr qilishgina 
emas balki dunyoviy mavzulardagi har qanday asar ham gunoh hisoblanar edi, ba`zi 
mustamlakalarda 
hatto 
teatr 
tomoshalari 
ham 
ta`qiqlangan 
edi. 
Butun 
mustamlakachilik davri mobaynida erkin fikr va demokratiyaning progressiv g’oyalari 
jaholatga qarshi kurash olib bordi. Bu g’oyalar dastlabki paytlarda diniy 
sektantchilikning an`anaviy shakllarida ifoda etilar edi. Puritanizm so`l qanotining 
siyosiy qarashlari xalq ommasining noroziligini va orzu tilaklarini bir ifoda eta olar 
edi. Bu so`l qanot arboblari XVIII asr Amerika ma`rifatchilarining o`tmishdoshlari
edilar. Mustamlakalarda fan va falsafa, adabiyot va san`at keng tarzda rivojlanib 
ketolmadi bu esa ko`p jihatdan Amerika burjuaziyasiga xos bo`lgan tor faoliyatga 
bog’liq edi. Amerikaliklar o`zlarining metropoliyaga qarshi olib borayotgan kurashini 
asoslash uchun Goobe, Milton, Lokk, Russo va boshqa Evropa mutafakkirlarining 
g’oyalaridan foydalandilar. Amerika burjua ma`rifatchilari eng ko`zga ko`ringan va
ajoyib kishilari Benjamin Franklin (1706-1790) va Tomas jeferson (1743-1826) edi. 
Bular Amerika maorifida so`l demokratik tendenciya vakillari va shakllanib 
kelayotgan Shimoliy Amerika millati, o`sib kelayotgan ongning mafkurachilari edilar. 
Otashin vatanparvar kolonistlar huquqi uchun eng dastlabki kurashchilaridan biri 
Benjamin Franklin Bostonda hunarmand oilasida tug’ilgan edi, keyinchalik u 
Filodel`fiyada yashaydi. Yoshligida u bosmaxonada harf tushiruvchi bo`lib ishladi va 
o`tkir jurnalist – publisist bo`lib etishib, akasining gazetasida akasi bilan birga ishladi. 
G’oyat iste`dodli, mehnatsevar va quntli bo`lganligi uchun o`zgalarning yordamisiz 
mustaqil ravishda o`qib bilim oldi. Amerikada ma`rifatchilarning birinchi 


namoyondasi bo`lib etishdi. Hamda jaholat va nodonlikka qarshi kurash olib bordi. 
Franklin Amerikada birinchi marta tuzilgan qullikka qarshi jamiyatning asoschilaridan 
biri edi. Franklin oligarxik idora usulining va mustamlakachilikning xavfli ekanligini 
yaxshi tushunar edi. Biroq u ko`proq mo``tadil siyosiy qarashlarini yoqlab keldi. Uzoq 
vaqt metropoliyaga qarshi inqilobiy kurashga qaraganda liberallarcha kompromis 
usulini yoqlab keldi, uzoq vaqt metropoliyaga qarshi siyosatda qat`iy va izchil 
bo`lmadi. Mustamlakachi burjuaziyaning ilg’or manfaatlarini himoya qilib, Franklin 
dastlab Britaniya imperiyasi doirasida mustamlakalarini birlashtirishga va o`z –o`zini 
boshqarishni kengaytirishga harakat qildi. Franklin bu imperiyani «chinni kosaga 
o`xshatgan va uning bir cheti uchib ketsa o`z qimmatini yo`qotadi” degan edi. Ammo 
uning fikricha, bu imperiyaning markazi shimoliy Amerika bo`lishi, poytaxt 
Londondan shu yerga ko`chirilishi kerak edi. Biroq metropoliyalar o`rtasidagi 
ziddiyatlarning murosasizligi Franklin va burjuaziyaning keng doiralari harqalay 
milliy mustaqillik uchun inqilobiy kurash yo`liga tushib olishga majbur bo`ldilar.
Tomas Jefferson Virginyadagi plantatorlar aristokratiyasi oilasidan chiqqan. U har 
tomonlama keng ma`lumot oldi. Unga katta shuhrat keltirgan Britanya Amerikasining 
huquqlari haqida xulosa degan o`zining dastlabki pamfletlaridan birida Jefferson 
Georg III ga Karl I bilan Yakov II ning qismatini eslatib xalq suverenteti ideyalarini 
hamda mustamlakalarning qo`zg’olon ko`tarish huquqini himoya qildi. So`nggi 
asarlarda qullikni qattiq tanqid qildi, hindularning qirg’in qilinishini qoraladi. Ammo 
Jefferson izchil demokrat emas edi. Uning ommaviy faoliyati bilan nazariyasi 
ko`pincha bir-biriga to`g’ri kelmas edi. Jefferson kapitalizmning ba`zi salbiy 
xususiyatlarini, masalan, mol-mulkning bir to`da shaxslar qo`lida to`planishini tanqid 
qilgan bo`lsa ham, uning qarashlari keyinchalik burjua liberalizmi tomonida 
evolyucionlashgan edi. Jefferson o`z faoliyatlarida ayniqsa, XIX asr boshidan u 
respublika prezidenti bo`lgach, burjua respublikasini mustahkamladi, hamda asosan 
burjuaziya va platatorlar manfaatini ifoda etuvchi siyosat yurgizdi.
1765 yilda Angliya parlamenti mustamlakalarga qarshi qaratilgan ikkita qonun 
qabul qildi. Bulardan biri qo`shinlarni joylashtirish qonuni bo`lib, bu qonun ingliz 
hukumatiga mustamlakalariga cheklanmagan miqdorda qo`shinlar yuborish va ularni 
aholi uylariga joylashtirish huquqini berar edi. 2-qonun har qanday hujjatlar, gazetalar, 
broshyuralar, e`lonlar ustidan gerb solig’ini solish to`g’risida edi. 
Bu qonunlar mustamlakalarda juda katta g’azab uyg’otdi va burjua 
elementlarining qarshi ta`sir ko`rsatishiga qaramay, ommaviy g’alayonlarga aylanib 
ketdi. Bostonda hurriyat rahbarlarining farzandlarining rahbarligi ostida ishchi va 
hunarmandlarning g’alayonlari 13 avgustdan 18 avgustgacha davom yetdi. Mitinglar 
o`tkazishdi, kechasi mash`allar yoqib yurishlar qildilar. Chinovniklarning uylariga o`t 
qo`ydilar, sud arxivlarini yoqib yubordilar. Gubernator yuborgan qurolli otryadlar 
haydab yuborildi. Gubernatorning yordam yuborish to`g’risidagi iltimosiga politsiya 


boshlig’i mening odamlarimni endi topib bo`lmaydi: ular xalqqa qo`shilib ketdi, deb 
javob berishi ahvolning naqadar tang ekanligini ko`rsatdi. 
Xalq harakatidan qo`rqib ketgan mansabdorlar o`z lavozimlaridan voz kechdilar. 
G’arb to`g’risidagi qonun kuchga kirgach 1-noyabr kuni yangidan xalq g’alayonlari 
ko`tarilib ko`p kishilik mitinglar va namoyishlar uyushtirildi, gerbli qog’ozlar kuydirib 
yuborildi. Xalq “Umumiy ittifoqlik” yoki o`lim!, erkinlik yoki o`lim kabi degan 
shiorlar bilan kurashni kuchaytirdilar.
Mustamlakalardagi bu harakatlar xalqning qanday kuchga ega ekanligini 
ko`rsatdi va ko`p o`tmay gerb qonunining bekor qilinishiga kattagina yordam berdi. 
Mustamlakalar vakillari kongressni chaqirish to`g’risida qaror qabul qilishdi. 
Gubernatorning taqiqlashiga qaramay kongress 1675 yil 7 oktyabrda N`yu-Yorkda 
ochildi. 
Yuqori tabaqalar petitsiya bilan murojaat qilib, hech narsaga erishib 
bo`lmasligini ma`lum qildi. Oktyabr oyi oxirlarida ingliz tovarlari butun 
mustamlakalarga yoyildi. Metropoliya burjuaziyasi mustamlaka bozorlaridan mahrum 
bo’lib qolishdan qo`rqib mustamlakalar bilan bo`lgan nizoni tezroq bartaraf qilinishini 
talab qildilar. 1766 yil martida gerb solig’i to`g’risidagi qonun bekor qilindi. 
Ammo shu bilan ingliz parlamenti ilgarigi qonunlarga asosan mustamlakalarga 
soliq solish huquqi saqlab qolganligi qayd qilindi. qo`shinlarni joylashtirish qonuni va 
boshqa qonunlar kuchda qoldi. Tounshend qonuniga binoan 1767 yil bir qancha 
tovarlarga bojxona to`lovi joriy qilindi. To`lovdan tushgan daromad mansabdorlar va 
harbiy ma`murlarning ta`minotiga sarflanar, shu bilan ular kolonistlardan mustaqil 
bo`lib qolgan edilar. 
Jazo choralari kuchaytirilib g’alayonni bostirish va qo`zg’olonni oldini olish 
1768 yil Bostonga harbiy yordamchi kuchlari bilan to`la kemalar kirib keldi. So`ngra 
hukumat siyosiy jinoyatlarda ayblangan kolonistlarni Angliyaga olib ketib, o`sha 
yerda sud qilishni buyurdi, ma`murlarga qarshilik ko`rsatgan mustamlaka majlislari 
tarqatib yuborildi. 
Bu tadbirlarning hammasi kolonistlarning g’azabini oshirdi. Mustamlakalarda 
ko`pgina pamfletlar paydo bo`ldi. Mitinglar va maxfiy yig’ilishlar oddiy tusga kirib 
klublar va maxfiy jamiyatlarning faoliyati ancha jonlandi. Vashington gubernatori 
tomonidan taqatib yuborilgan Virginiya majlisi ba`zi deputatlarning tashabbusi bilan 
ingliz tovarlariga bokot e`lon qildi. Ingliz tovarlarini Shimoliy mustamlakalariga olib 
kelib sotish 1768 yilgi 1363 funt sterlingdan, 1769 yilda 504 ming funt sterlingga 
tushib qoldi. 


Kolonistlar qo`shinining olib chiqib ketilishini, o`zlarining huquqlarini poymol 
qiluvchi qonunlarning bekor qilinishini talab qildilar. Parlament taushend qonuni 
bekor qilish bilan Yana qisman yon berishga majbur bo`ldi. Mustamlaka burjuaziyasi 
kurashning passiv metodlarini mahkam ushlab olgan edi va hukumatga qisman yon 
berish bilan qanoatlanishga rozi edi. Biroq mehnatkashlar harakati tobora inqilobiy tus 
olmoqda edi. 1763 yilda Shimoliy Korolinada tenglashtiruvchilar nomi bilan mashhur 
bo`lgan fermyerlar harakati boshlanib ketdi. 4 yil davom etgan bu kurash 
qatnashchilari qonga botirildi. 1768-1774 yilda Allegan shtatidagi fermyerlar ingliz 
harbiy kuchlariga ochiqdan – ochiq kurash olib bordilar. 
Sharqiy hududlarda ayniqsa Massachusetsda ishchilar, hunarmandlar va 
fermyerlar metropoliyaning faol tarafdorlarini ushlab olib, qattiq jazolay boshladilar. 
1768 yilda Massachusetsda oq tanli qullarning g’alayoni ko`tarildi. Qo`shinlar bilan 
to`qnashuvlar tez-tez bo`lib turdi. Bostonda 1775 yil 5 mart kuni aholi bilan 
to`qnashuvlar vaqtida askarlar 4 ishchini o`ldirdilar va 5 kishini yarador qildilar. 
O`ldirganlar orasida qochoq negr Attaks yuor edi. O`ldirilganlar dafn marosimi xalq 
namoyishiga aylanib ketdi. “Boston qotilligi” inqilobiy jarayonlarning rivojlanishiga 
turtki bo`ldi. Nihoyat inqilobiy vaziyat etilib kelmoqda edi. 
Inqilobning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari ishchilar, hunarmandlar va 
fermyerlar bo`lib, bular birgina mustaqillik uchun kurashmasdan, shuningdek 
iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy huquqlar uchun ham kurashdilar. Biroq xalq ommasi 
uyushmagan edi. Ommaning harakatlarga rahbarlik ishlarini yirik burjuaziya bilan 
quldorlar o`z qo`llariga olgan edilar, ular o`z navbatida xalq inqilobidan qo`rqar, toji-
taxt bilan kelishib qo`ya qolmoqchi edilar. Ularning maqsadi metropoliyaning 
hukumron sinflari ega bo`lgan huquqlarga ega bo`lish edi, xolos. 
Metropoliyaning murosasizligi hamda xalqning ishchilar, hunarmandlar va 
fermyerlarning avj olib ketgan qurolli kurashi ostida sinfiy kuchlar tobora tabaqalarga 
bo`linib ketayotgan edi. Quldorla, yirik burjuaziya, ruhoniylarning bir qismi ommaviy 
harakatlarni keng quloch yoyib ketayotganligidan qo`rqib ketib, royalistlar lagerga 
o`tib ketdi va qirol tomonda turib kurashdi. 
Biroq ikkilanish va og’ishlar yo`lini bosib o`tgan burjuaziyaning bir qismi har 
holda metropoliyaga qarshi kurashga boshchilik qildi, ammo xalq harakatini keng 
quloch yoymasligiga tirishdi. 
Xalqdan qo`rqib qolgan bu burjuaziya ommadan o`z manfaati yo`lida 
foydalanib, o`zining cheksiz hukumronligini o`rnatish uchun payt poylar edi. 1775 yil 
9 mayda Filodelfiyada ochilgan ikkinchi kontinental kongresda hukumron guruh 
burjuaziya va plantatorlar vakillari, ya`ni mo``tadillar bo`lib ular Vashington Radolf
T.Jefferson, P.Genri, S.Adams va boshqalar edilar. Bular yangi burjuaziya 


demokratlarning o`z tashkilotlari ham yo`q edi, ular o`zaro kelishmasdan ish ko`rar 
edilar. Shunga qaramay, kongress ularning tashabbusisiz to`plangan armiyani vaziyat 
ostida o`z qaramog’iga olib, Jorj Vashingtonni bosh qo`mondon bo`lib tayinladi. 
J.Vashington (1732-1799) Virginiyalik senatorlarning boy aristokrat oilasidan 
chiqqan ma`lumotli kishi edi. Uning akalari Ogayo er kompaniyasiga boshchilik qilar, 
bu kompaniya 18 yashar Jorjni dastlab er o`lchovchi qilib tayinlagan edi. Bu yerda u 
yigitlik chog’idayoq hindular bilan bo`lgan to`qnashuvlarda ko`ngilli askarlar 
ko`mondoni sifatida, 1754-1756 yillarda uncha katta bo`lmagan otryadlari bilan 
bo`lgan janglarda dong chiqargan edi. Vashington sof vijdonli g’ayratli va jasur kishi 
bo`lib, juda katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi. 
U kamgap, vazmin, o`zining hamkasblariga hamda qo`l ostidagi xodimlariga
talabchan, g’amxo`r va haqiqiy vatanparvar edi. 
Kongress umumiy armiya tuzish to`g’risida qaror qabul qilib, shu bilan bir 
vaqtda qirolga petitsiya yubordi. Petitsiyada kongress o`z sadoqatini ta`kidlagan va
barcha masalalarni tinch yo`l bilan hal qilishni so`ragan edi. 
Shuningdek, ingliz xalqiga qarata murojaat ham qabul qilgan edi. Angliya 
mustamlakalaridagi xalq bir-birovlari bilan urush olib borishga qarshi bo`lib, 
kolonistlar kurashiga xayrixoxlik ko`rsatmoqda edilar. Ularni mustamlakalaridagina 
emas, balki, Angliyaning o`zida ham hukum surib kelayotgan reaksiya va zulmga 
qarshi kurash zarurligini tushinish tuyg’usini birlashtirar edi. Angliya o`z qo`lida 
mustamlakalarni boe berishdan qo`rqan va mustamlakalar bilan savdoning keskin 
tushib ketganligi natijasida ziyon ko`rgan burjuazyaning ma`lum bir qismi, 
parlamentga yuborgan petitsiyalarida nizoni bartaraf qilishni keskin talab qilgan edi.
Angliya hukumati ushbu talablarni rad etib, mustamlakalarni isyon holatida deb 
e`lon qildi. Muntazam armiya 55 ming kishiga, flotning shaxsiy sostavi 28 ming 
kishiga yetkizildi. 
Ingliz burjuaziyasi hamma vaqt birovlvrning qo`li bilan urush qilishni yaxshi 
ko`rar edi. Nemis hukmronlari tomonidan Angliyaga sotilgan 29 ming nemis soldati
Amerikaga jo`natildi. Iingliz ma`murlari hindu qabilalarini va plantatorlar 
qaramog’idagi negirlarni kolonistlarga qarshi otlantirishga harakat qildi. Biroq hindu 
qabilalarining ko`pchilik qismi Angliya tomonida o`tib, Oneydo qabilasi 
qo`zg’olonchilarni qullab quvatladi, irokezlar esa o`zlarini betaraf deb e`lon qilgan 
bo`lsa, negirlarning ko`pchiligi inqilobning tarafdorlari edilar. 
Mustamlakalarda o`z tarafdorlarini ko`paytirish, qo`zg’olonchilar o`rtasida 
ixtilof chiqarish va ularning kuchlarini zaiflashtirish uchun inglizlar ig’vo qilish va 
pora berib o`ziga og’dirib olish usulini ishga soldilar.1775 yilning oxirlarida 20 
mingga yaqin royalistlar metropoliya tomonida turib urishdilar. Royalistlarning qurolli 


kurashga o`tishi va ko`pgina ruhoniylarning inqilobga qarshi tashviqoti avj oldirib 
yuborilganligi tufayli kongres 1776 yil 2 yanvarda ular ustidan nazorat qilishni 
mahalliy ma`murlar zimmasiga topshirishdi. Shundan so`ng ularni qurolsizlantirish 
(1776 yil mart) va mol mulkini musodara qilish (1777 yil noyabr`) to`g’risida qaror 
qabul qilindi. 
Mamlakatning deyarli hamma joylarida tuzilgan xafsizlik komitetlari bu qaror 
chiqishidan ilgariyoq royalistlarni qamoqqa olib, mol mulklarini musodara qila 
boshlagan edilar. 
Kongress singari kontinental armiya ham, payt poylash va mudofaa taktikasini 
qo`llayotgan edi. To`g’ri, Kanadani bosib olishga urinib ko`rildi, bu esa mustamlaka 
burjuaziyasinigg eng muhim siyosiy va strategik vazifasi edi. Biroq bu urinish to`la 
muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1776 yilning boshlarida Vashington, uning 
sustkashligidan juda ko`p norziliklar tug’ilganligi tufayli Bostonni olishga 
tayyorgarlik ko`rish boshlandi. Bostonni qamal qilish uchun armiyaning barcha asosiy 
kuchlari bir joyga to`plandi va ingliz qo`shinlari Dorchestr tepaliklarini qo`lga 
kiritish yo`lidagi urinishlarni muvaffaqiyatsiz bo`lib chiqqanidan keyin 17 martda 
Bostonni tashlab chiqib ketdilar. Ingliz kemalariga qarshi qo`zg’olonchilarning qurolli 
qismlari jang qildilar, qo`lga tushirilgan qurollar va kiyim kechaklar qo`zg’olonchilar 
armiyasini ta`minlanishiga sarf qilinar edi. Mustamlaka qo`shinlari yomon 
qurollangan, arteleriya oz, ko`pincha eng zarur kiyim va oziq-ovqatlar etishmas edi. 
Sanoat urush talablariga tezda moslasha olmasa ham , lekin urushning borishida ancha 
yutuqlarga erishdi. Qishloq xo`jaligiga urush juda kam ta`sir qildi. Shunday bo`lsada 
ko`p joylarda ayniqsa, shaharlarda va janubiy mustamlakalarda qo`shinlar va xalq 
ochlikdan azob chekayotgan edi. Narxlarning oshib va chayqovchilikning misli 
ko`rilmagan darajada kuchayib ketganligi natijasida mehnatkashlar ommasining ahvoli 
og’ir edi. Burjuaziya va yirik er egalaridan iborat vatanparvarlar Amerika qog’oz 
pulidan ingliz tillasini afzal ko`rar, Amerika aholisi ochlikdan halok bo`layotgan bir 
paytda ingliz qo`shinlarini ta`min qilar edi. Vashingtonning o`zi 1775 yilda bunday
degan edi: Fuqarolik burchini, odamgarchilikni bu qadar unutib yuborish, bu qadar 
chayqovchilik, foyda olish uchun bu qadar hiyla ishlatish hollarini ... men hech qachon 
ko`rgan emasman. 
Vakolatli 
hukumatning 
va 
boshqaruvning 
markazlashtirilmaganligi, 
provinsializm ruhining va mustamlakalar o`rtasida ziddiyatlarining hukm surishi ham 
halokatli ta`sir ko`rsatdi. Mustamlakalar tamoman mustaqil bo`lib, ular qo`shinlar 
ta`minotini tashkil etishlari kerak edi, lekin urush ularning territoriyalariga etib 
bormaguncha bu ishni qilishga shoshilmadilar. Barcha qiyinchiliklarni bartaraf qilib va 
engib chiqish uchun birlashgan davlatlar barpo qilish kerak edi. Lekin bu uchun oldin 
mustaqillik e`lon qilinishi lozim edi. Keng xalq ommasining eng yaxshi ijtimoiy 


hayotga erishish yo`lidagi umidlarimustaqil respublika e`lon qilinishi bilan bog’liq edi. 
Xalqning va burjua demokratlarning mustaqillik haqidagi talablari klublarda va 
gazetalarda qat`iyroq qilishda 1776 yil yanvarida nashr etilgan va ikki oy ichida 120 
ming nusxa sotilib bo`lgan “Tetik fikr” degan pamflet katta rol` o`ynadi. Uning 
muallifi inqilobchi-demokrat T.Pein (1737-1809) Angliyada hunarmand oilasida 
tug’ilgan qobiliyati tufayli u mustaqil o`qish bilan kuchli publitsist va jamoat arbobi 
bo`lib etishgan shaxs edi. U demokratik respublika, yerni isloh qilish, qariganida va 
ishsiz qolganida yordam tariqasida beriladigan jamoat jamg'armasini yaratish g'oyasini 
himoya qilib chiqdi. Peyn 1774 yil noyabrida Franklin tavsiyasi bilan Filadelfiyaga 
kelib, Amerika xalqining ozodlikka erishish va mustaqillik e'lon qilinishi uchun olib 
borgan kurashida juda faol ishtirok etdi. Peyn Qo'shma Shtatlarning dastlabki 
diplomatlaridan biri edi, U 1775 yilning noyabridayoq Kongress tomonidan taʼsis 
etilgan Maxfiy komitet ( keyinchalik Chet ishlar komiteti) kotibi bo'lib ishladi. Keyin u 
demokrat general Nataniel Grinning adyutanti sifatida urush harakatlarida ishtirok etdi. 
Peyn hamma vaqt xalq bilan birga bo'ldi, mehnatkashlar ommasining ahvolini 
yaxshilash uchun, qattiq kurash olib bordi. Peyin keyinchalik fransuz burjua inqilobida 
qatnashdi. Peyn o'zining "inson huquqi", "Aql-idrok asri", "agrar masalada adolat" 
degan ajoyib asarlarida feodal tabaqa tuzumini va ingliz konsitutsion monarxiyasini 
keskin tanqid qildi. U cherkovni hamda jaholat parastlikni keskin tanqid qilib, inqilob 
Aql-idrokining tantana qilishiga olib kelishi kerak, deb yozgan edi. Peyn va boshqa 
demokratlar Propaganda qilgan mustaqillik talabi rad qilib bo'lmaydigan talabga 
aylandi. Biroq har bir koloniyadan rasmiy bayonot olishga erishish masalasi hamon 
dolzarb bo'lib kelmoqda edi. Ikkinchi. Kontinental Kongress ilk bor yig'ilgan kundan 
keyin bir yil o'tgach, 1776 yilning 10 may kuni Angliyadan ajralishga chaqiruvchi 
qaror qabul qilindi va gap rasmiy bayonot chiqarishga taqaldi. 7 iyun kuni Verjeniyallk 
Richart Henri Li (Mazkur Qo'shma Koloniyalar, lozimiy ravishda ozod va mustaqil 
shtatlar) ekanligini e'lon qiluvchi qarorni muhokamaga qo'ydi. Rasmiy bayonotnoma 
tayyorlash uchun verjeniyalik Tomas Jefferson boshchiligidagi besh a'zodan iborat 
Komitet tayinlandi. 
Pein 1775 yilning noyabridayoq kongress tomonidan ta`sis etilgan maxfiy
komitet sekretari vazifasida ishlay boshladi. Keyin u demokrat general Nataniel 
Grinning yordamchisi sifatida urushda qatnashdi. Pein va boshqa demokratlar 
propganda qilgan mustaqillik talabi rad qilib bo`lmaydigan talabga aylandi. Kongress 
ikkilanib turganda Shimoliy Korolinada, Vtrginiyada va boshqa mustamlakalarda 1776 
yilning aprel-mayida mustaqillik e`lon qilindi. Mustamlakalar o`zlarini shtat deb e`lon 
qildilar. O`shanda kongress ham 1776 yilning mayida qaror qabul qilib, unda 
mustamlakalarga Angliya bilan aloqa bilan aloqani uzish tavsiya qilingan edi. 
Nihoyat, 1776 yilning iyunida kongress “Mustaqillik dekloratsiyasi” qabul qildi.
Dekloratsiya loyihasi burjua demokratik ruhda yozilgan edi, lekin u kongressning 


o`ng qism a`zolari tomonidan o`zgartirilib yuborildi. Munozara faqat mustaqillik 
ruhida emas, balki davlatning harakteri to`g’risida ham edi. Mustaqillik dekloratsiyasi 
kishilarga juda katta imkoniyat yaratib bergan hujjat edi. 
Demokratik ruhdagi bu dekloratsiya xalqning katta g’alabasi edi, chunki kurash 
avjiga chiqqan paytda xalq ommasi shu qadar dahshatli kuch ediki, kongress 
demokratlari ular bilan hisoblashishga majbur bo`ldilar. Inqilobning birinchi davri 
mustaqillik e`lon qilinishi bilan tugadi va yangi davr respublika davr boshlandi. 
Tarkibi bir qadar yangilangan kongress eshdi milliy ta`sis deb nomlandi. 
Konstitutsiyani ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish, soliq-
moliya masalasini va yana boshqa turli masalalarni hal qilish kerak edi. 1775 yilda 
mustamlakalarda 8 ming, 1781 yilda 56 ming ingliz qo`shini bor edi. Manbalarda 
aytilishicha, urush harakatlarida 30 minggacha kishi qatnashgan. Urush mobaynida 
Angliya Amerikaga hammasi bo`lib 90 mingga yaqin soldat yuborgan. O`z 
xo`jayinlari tomonidan sotilgan yollanma askarlarga ishonib bo`lmas edi. Biroq urush 
6 yilga cho`zilib ketdi. Nihoyat respublikada qulay xalqaro vaziyat vujudga kelganligi 
tufayli, qurollangan xalqning faollik ko`rsatishi, jumladan, partizanlar harakati tufayli 
g’alabaga erishdi. 1776 yil avgustida Bruklin yonidagi jangda Vashington armiyasi 
mag’lub bo`ldi. 15 sentyabrda Nyu-Yorkni, noyabrda bir nechta qal`ani topshirdi. 
Undan keyin Delaver daryosini ortiga chekindi. Ko`p amerkalik askarlar asir tushdi. 
Yil oxirida respublika tang ahvolga tushib qoldi. Ammo 1777 yilning boshlarida 
Vashington o`z mavqeini tiklab qolishga erishdi. Kongress Yorktaunga ko`chdi.
Burjua tarixchilari bu mag’lubiyatga general Li qilgan xiyonat sabab bo`lgan deb 
baholaydilar. Ammo g’alabaga inqilobiy yo`l bilan erishish mumkin edi. Chunki 
mo``tadil armiyaga xalq ishonmas edi. Ahvol keskinlashgan paytlrda xalqning o`zi 
mustaqil ravishda ish ko`rgan. Ingliz armiyasi Kanadadan o`tib N`yu-York shtati 
orqali hujum qilish vaqtida, respublika qo`shinlariga aristokrat Skviller ko`mondonlik 
qilgan edi. Shundan keyin ushbu qo`shin tarkibida jang qilishga ahd qilib, juda ko`p 
kishilar qo`shila boshladilar. Natijada 1777 yil 17 oktyabrda Saratog yonidagi jangda 
respublika qo`shinlari ingliz qo`shinlarini tor-mor keltirdilar. Bu g’alaba 
mamlakatning xalqaro ahvolini yaxshiladi va nihoyat 1783 yilda sulh tuzildi. Angliya 
AQShning mustaqilligini tan olishga majbur bo`ldi. 
Xalqni itoatgo`ylikda saqlash uchun Shimol kapitalistlari va Janub quldorlari 
markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, pul sistemasini va savdo to`g’risidagi 
qonunlarni tartibga solish, boylar mafaatlarini ko`zlab er uchastkalarini sotib olishni 
ta`minlash va G’arbdagi yangi yyerlarni bosib olish uchun bir qator hiyla nayranglar 
o`ylab topdilar. To`rt oy davom etgan munozaralardan keyin ishlab chiqilgan 
konstitutsiya AQSh tarixida muhim rol` o`ynadi. Bu konstitutsiyada inqilobning 
demokratik tendensiyalari o`z ifodasini topgan bo`lsada, Amerika xalqining takliflari 
o`z ifodasini topgan emas edi. Bu muhim tarixiy xujjat edi. 1787 yilgi konstitutsiyaga 


binoan AQSh federal davlatga aylandi. 1787 yili Ta`sis konventi AQSh
konstitutsiyasini qabul qildi, u davlat tizimi to`g’risidagi qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud prokuratura organlariga bo`linishi, ular o`rtasidagi bog’liq jihatdan 
amaliy ahamiyat kasb yetdi. Jorj Vashington AQShning birinchi prezidenti etib 
saylandi, o`sha davrning ulug’ siymolari T.Peyn, B.Franklin, T.Jefferson AQSh 
davlatini tashkil etish va uni idora qilish an`analarini shakllantirdilar. Xalq hal qiluvchi 
inqilobiy rol` o`ynadi. Mustaqillik uchun olib borilgan urush davrida demokratik 
elementlar kuchli bo`lsa-da, burjua inqilobi xarakteriga ega edi. Milliy davlatning 
barpo qilinishi feodal qoldiqlarning tugatilishi va majburiy mehnat sistemasining yo`q 
bo`lishi hamda qullikning man qilinishi xalqning manfaatlariga to`liq javob berar edi. 
Konfederatsiya Kongressning so'nggi qarorlaridan biri 1789 yilnning 4-mart 
kunini yangi hukumat vujudga keluvchi sana sifatida belgilab, birinchi prezident 
saylovlarini tayinlash bo'ldi. Davlatning yangi rahbari lavozimiga nomzod sifatida 
barchaning tilida bir ism- Jorj Vashington qaytarilar edi va u, 1789 yilning 30 aprelida 
yakdillik bilan prezident etib saylandi. O`sha davrdan boshlab har bir president 
qaytaruvchi so'zlarda -"Qo'shma Shtatlarning Konsitutsiyasini saqlash, himoyalash va 
muhofazalash" yo'lida Vashington prezidentlik burchlarini sharaf bilan va imkoni 
boricha a'lo ijro etishga tanatnavor va'da berdi.
Jorj Vashington mansabni egallaganida yangi Konsitutsiya va an'ana kuchi va na 
shakllangan ijtimoiy kunikmaga tayana olardi. Undan tashqari yangi hukumat o'z 
tizmasini barpo etishga majbur edi. Harbiy-dengiz qurolli kuchlarining faoliyati tuzgan 
edi. Kongress tez sur'atlar bilan Davlat va Xazna Departamentlarini barpo etib, Toms 
Jefferson va Aleksandr Hamintonni vazir etib tayinladi. Ayni paytda, Bosh Hakam va 
beshta yordamchi sudyalardan tarkib topgan Oliy sud hamda uchta okrug sudlari va un 
uch nohiya sudlarini ta'sis etish orqali Kongress federal sud tarmog'ini ham ta'sis etdi. 
Shuningdek, Mudofaa vaziri va Adliya vaziri ham tayinlandi. Jorj Vashington fikr 
mulohazalari qadr-qimmatli bo'lgan arboblar bilan maslahatlashib olgandan keyingina 
qaror qabul qilishni afzal ko'rgani tufayli, Kongress yaratishga qodir bo'lgan barcha 
Departamentlarning rahbarlaridan tarkib topgan Amerika prezidentining kabineti 
vujudga keldi. 
Ayni paytda, mamlakat sobit ravishda o'sib, Yevropadan keluvchi muhojirlar 
soni ham ortib bordi. Amerikaliklar g'arb tomon siljishdi: Yangi Angliyaliklar va 
Pensilvaniyaliklar Ohayo tomon ; Verjeniyaliklar va Karolinaliklar Kentukki va 
Tennessi tomon. Yaxshigina fermerlar arzimas narxga harid qilinardi; ishchi kuchiga 
talab baland edi. Nyu-York, Pensilvaniya va Verjeniyadan yuqoridagi boy vodiy 
yerlari tez fursatda bug'doy yetishtiruvchi o'lkan dalalarga aylandi. Ko'p anjomlar 
hamon uyda ishlab chiqilishiga qaramay, Sanoatlashtirish Inqilobi Amerika o'zra qanot 
yozmoqda edi. Massachusyets va Rot-Aylend tuqimachilik sanoatining poydevorini 


yaratdi; Konnektikut tunukadan yasalgan anjomlar va soatlar chiqara boshladi; Nyu-
York, Nyu-Jersi va Pensilvaniya qog'oz, shisha vat emir ishlab chiqardi. Kemasozlik 
shi qadar rivojlandiki, dengizlarda Qo'shma Shtatlar Britaniyadan so'ng ikkinchi 
o'ringa ko'tarildi. 1790 yildan oldinoq Amerika kemalari mo`yna sotish va ortga choy, 
ziravorlar va ipak olib kelish uchun Xitoyga yetib bordi.
O'lka rivoji uchun xavfli vaziyatda Vashingtonning oqilona rahbarligi hal 
etuvchi ahamiyat kasb etdi. U milliy hukumatni shaklladi, ilgarilaritaniya va Ispaniya 
qul ostida bo'lgan hududlarni o'zlashtirish uchun siyosiy yunalishlar ishlab chiqdi, 
shimoli-g'arbiy siljish chegarasini barqarorlashtirdi va uchta yangi shtatning tan 
olinishini nazorat etdi: 1791 yili Bermond ; 1792 yili Kentukki va 1796 yii Tennessi va 
nihoyatda, o'zining Vidolashuv Nutqida Vashington millatni "tashqi dunyoning 
harqanday qismi bilan muntazam ittifoqlar tuzisdan o'zini chetga tortmoq" borasida 
ogohlantirdi. Bu maslahat Amerika kelajak avlodlariningo'zga davlatlarga nisbatan 
mavqeyiga ta'sir o'tkazdi. 
Amerika tarixchilarining fikricha, ruy berayotgan barcha voqealarning asl 
mohiyati Angliya bilan olib borilgan urushda edi. Qo'shma Shtatlarning Angliyaga 
qarshi kurashini qiyinlashtirgan narsa Amerikaliklar o'rtasidagi "ajralish", ya'ni 
loyalistlarning Angliyaga qurolli madad berishda qatnashganligi esa o'sha voqealarga 
qo'shimcha yordam berib hizmat qilgan edi. Aslida Angliyaga qarshi mustaqillik 
uchun oliborilgan urush ayni vaqtda sinfiy, fuqarolar urushi ko'rinishiga ega bo'lgan 
inqilob edi. Amerika loyalistlari mamlakat ichidagi asosiy inqilobchi kuch 
metropolyaning vakillari edilar. Loyalistlar bilan xalq o'rtasidagi fuqarolar urushi 
mustamlakalar bilan metropoliyaliklar o'rtasidagi urushning dastlabki kunlaridan 
boshlandi, lekin 1776 yilning yozidan, mustaqillik e'lon qilinganidan keyin urush 
ochiqroq tuz oldi. Britaniya armiyasi va floti saflarida 30 mingdan 50 minggacha 
loyalist bor edi. Bu vaqtda ingliz qushinlarining urush harakatlari maydoni asosan 
sohillar edi (yuqorida aytib o'tilganidek Burgoyinning Kanadadan ichki viloyatlar 
orqali Nyu-Yorkka yurishi butunlay barbod bo'lgan edi). Loyalistlar Britaniya 
qushiniga kirib, unga madadchi kuch sifatida faol yordam beribgina qolmay, balki 
ichki viloyatlarda o'zlari mustaqil harakat qildilar. Ular yullarida duch kelgan hamma 
narsani talab, o't quyar, bolalarni va keksalarni o'ldirar va azoblar edilar. 1778 yil 
iyulida Uayoming vohasida va noyabrda Cherrida loyalistlar butun aholida 
chavaqladilar, mol-mulkini batamom yondirib yubordilar. Ko'p shahar va qishloqlarni 
vayron qildilar. 

Download 122.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling