J. Manguberdi Vatanparvar siymo «O’tror voqyeasi»


Download 33 Kb.
bet1/2
Sana23.09.2023
Hajmi33 Kb.
#1685971
  1   2
Bog'liq
Jaloliddin Manguberdi Vatanparvar siymo


Navoiy Davlat Pedagogika Instituti


Pedagogika fakulteti

Mavzu: O
Bajardi: 2T- guruh talabasi
Xasanova Manzura
Tekshirdi:____________________



J. Manguberdi Vatanparvar siymo

«O’tror voqyeasi» va Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug’roning o’ldirilishi Chingizxonning Movarounnahrga bostirib kirishi uchun bohona bo’ldi. Chingizxonning Xorazm ustiga yurish qilishining yana bir sababi Shayx Najmiddin Kubroning muruti shayx Majiddin Bog’dodiyning Xorazmshoxning onasi tomonidan qastdan o’ldirilishi bo’ldi. Bu hujum shunchaki tartibsiz bosqin bo’lmay, avvaldan rejalashtirilgan vaxshiyona hujum edi. Unga Chingizxon katta ahamiyat berib puxta tayyorgarlik ko’rgan edi. Urush boshlanishida Xorazmshox qo’shinlari Mo’ng’ullardikiga nisbatan ko’p sonli edi. Ammo armiyani bir joyda to’plashdan qo’rqqan Sulton Muhammad uni tarqoq holda jangga tayyorladi, jang boshlanganda esa mudofaa taktikasini qo’llaydi. Bu Muhammadning jangdagi eng katta xatosi edi. U xatto sarkarda Shohobudin Xivakiyning «dushmanni o’zini o’nglab olmasdan to’satdan zarba berish kerak» - degan fikrini ham inobatga olmadi.


Oqibatda 615(1218 y) mung’ul jahongiri o’z o’g’illari Chig’atoy, O’qtoy va Jo’ji bilan birga 600 000 qo’shin bilan Xorazmshox ustiga yurish boshladi1[2]. Bu yurishda unga Uyg’ur xoni Edikut va Olmaliq hukumdori Sig’noq ham xamroh bo’ldi. Ular Farg’onadan o’tib O’tror ustiga yurish boshlaydi. Shu yerda Chingizxon armiyani to’rt qismga bo’ladi:
1. Chig’atoy va O’qtoy rahbarligidagi armiya O’trorni qamal qilib turish uchun qoldiriladi.
2. Jo’ji boshchiliq armiya Sirdaryo etagiga yuborilib Sig’noq, O’zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olish buyuriladi.
3. Besh ming kishilik armiyaga Oloqno’yon va Sintubuqa nomlarida sarkardalar Sirdaryoning o’ng sohili va Binkentni bosib olish uchun yuborildi.
4. Chingizxonning o’zi muntazam askarlari bilan O’rta Osiyoning markazi – Buxoroga qarshi harakat boshlaydi.
O’tror chegara qal’a bo’lib, uning noibi Inalxon qo’lida 50000 otliq qo’shin bor edi. Qal’ani mudofa qilish uchun Qoracha Hojib qo’mondonligida yana 10000 kishilik qo’shin keladi. Juvoyning ma’lumotlariga qaraganda shahardagi musulmonlar Mo’ng’ullar xujumidan sarosimaga tushadi. Shahar 5 oy davomida mudofaada bo’ladi. Ammo kuchlar nisbatan teng bo’lmaganligi sababli shahar taslim bo’ladi, Inalxon asir tushadi, O’qtoy uning quloqlariga kumush eritilib qo’yib Samarqanddagi Ko’ksaroy maydonida o’ldiriladi.
Chingizxon o’zining asosiy kuchlarini Buxoroga tashlaydi. Ular Sirdaryoning janubida joylashgan Zarinuq va Nur qal’asini jangsiz ishg’ol qiladi. Shu sababli mo’ng’ullar bu shaharga «Qutlug’ baliq» deb nom beradi.
1220 yil fevralida Chingizxon Buxoroga yetib keladi. Shaharda 20000 kishilik qo’shin bo’lib, unga Sevinchxon, Qo’shlixon va Ko’kxon boshchilik qilardi. Ikki o’rtada qonli jang bo’lib o’tdi. Buxoro ahli taslim bo’lishga majbur bo’ldi, Shahar yondirildi, 16 fevralda egallandi. Shahardan 30000 kishi mo’ng’ullar tomonidan o’ldirildi. Ilm va ma’rifat egalari, shayxlar qul qilib sotildi. Qozilar eshak va xachir boqishga majbur qilindi.
Buxorodan keyin navbat Samarqandga keldi. Bu ulug’ shaharni mudofaa qilish uchun 110000 qo’shin bor edi. Ularning 60000 turk va 50000 tojik edi. Ular qo’l ostida 20ta fil ham bor edi2[3].
Bu vaqtda shahar noibi To’g’ayxon edi. Ammo jangchilar o’rtasida birdamlik yo’q edi. Samarqandni bosib olish uchun Chingizxon O’trordan olib kelingan asirlardan foydalandi. Jang 3 kun davom etdi. Natijada To’g’ayxonning barcha qo’shinlari qirib tashlandi.
Mo’ng’ullar Samarqandni suv bilan ta’minlovchi «Qo’rg’oshinnova»ni buzib tashladi, shahar suvsiz qoldi. 50000 ga yaqin sog’ qolgan shaharliklar tashqariga olib chiqildi. Lekin ular kun botishi bilan qatil etildi. Shaharda qolgan 5000 aholi 20000 oltin tanga to’lash sharti bilan ularni aybi kechirildi. Shunday qilib butun Movarouannaxr mo’ng’ullar tomonidan bosib olindi.
Chingizxonning yaqinlashib kelayotganligini eshitgan Sulton Muhammad Jayxun orqali Xurosonga qochadi. Keyin u Rayga so’ngra Mozondoronning o’tib bo’lmas tog’lari orqali xozirgi Astrobod shahriga keladi. Keyinchalik Kaspiy dengizining janubidagi bir orolchaga borib joylashadi va u yerda hor-zorlikda, g’ariblikda zotiljam kasali bilan o’ladi.
1220 yil aprelda Samarqand taslim bo’lgach mo’ng’ullar Sig’noq, O’zgan, Jandga qarshi hujum boshlaydi. Lekin bu shaharlar tezda taslim bo’ladi. Endi navbat Sirdaryo bo’yidagi Binokat va Xo’jand shahriga yetib keladi.

4 kunlik mudofadan so’ng Elatxu Malik rahbarligidagi Binokot shahri taslim bo’ladi. Navbat Temur Malik rahbarligidagi Xo’jandga keladi. Xo’jand mudofasida Temur Malik qahramonlik namunalarini ko’rsatadi. Ammo kuchlar nisbatining teng emasligi jang qilish befoyda ekanligini tushungan Temur Malik 12 ta qayiq yasattirib o’zining barcha oziq-ovqat va qurol yarog’larini 70 ta kemaga yuklatib Urganchga shoshiladi. Bu davrda mo’ng’ullar Nasaf va Termiz shaharlarini egallaydi. Chingizxon endi asosiy kuchlarni Xorazmning markaziga tashlaydi. Bu yerning himoyasi bilan Jaloliddin Manguberdi shug’ullanadi. Lekin Urganch mudofasida Jand noibi Qochqin Qutlug’xon xalaqit beradi. U Jaloliddinga qarshi fitna uyushtiradi. Natijada Jaloliddin Xurosonga ketishga majbur bo’ladi. Urganch mudofasi bilan shug’ullanib qolgan shaxzodalar Uzloqshox va Oq shoxlar ham Urganchni tark etib poytaxtdan qochadi.

Amalparast amir Xumor Takin esa shahar darvozalarini dushmanga ochib beradi. Poytaxt ichidagi janglarda o’z zamonasining buyuk allomasi shayx Najmiddin Kubro «Yo atan, sharofatli o’lim» shiori bilan mo’nullarga qarshi kurashadi va qahramonlarcha o’ladi. Shahar bosib olinadi. U suvga bostiriladi.
Mo’ng’ullarga qarshi kurash olib borgan oxirgi Xorazmshoxlar vakili Jaloliddin Manguberdi edi. U Mo’ng’ullarga qarshi 11 marta jang olib borib mag’lubiyat nimaligini bilmagan buyuk vatanparvar edi.

Mo’g’ul qo’shinining eng atoqli lashkarboshilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. U Parvona dashtidagi jangda mug’ul lashkarboshisi Shiki-Xutuhu No’yon boshliq 45000 qo’shinni mag’lub etadi. Jaloliddin jangda yangi harbiy taktikani qo’llaydi ya’ni dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini.
Mo’ng’ullarning bu mag’lubiyati ularni esankiratib qo’yadi. Chunki ular shu vaqtgacha mag’lubiyat nimaligini bilmagan. Bu mag’lubiyatdan keyin barcha harbiy harakatlarni endi Chingizxon o’z qo’liga olishga majbur bo’ladi. Afsuski bu vatanparvarning halq oldidagi xizmati Sovet tarixshunosligida noto’g’ri talqin etilgan. Xatto M.Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» dramasidagi bosh qahramon obrazi nihoyatda ideallashtirilgan – deb ayb qo’yilib sahna yuzini ko’rmagan.
O’zbekiston Mustaqilligi tufayli Jaloliddin Manguberdi siymosi qaytadan tiklanmoqda. Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 24 sentyabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud to’yi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib utildi.
1999 yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi Xorazmda keng nishonlandi. Unda ishtirok etgan yurtboshimiz Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga yuqori baho berdi: «G’anim oldida bosh egmagan, tiz cho’kmagan, Vatan deb halok bo’lgan» milliy qaxramonimizga halqimizning ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi bo’lib qoldi.
Jaloliddinning Parvona dashtidagi g’alabasi unga qimmatga tushdi. G’alabadan so’ng olingan o’ljani taqsimlashda uning lashkarboshilari Sayfutdin Ug’roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar o’rtasida nizo kelib chiqadi. Sulton Jaloliddinning kuchi ancha zaiflashadi. Chunki Sayfutdin Ug’roq o’zining 30000 kishilik askari bilan ketib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G’aznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Hind daryosi sohillariga chekinadi.

Daryo bo’yida 1221 yilning noyabrida qattiq jang bo’lib o’tadi. Chingizxon Hind daryosiga yaqinlashganda Jaloliddin keyingi kuni daryoni kechib o’tmoqchi ekanligini eshitib shu kechaning o’zidayoq daryoning kechuv yo’lini to’sdi. U Sulton qo’shinining orqadigi qismiga yetib olib uni tor-mor qildi. «Sulton Jaloliddin bin Sulton Muxammad Xorazmshox - deb yozadi Mirzo Ulug’bek, - o’zini Suv va olov o’rtasida ko’rdi, chunonchi bir tarafida keskir qamchilar olov sochardi, boshqa tarafida esa qohur daryo turardi. Hyech bir tomondan chiqib ketishning iloji yo’q edi. Noiloj jangga kirishdi»3[4].
Kuchlar nisbati va jang qilish befoyda ekanligini tushungan Jaloliddin, oilasini mo’ng’ullar qo’liga asr tushishini istamaganligi uchun rafiqasi, onasi va bolalarini daryoga uloqtirib suvga g’arq qiladi, o’zi esa Hind daryosining narigi qirg’og’oga suzib o’tib ko’zdan g’oyib bo’ladi.
Uning qahramonligiga tan bergan Chingizxon Jaloliddinni taqib etishni man qiladi va o’g’illariga qarab «Ko’rdingiz! Bunday otaning o’g’li shunday bo’lishi kerak»4[5] -deb ta’kidlaydi. Jaloliddin mo’ng’ullarga qarshi kurashda kavkazda kuchli davlat barpo etmoqchi bo’ladi, ammo mahalliy hokimlar o’rtasidagi nizolar uning rejasini ro’yobga chiqishga to’sqinlik qiladi. Shunday qilib eng so’nggi Xorazmshoxning hukumdorligi shu tariqa 1231 yilning kech kuzida tugaydi. 140 yil xukumronlik qilgan buyuk Xorazmshoxlar davlati va uni boshqargan xonadon barham topadi.
Ma’ruzaning shu joyida ma’ruzachi mo’ng’ul istilochilarining muvaffaqiyatlarining sabablarini talabalarga tushuntirishi lozim. Unda Chingizxonning shaxsiy fazilatlari, mo’ng’ul halqining ijtimoiy ahvoli, urush arafasida Movarounnahr millatlarining xususiyatlari, ularning ijtimoiy siyosiy ahvoli yoritilsa maqsadga muvofiq bo’lardi.
Unda H.Vamberining yuqorida nomi zikr etilgan asaridan (29-30 betlar) foydalansa yaxshi bo’lardi.



Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling