Amaliy jismoniy tayyorgarlikni maqsadi, vazifasi va shakllari. Chqbt dasturi
Download 340.54 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqkurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va saytlar ro’yxati
Xulosa
Amaliy jismoniy tayyorgarlikni maqsadi , vazifalari va shakllarini yaxshi bilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, respublika yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi, «Nuroniy» jamg‘armasi, mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorlikda «Shunqorlar» harbiy sport o‘yinlarini o‘tkazib kelishmoqda. «Shunqorlar» musobaqasining asosiy maqsadlari yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga va harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorlash, ularda mardlik, qat’iyatlilik, kuch- g‘ayratni takomillashtirish, umuman olganda, sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan «Shunqorlar» musobaqalarida o‘rta maktab, gimnaziya, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining 19 yoshdan oshmagan, «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fanini o‘tagan o‘quvchilar ishtirok etadi. Har bir jamoada 12 nafar ishtirokchi bo‘lib, musobaqa tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi. Hozirda «Shunqorlar» harbiy sport o‘yini o‘z ramzi, madhiyasi va bayrog‘iga ega. Jamoalar, asosan, umumiy siyosiy tayyorgarlik, merganlik, saf ko‘rigi, harbiy varaqalar tanlovi, fuqarolar himoyasi va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, kross, yozgi biatlon bo‘yicha bellasha- dilar. Musobaqaning yakuniy respublika bosqichi har yilning may oyida o‘tkaziladi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Sohibqiron Amir Temurning chuqur ma’no-mazmunli iborasini qo‘llab: «Kimki bizning kuch-qudratimizni bilmoqchi bo‘lsa, o‘zbek pahlavonlarining jahon sport maydonlarida erishgan yutuq-zafarlariga e’tibor bersin, anglab olsin, deb bugun barala aytishimiz mumkin», degan edi. Amaliy jismoniy tayyorgarlikni o’quv muassasalarida tashkillashtirish, albatta, CHQBT dasturi asosida olib boriladi va uning maxsus nizomlari asosida bajariladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va saytlar ro’yxati 1.“Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o’qitish metodikasi”. Mirzaxamdamov U.A. Toshkent-2019. 2.”Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik”11-sinf darslik. Sh.Ubaydullayev, B.Gafurov, D,Ubaydullayeva. Toshkent-2018. 3.www.ziyonet.uz. 4.www.lex.uz. Download 340.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling