Amaliy jismoniy tayyorgarlikni maqsadi, vazifasi va shakllari. Chqbt dasturi


Download 340.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana01.04.2023
Hajmi340.54 Kb.
#1315837
1   2
Bog'liq
kurs ishi

Xulosa 
Amaliy jismoniy tayyorgarlikni maqsadi , vazifalari va shakllarini yaxshi bilgan 
holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni 
saqlash vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, respublika 
yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari 
Federatsiyasi, «Nuroniy» jamg‘armasi, mudofaaga ko‘maklashuvchi 
«Vatanparvar» tashkiloti, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorlikda 
«Shunqorlar» harbiy sport o‘yinlarini o‘tkazib kelishmoqda. «Shunqorlar» 
musobaqasining asosiy maqsadlari yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini 
shakllantirish, ularni Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga va harbiy bilim 
yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorlash, ularda mardlik, qat’iyatlilik, kuch- 
g‘ayratni takomillashtirish, umuman olganda, sog‘lom avlodni tarbiyalashga 
qaratilgan «Shunqorlar» musobaqalarida o‘rta maktab, gimnaziya, akademik 
litsey, kasb-hunar kollejlarining 19 yoshdan oshmagan, «Chaqiruvga qadar 
boshlang‘ich tayyorgarlik» fanini o‘tagan o‘quvchilar ishtirok etadi. 
Har bir jamoada 12 nafar ishtirokchi bo‘lib, musobaqa tuman, viloyat 
va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi. Hozirda «Shunqorlar» harbiy sport 
o‘yini o‘z ramzi, madhiyasi va bayrog‘iga ega. Jamoalar, asosan, umumiy siyosiy 
tayyorgarlik, merganlik, saf ko‘rigi, harbiy varaqalar tanlovi, fuqarolar himoyasi 
va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, kross, yozgi biatlon bo‘yicha bellasha- 
dilar. Musobaqaning yakuniy respublika bosqichi har yilning may oyida o‘tkaziladi 
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Sohibqiron Amir Temurning chuqur 
ma’no-mazmunli iborasini qo‘llab: «Kimki bizning kuch-qudratimizni 
bilmoqchi bo‘lsa, o‘zbek pahlavonlarining jahon sport maydonlarida erishgan 
yutuq-zafarlariga e’tibor bersin, anglab olsin, deb bugun barala aytishimiz 
mumkin», degan edi. Amaliy jismoniy tayyorgarlikni o’quv muassasalarida 
tashkillashtirish, albatta, CHQBT dasturi asosida olib boriladi va uning maxsus 
nizomlari asosida bajariladi. 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va saytlar ro’yxati 
1.“Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o’qitish 
metodikasi”. Mirzaxamdamov U.A. Toshkent-2019. 
2.”Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik”11-sinf darslik. 
Sh.Ubaydullayev, B.Gafurov, D,Ubaydullayeva. Toshkent-2018. 
3.www.ziyonet.uz. 
4.www.lex.uz. 

Download 340.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling