Amaliy mashg`ulot – 12 Mavzu: Desorbsiya jarayonini avtomatlashtirish Ishdan maqsad: Qisqacha nazariy ma`lumot
Download 264.59 Kb.
|
12-амалий ТЖА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funksional sxema
Amaliy mashg`ulot – 12 Mavzu: Desorbsiya jarayonini avtomatlashtirish Ishdan maqsad: Qisqacha nazariy ma`lumot Desorber qurilmasi: Desorbtsiya jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini tuzish va jarayonda nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish. Issiqlik almashinish qurilmasi, aralashma tarkibidagi gazni suyuqlik bilan isitish orqali ajratib olinadi, odatda haroratni oshirish bilan suyuqlik (to’yingan absorbent) tarkibidagi uchuvchi gazlar olinadi. Vertikal tsilindrik qurilma balandligi 19-20 m ni tashkil etadi, diametri esa 0,8 m, 25 ta tarelkasi bor, hamda kolonnaning yuqori qismida Rashig kolsalaridan yig’ilgan nasadkali qatlam mavjud. 1-rasm. Desorber qurilmasi. 1-Rashig kolsalaridan yig’ilgan nasadkali qatlam; 2-Tarelkalar. Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko’ra tasniflash maqsadga muvofiq.Avtomatik tizim elementlarining tarkibiga kiruvchi funksional bog’lanishni ifodalovchi sxema funksional sxema deb ataladi. Avtomatik tizimlar bir-birlari bilan ma'lum ketma-ketlikda bog’langan bo’lib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat.Mustaqil funksiyani avtomatik tizim tarkibining biror qismi avtomatika elementideyiladi. Bundan tashqari, shu avtomatik tizimni turli dinamik hususiyatlariga ega bo’lgan va bir- birlari bilan bog’langan sodda bug’inlar shaklida tasvirlash ham mumkin. Bu holda avtomatik tizimning sxema bo’g’inlarning bo’g’lanishini aks ettiradi va tizimning tuzilish sxemasi deyiladi. Funksional sxema avtomatlashtirishni tavsiflovchi, uning tarkibiy qismlari, ular orasidagi bog’lanishlar, tehnologik ob'ektni va uning avtomatlashtirish elementlari bo'lmish boshqarish, kuzatish, rostlash,himoya avtomatik sxemalari bilan ta'minlash chora-tadbirlarini ko'rsatib turuvchi texnik hujjatdir. Funksional sxema avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirishning boshlanishidir. Sxemada ob'ektning kuzatiladigan parametri va kuzatish o'rni; qo'llanadigan sezgich (datchik) va o'lchov asboblari; oraliqqa signal uzatish usuli (elektrik, inevmatik va gidravlik); ijrochi mehanizm va rostlash organi turlari, taqqoslovchi qurilmalari, uzib ulagichlar, ijrochi mexanizmlar, boshqarish apparatlari, markazlashtirilgan kuzatuv va boshqarish mashinalari (EXM), telemexanika qurilmalari, himoya va hisoblash elementlari ko'rsatiladi. Yordamchi qurilmalar, filtrlar; reduktorlar, ta'minlash manbalari, rele, magnitli ishga tushirgichlar, avtomatlar, saqlagichlar, manba zanjirlarining uzgichlari va boshqalar funksional sxemada ko'rcatilmasligi ham mumkin. Download 264.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling