Talabaning kollokvium topshirishi uchun topshiriqlar:
1.Talaba uslubiy kо‘rsatmada berilgan ma’lumotlar va chizmalarni daftariga qad etgan bо‘lishi;
2.Ozuqa muhiti tayyorlashni bilishi va amalda kо‘rsatib berishi;
3.Ozuqa tarkibidagi glyukoza miqdorini fotokolometrik usulda aniqlay bilish;
4.Ekuv materialidagi produsentlar miqdorini mikroskopik nazorat qila olishi;
5.Kultural suyuqlikdagi glyukoza miqdori va mikroorganizmlar sonini hisoblab borishni amalga
oshirishi va olingan natijalar asosida yuqrida berilgan jadvalni tо‘ldirishlari lozim.
Mavzu bo’yicha muloqot treningi
Trening «Muloqot» Ushbu trening o’quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o’z
fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda baxslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan
bo’lib, odatda bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichik guruxlarga bo’lgan guruxlarga bo’lgan holda
o’tkaziladi.
Maqsad: Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga
bo’lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to’g’ri xulosa
chiqarishlariga yordam berish, erkin holda baxslashishlariga sharoit yaratish.
O’tkazilish tartibi.Trener mashg’ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, baxs-munozarani
o’tkazishga qo’yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so’ngra ushbu trening bochqichma-bosqich
o’tkazilishini tushuntiradi