Amaliy mashg’ulot- 2 Mavzu: Oziqa muxitlar va ularni tayyorlash. Mashg'ulot uslubi: «Trening muloqot»
Download 325.41 Kb. Pdf ko'rish
|
2-AMALIY MASHGULOT-2
AMALIY MASHG’ULOT- 2 Mavzu: Oziqa muxitlar va ularni tayyorlash. Mashg'ulot uslubi: «Trening muloqot» pedogogik texnologiyasi Mashg‘ulot maqsadi: talabalarga oziqa muxitlari ularning turlari va tayyorlanish texnologiyasi haqida ma'lumot berish Mikrobiologik ishlab chiqarishda oziqa muhiti tayyorlash uchun turli xil mahsulotlar (mineral, о‘simlik va hayvonlar ishlab chiqargan) va kimyoviy yо‘llar bilan olingan sintetik kо‘rinishidagi mahsulotlar qо‘llaniladi. Bu mahsulotlar (ular xom ashyo deb ataladi) dan oziqa muhiti tarkibi tashkil etiladi, unda turli xil zararli aralashmalar bо‘lmasligi, ishlatilishi qulay hamda tannarxi qimmat bо‘lmasligi zarur. Barcha turdagi xom ashyolar davlat standarti talablariga mos kelishi shart. Murakkab tabiiy mahsulotlar yoki ishlab chiqarishning qoldiq mahsulot xom ashyolari, oziqa muhiti sifatida foydalanilishidan oldin qat’iy ravishda biokimyoviy tekshirishlardan о‘tkazilishi lozim. Asosiy xom ashyo turlari bilan tanishib chiqamiz.
Oziqa muhiti tayyorlash uchun suvlar vodoprovod, artezan yoki ochiq suv havzalaridan olinib, qayta ishlangandan sо‘nggina foydalaniladi. Suv biologik toza, rangsiz, hidsiz va qoldiqlarsiz bо‘lishi lozim. Suvning quruq qoldig‘i 1000 mg/l dan, umumiy qattiqligi esa 7 mg-yekv/l dan oshmasligi kerak. Suvning о‘ta darajada qattiqligi mikroorganizmlar о‘sishini sekinlashtiradi. Suvning tarkibidagi zararli aralashmalar quyida keltirilgan kо‘rsatkichlardan oshmasligi lozim, mg/l: Qо‘rg’oshin 0,1 Mishyak
0,05 Ftor
1,5 Rux
5,0 Mis
3,0
Mikroorganizmlarning umumiy soni 1 ml suvda 100 dan oshmasligi shart. Mikrobiologik ishlab chiqarishda suvdan nafaqat oziqa muhiti tayyorlashda, balki sovutish va uskunalarni yuvish uchun ham foydalaniladi. Mikrobiologik ishlab chiqarish katta miqdordagi toza suvni talab qiladi. Masalan, non mahsulotlari achitqilari ishlab chiqarishda, 1 tonna achitqi olish uchun 150 180 m 3 suv sarflanadi. Download 325.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling