Amaliy mashg’ulot- 2 Mavzu: Oziqa muxitlar va ularni tayyorlash. Mashg'ulot uslubi: «Trening muloqot»
Download 325.41 Kb. Pdf ko'rish
|
2-AMALIY MASHGULOT-2
Kraxmal C
6 N 10 O 5
о‘zida polisaxaridlar aralashmasini namoyon qilib, о‘simliklarda don kо‘rinishida bо‘ladi (о‘simliklarning zahira uglevodlari). Sanoat asosida kartoshka va makkajо‘xoridan olinadi. Mikroorganizmlar fermentlari ta’sirida kraxmal glyukozagacha gidrolizlanadi. Kraxmalda kul saqlashi navga bog‘liq holda (oliy I, II, III) 0,35-1,2 % gacha о‘zgarib turadi. Gidrol kraxmal qiyomi ishlab chiqarishning standart bо‘lmagan mahsuloti hisoblanadi. О‘zida hidli quyuq qoramtir sharbatni mujassamlashtiradi. Quruq modda hisobida 70% atrofida redutsirlovchi mahsulot, shuningdek, texnik mahsulotlari 50% gacha shakar saqlaydi. Gidrol shakarlari asosan glyukozadan iborat. Glyukozadan tashqari quruq modda mahsuloti massasiga nisbatan 18% о‘zlashtirilmaydigan shakarlar saqlaydi. Shuningdek, о‘zida parchalanmagan kraxmal va glyukoza polimerizatsiyasini namayon etadi. Gidrolning boshqa uglevodlari tо‘liq identifikatsiya qilinmagan. Kraxmal gidrolizida uglevodlardan tashqari ba’zi bir organik kislotalar miqdorini ham hosil bо‘lgan qiladi. Gidrol pH kо‘rsatkichi (faol kislotalik) taxminan 4,0 ga teng, kul 6% dan kо‘proq bо‘ladi. Kullarning asosiy qismini - natriy xlorid, fosfor, magniy, temir tashkil etib, boshqa elementlar gidrolda minimal miqdorda bо‘ladi.
shakar ishlab chiqarishda, shakarning ikkinchi kristallizatsiyalanishidan qolgan standart bо‘lmagan qoldiq mahsulotdir. Rangi - qoramtir jigar rangda bо‘lib, zichligi 1,35 1,40 g/sm 3 ni tashkil etadi. Melassa 61 68 % quruq mahsulot, 40 55% saxarozalar saqlaydi. Bundan tashqari unda 0,5 2,0%
invertli shakar va 0,5 2,5% rafinozalar mavjud. Shuningdek, melassada mikroorganizmlar foydalana olmaydigan uchinchi qismi betain shaklida bо‘lgan 1,1 1,5% azot saqlaydi. Melassa tarkibidan kо‘pgina aminokislotalar (asparagin, glutamin kislotalar, leysin, izoleysin, tirozin) va V guruhi vitaminlari (biotin, tiamin, riboflavin, inozit, nikotin va pantoten kislotalar) chiqadi. Asosan biotin yuqori darajada bо‘ladi (80 mg/t). Melassa kularida kaliy (30 40%), magniy (1,5 4,5%), kalsiy (14% gacha), temir va boshqa elementlari kо‘proq, bularga nisbatan fosfor kamroq bо‘ladi.
Download 325.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling