Amaliy mashg’ulot № mavzu: Metallarga bosim ostida ishlov berish asoslari Topshiriq
Download 29.7 Kb.
|
1 2
Bog'liqАмалий машгулот №1
- Bu sahifa navigatsiya:
- IShNING TAVSIFI 1. Nazariy qismni o‘rganing va tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanib, quyida shakli keltirilgan jadvalni to‘ldiring. 1‑jadval.
- HISOBOT TARKIBI
NAZORAT SAVOLLARI
1. Metallni prokatlash sxemasini chizing. 2. Prokat ishlab chiqarishning asosiy va yordamchi jihozlarini tavsiflang. 3. Valiklarni kalibrlash deganda nimani tushunasiz? 4. Prokatlash dastgohlari qaysi belgilari bo‘yicha tavsiflanadi? 5. Listlar va profillarni prokatlash tartibini tushuntiring. 6. Choksiz va payvandli quvurlarni prokatlash to‘g‘risida gapirib bering. 7. To‘g‘ri va teskari usullar bilan presslash jarayonining mohiyatini bayon qiling. 8. Preslashdagi asosiy asbob va jihozlar. 9. Presslash jarayoni texnologiyasi. 10. Presslash mahsuloti. 11. Metallga bosim ostida ishlov berish usullaridan biri sifatida presslashning afzalligi va kamchiliklari qaysilar? 12. Kiryalash jarayonining mohiyati va xususiyatlari. 13. Kiryalash dastgohlarining sxemalari va ishlash prinsiplari. 14. Kiryalash mahsulotlari. 15. Erkin bolg‘alash jarayonining mohiyatini izohlang. 16. Bolg‘alashda tayyorlanma bo‘lib nima hisoblanadi? 17. Erkin bolg‘alashdagi asosiy operatsiyalar qaysilar va bunda qanaqa asbob qo‘llaniladi? 18. Bolg‘alash va shtamplashni solishtiring. Ishlov berishning qaysi turi istiqbolli va nima uchun? 19. Issiqlayin hajmiy shtamplash texnologik jarayonining asosiy bosqichlarini tavsiflang. 20. Hajmiy shtamplashdagi boshlang‘ich tayyorlanmalar qanaqa bo‘ladi? 21. Ochiq va yopiq shtamplarda hajmiy shtamplashning afzalligi va kamchiliklarini solishtiring. 22. Sovuqlayin hajmiy shtamplashning operatsiyalari sxemalarini chizing. 23. Listli shtamplashda boshlang‘ich tayyorlanma va mahsulot bo‘lib nima hisoblanadi? 24. Listli shtamplashning qanaqa operatsiyalarini bilasiz? IShNING TAVSIFI 1. Nazariy qismni o‘rganing va tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanib, quyida shakli keltirilgan jadvalni to‘ldiring. 1‑jadval. Metallarni bosim bilan ishlov berish
2. Detalning taklif etilgan eskizi bo‘yicha berilgan mahsulotni olish uchun tayyorlanmani va bosim bilan ishlov berish usulini tanlang. Mexanik ishlov berishda quyimlarni e’tiborga olmaslik mumkin. 3. Asbob tanlang va tanlangan metallni bosim bilan ishlov berish usulining texnologiyasini tavsiflang va uni zaruriy sxemalar va tushuntirishlar bilan to‘ldiring. HISOBOT TARKIBI 1. 1‑jadvalni to‘ldiring. 2. Topshiriq bilan mos ravishda mahsulot olish uchun jihoz turi, asbob va tayyorlanma geometriyasini tavsiflovchi zaruriy rasmlarni keltirgan holda metallni bosim bilan ishlov berishning tanlangan usulini tavsiflang. 3. Ishni bajarishda duch keladigan yangi maxsus atamalarni aniqlashni lug‘at ko‘rinishida ifodalang. Download 29.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling