Amaliy mashg’ulot №1. Kimyoning asosiy tushuncha va qunulariga doir masalalar yechish 1-masala


Download 31.91 Kb.
bet3/3
Sana29.01.2023
Hajmi31.91 Kb.
#1138012
1   2   3
Bog'liq
Amaliy. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari

9-masala. Elektronlar soni bir xil bo’lgan karbonat angidrit va metan aralashmasinig geliyga nisbatan zichligini aniqlang?
CO2 elektronlar soniga CH4 ning elektron sonini tenglashtiramiz yoki aksincha
CO2 e- = 6 + 8 ∙ 2 = 22 mol CH4 e- = 6 + 1 ∙ 4 = 10 mol
22/10 = 2,2 ya’ni 1mol CO2 = 2,2mol CH4
e- = 1∙ 22 = 22 2,2 ∙ 10 = 22
1mol CO2 = 2,2 mol CH4
m (aralashma) = 1 ∙ 44 + 2,2 ∙ 16 = 44 + 35,2 = 79,2 g
79,2 g aralashma ----------- 3,2 mol (1+2,2) bo’lsa
x g aralashma ------------- 1 mol keladi x = 24,75 g aralashma
D(He) = Mr(aralashma) / Mr(He) = 24,75 / 4 = 6,19
9-masala. K2SO4∙Fe2(SO4)3∙xH2O tarkibli kristallogidrat tarkibida 60% kislorod bo’lsa x ni aniqlang?
100% 60%
K2SO4∙Fe2(SO4)3∙xH2O → (16+1x)O
547 + 18x 256 + 16x
100(256 + 16x) = 60(547 + 18x)
25600 + 1600x = 34440 + 1080x
1600x – 1080x = 34440 – 25600
520x = 8840; x= 17
K2SO4∙Fe2(SO4)3∙17H2O
10-masala. Vodorod va kisloroddan iborat aralashmaninig geliyga nisbatan zichligi qancha bo’lganda aralashma tarkibidagi kislorodning massa ulushi vodorodning hajmiy ulushiga teng bo’ladi?
1mol H2 va x mol O2
1/1+x = 32x/ 2+32x
2+32x = 32x+32x2
2 = 32x2; x2 = 2/32
x2 = 0,0625; x=0,25
1mol H2 va 0,25 molO2
Mr(o’tacha) = Mr(H2)∙n(H2) + Mr(O2)∙n(O2) /n+n = 2∙1+32∙0,25/1+0,25= 8 g/mol
D(He) = Mr(o’rtacha)/4 = 8/4 = 2
Mustaqil ishlash uchun masalalar.
1. Tarkibida 40% kislorod bo’lgan II valentli metall oksiddagi metallning molyar massasi va nomini aniqlang? (24, Mg)
2. Massasi 15g bo’lgan modda yonganda 2,8g azot, 17,6g karbonat angidrid va 9g suv hosil bo’ldi. Boshlang’ich moddalar qaysi elementlar atomlaridan tashkil topgan? (C,H,N,O)
3. Reaksiya unumi 75% bo’lgan sharoitda 4 mol kaliy permanganat parchalanganda necha litr (n.sh.da) gaz ajraladi? (59,73 l)
4. Glauber tuzi deb ataladigan tuz Na2SO4 ∙ nH2O tarkibida Natriyning massa ulushi 16,08% ga teng. Kristallogidrat tarkibidagi n sonini toping? (8)
5. Temir III sulfat kristallogidrati tarkibida oltingugurt bilan temirning massa ulushi 0,37 ga teng. n ning qiymatini toping? (9)
6. Alyuminiy nitrat kristalogidrati (Al(NO3)3⋅nH2O) tarkibida kislorodning massa ulushi 75,52% ga tеng bo‘lsa, n qiymati nеchaga tеng bo‘ladi. (7)
7. Metall va sulfat ionidan tarkib topgan kristallogidrat tarkibida 2,4% vodorod va 57,6% kislorod borligi ma’lum bo’lganda, metallni aniqlang. (Cr)
8. Metall va sulfat ionidan iborat o’rta tuz kristallogidrat tarkibida 5,4% vodorod va 72% kislorod borligi ma’lum bo’lganda, shu kristallogidratning 0,2 molini massasini toping. (133,2)
9. Mis kuporosi va kristall soda aralashmasi tarkibida 41,4% suv bo’lsa, aralashma tarkibidagi sulfat ionining massa ulushini (%) hisoblang. (30,72)
10. Temir va mis kuporoslari aralashmasi tarkibida 39,2% suv bo’lsa, aralashma tarkibidagi temir(II) sulfatning massa ulushini (%) hisoblang. (19,4)
11. Tarkibida massa bo’yicha 38,71% Me, 20% P va 41,29% O bo’lgan modda formulasini aniqlamg. (Ca3(PO4)2)
12. Tarkibida massa bo’yicha 30,03% Me, 24,93% P va 45,04% O bo’lgan modda formulasini aniqlamg. (Fe4(P2O7)3)
13. Massa va hajmlari bir xil bo’lgan 3 ta idish gazlar bilan to’ldirilgan. 1-idishda brom, 2-idishda xlor, 3- idish tarkibida 20% (hajm bo’yicha) SO2 saqlagan SO2 va noma’lum gaz aralashmasi bilan tuldirilgan. Idishlarning massalari mos ravishda 158; 86,8; 85,68g ga teng bo’lsa, noma’lum gazning molekulyar massasini aniqlang? (80)
14. Molekular massalari teng bo’lgan Na2SO4·nH2O va YSO4·5H2O kristallogidratlarida vodorod atomlar soni kislarod atomlari sonidan 1,806·1024 taga ko’p bo’lsa Y ni toping . (Cu)
15. Molekular massalari teng bo’lgan X2SO4·nH2O va CuSO4·mH2O kristallogidratlarida kislarod atomlari soni 1,1438·1025 ta, vodorod atomlar soni esa kislorod atomlari sonidan 1,806·1024 taga ko’p bo’lsa. Y ni toping.
Download 31.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling