Amaliy mashg’ulot-1 Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari, oksidlar, kislotalar, gidroksidlar, tuzlar. Modda, oddiy va murakkab moddalar Tabiiy fanlardagi «Jismlar, moddalar va tabiat hodisalari»


Download 80.77 Kb.
bet3/6
Sana27.02.2023
Hajmi80.77 Kb.
#1235346
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyo amliy 1

1 – mashq. Qoramtir – pushti rangli kaliy permanganat tuzi kristallari suvda eritilib tomoqni chayqash, yaralarni yuvish uchun qo’llanishini bilamiz. Demak, bu qattiq modda suvda eritilganda uning zarrachalari (molekulalari) butun eritma hajmiga tarqalib, uni pushti rangga boyaydi. Shu eritmani sekin bug’latib, qaytadan qattiq modda olish mumkin. Tuz eriganda uning molekulasi boshqa modda molekulasiga aylanmaydi.
Bunday tajribani osh tuzi va shakar bilan ham o’tkazish mumkin. Xulosa qilib aytganda: Moddaning xossalarini o’zida saqlaydigan uning eng mayda zarrachasi molekula deyiladi. Fizikaviy hodisalar paytida modda molekulasi o’z xossalarini saqlab qoladi, chunki u boshqa moddaga aylanmaydi.
Atom tushunchasini izohlash uchun oddiy bir suv parchalanishini misol olsak bo’ladi.
2– mashq. Suv molekulasi elektr toki ta’sirida parchalanganda dastlab kislorod va vodorod atomlari hosil bo’ladi. Ammo hosil bo’lgan ikkita bir xil atomlar darhol o’zaro birikib, vodorod bilan kislorod molekulalarini hosil qiladi. Kislorod bilan vodorod atomlari kimyoviy reaksiyalar paytida o’zidan kichikroq zarrachalarga bo’linmaydi.
Atom – moddalarning kimyoviy jihatdan bo’linmaydigan va barcha kimyoviy xossalarini o’zida saqlaydigan kimyoviy elementning eng mayda zarrachasidir.
Shunday qilib, atomlar kimyoviy reaksiyalar paytida boshqa atomga aylanmaydi. Yadro reaksiyalari deb nomlangan reaksiyalar paytida esa bir xil atom boshqa xil atomga aylanishi mumkin.
Shuningdek ingliz kimyogari Robert Boyl fanga birinchi bor “Kimyoviy element” tushunchasini kiritdi. R.Boylning fikriga ko’ra kimyoviy element moddaning shunday tarkibiy qismiki, uni kimyoviy reaksiyalar paytida yana ham kichikroq oddiy moddalarga parchalab bo’lmaydi.
Keyinchalik boshqa ingliz olimi J.Dalton kimyoviy element atomlarning ma’lum bir turi, bir element atomlari bir xil bo’ladi, har xil elementlarining atomlari massasi jiharidan bir-biridan farq qiladi. Degan xulosalarni aytdi. Shu tariqa u kimyoviy element haqidagi tushunchalarni atom-molekulyar ta’limot bilan uyg’unlashtirdi.
Kimyoviy element haqidagi yana ham oydinlashtirish uchun misollarga murojaat etamiz.

Download 80.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling