Amaliy mashg’ulot-1 Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari, oksidlar, kislotalar, gidroksidlar, tuzlar. Modda, oddiy va murakkab moddalar Tabiiy fanlardagi «Jismlar, moddalar va tabiat hodisalari»


Download 80.77 Kb.
bet2/6
Sana27.02.2023
Hajmi80.77 Kb.
#1235346
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyo amliy 1

1-mashq. Quyidagi royxatda keltirilganlardan qaysi biri jism, qaysi biri modda ekanligini alohida yozib chiqing: mis, piyola, qaychi, temir, suv, oyna, oltingugurt, yog’och, cho’mich, chelak, sirka, pichoq, osh tuzi, kraxmal, antenna.
Yechish. Bu keltirilganlardan sof modda holda quyidagilarni ko’rsatish mumkin: mis, temir, suv, oltingugurt, osh tuzi, kraxmal. Bular-ning o’zi ham oddiy va murakkab moddalarga bo’linadi. Bulardan – mis, temir, oltingugurt oddiy moddalar. Qolganlari esa murakkab moddalardir.
Jismlarga keladigan bo’lsak yuqoridagilardan – piyola, qaychi, oyna, yog’och, cho’mich, chelak, pichoq, antenna oddiy va murakkab moddalarning aralashmasi yani aralashmalardir.
2-mashq. Quyidagilarga misollar keltiring: a) sof oddiy modda; b) sof murakkab modda; c) oddiy moddalar aralashmasi; d) murakkab moddalar aralashmasi.
Yechish. a) sof oddiy modda – alyminiy metali, olmos, geliy gazi;
b) sof murakkab modda – suv, ichimlik sodasi, ammoniyli seltra;
c) oddiy moddalar aralashmasi – havo, kumushli yoki oltinli qotishmalar;
d) murakkab moddalar aralashmasi – barcha jismlar misol bo’la oladi.


Molekula, atom va kimyoviy element
Molekula va atomlar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi mashhur ingliz kimyogari R.Boyl (1627 – 1691 y), rus olimi M.V.Lomonosov (1711 – 1765 y), ingliz kimyogarlari J. Dalton (1776 – 1844 y) va J.Pristli (1733 – 1804 y), italyan olimi A.Avagadro (1776 – 1856 y) nomlari bilan bog’liq. Ular kimyo tarixida birinchi bor molekula va atomlarning moddiy zarrachalar sifatida mavjudligini, ularning tabiati va xilma – xillik sabablarini tajriba yo’li bilan isbotlab berdilar.
Atom yadrosi – atomning markaziy qismi bo’lib, u atomning asosiy massasini tashkil etuvchi protonlardan (Z) va neytronlardan (N) tashkil topgan.
Yadro zaryadi – musbat bo’lib, kattalik jihatdan yadrodagi protonlar soniga yoki neytral atomdagi elektronlar soniga teng va elementning davriy sistemadagi tartib raqami bilan tengdir. Atom yadrosidagi protonlar va neytronlar yig’indisi massa soni deyiladi A = Z + N.
Kimyoviy formula - modda tarkibini kimyoviy belgilar (1814 yilda Y.Berselius taklif etgan) va indekslar (indeks – simvol o’ng tomondan pastdagi turgan son bo’lib molekuladagi tegishli atomlar sonini ko’rsatadi) yordamida shartli ifodalashdir. Kimyoviy formula molekulada qanday kimyovit elementlar atomlari va qanday nisbatlarda o’zaro birikkanligini ko’rsatadi.
Atrofimizda mavjud bo’lgan moddalar va ulardan tashkil topgan jismlar nima uchun xilma – xil? Ular xossalar jihatdan bir – biridan farq qilishi-ning sababi nimada? Nima uchun bir xil moddalarning kimyoviy o’zgarishi uchun bir xil, boshqa xil moddalarning shunday o’zgarishi uchun boshqa xil sharoit kerak? Bu savollarga moddaning tarkibini bilmasdan javob berish qiyin.
Qattiq muzning suyuq suvga aylanishi, suyuq suvning isiganida bug’lanishi, suv bug’i yozning issiq kunlarida ko’zga ko’rinmasligi, kuz paytida daryolar, ko’llar va zovurlar suvi ustida bug’, tuman paydo bo’lishi va boshqa omillar suvning ko’zga ko’rinmaydigan juda mayda zarrachalar – molekulalardan tashkil topganligi haqida dalolat beradi.

Download 80.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling