Amaliy mashg’ulot-1 Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari, oksidlar, kislotalar, gidroksidlar, tuzlar. Modda, oddiy va murakkab moddalar Tabiiy fanlardagi «Jismlar, moddalar va tabiat hodisalari»


Moddaning bir mol miqdorining grammda ifodalangan massasi gram-mol (g-mol) deyiladi


Download 80.77 Kb.
bet5/6
Sana27.02.2023
Hajmi80.77 Kb.
#1235346
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyo amliy 1

Moddaning bir mol miqdorining grammda ifodalangan massasi gram-mol (g-mol) deyiladi.
Masalan, Mr (CuO) = Ar(Cu) + Ar (O) = 64 + 16 = 80 m.a.b. Massaning atom birligi (1,66∙10-24g) grammda ifodalanganligi tufayli CuO ning mol massasi 80 massa atom birligiga, gram-moli esa 80 g ga teng bo’ladi.
1- masala. Quyidagi moddalarning nisbiy molekulyar massalarini hisoblang: Ca(OH)2, Na2SO4, Ba(NO3)2, H3PO4.
Yechish. Moddalarning nisbiy molekulyar massalarini hisoblaymiz:
Mr(Ca(OH)2) =Ar(Ca) + 2Ar(O) + 2Ar(H) =40 + 2x16 + 2x1 =40 + 32 + 2=74 m.a.b.
Mr(Na2SO4)=2Ar(Na) + Ar(S)+ 4Ar(O)=2x23 + 32 + 4x16=46 + 32 + 64=142 m.a.b.
Mr(Ba(NO3)2)=Ar(Ba)+2Ar(N)+6Ar(O)=137+2x14 + 6x16=137 +28 + 96=261m.a.b.
2 – masala. 49 g sulfat kislota necha molni tashkil qilishini hisoblang.
Yechish. 1- usul. Moddaning nisbiy molekulyar massasini hisoblaymiz:
Mr(H2SO4)= 2Ar(H) + Ar(S) + 4Ar(O) = 2x1 + 32 + 4x16 = 2 + 32 + 64 = 98 m.a.b.
tenglamadan foydalanib 49 g sulfat kislota necha molni tashkil qilishini hisoblaymiz: mol
2 – usul. Masalani proporsiya usulida ham yechish mumkin.
Dastlab sulfat kislotaning nisbiy molekulyar massasini hisoblaymiz:
Mr(H2SO4)= 2Ar(H) + Ar(S) + 4Ar(O) = 2x1 + 32 + 4x16 =
2 + 32 + 64 = 98 m.a.b.
98 g H2SO4 ———— 1 mol
49 g H2SO4 ———— x mol x=49g∙1mol/98g = 0,5 mol.
3 – masala. Gramm – mol massasi 80 g bo’lgan CuO ning 0,3 mol miqdori qancha gramm bo’ladi?
Dastlab sulfat kislotaning nisbiy molekulyar massasini hisoblaymiz:
Mr(CuO)= Ar(Cu) + Ar(O) = 64 + 16 = 80 m.a.b. yoki gramm/mol
tenglamadan foydalanib mis oksidining massasini (m) hisoblaymiz:
m= н ∙ M = 0,3 mol ∙ 80 g/mol =24 gramm.

Download 80.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling