Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari bilan tanishish
Download 141.96 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu Axborot – kommunikatsiya texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumotlar
- Fayl tizimi imkoniyatlari
- 1-topshiriq
Amaliy mashg‘ulot № 1 Mavzu: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari bilan tanishish Ishning maqsadi: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari bilan tanishish Nazariy ma’lumotlar: Operatsion tizimlar.- foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni ta’minlaydi; kompyuter qurilmalari orasidagi ma’lumot almashinishini boshqaradi va nazorat qiladi; ma’lumotlarni joylashtirishda kompyuter resurslaridan (xotira, tashqi xotira) unumli foydalanishni ta’minlaydi; boshqa dasturlarni yuklaydi; tarmoq operatsiyalarini bajaradi va h.k. Hozirgi kunda ishlatilayotgan operatsion tizimlarga misol tariqasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: MS Windows. SMP (Symmetric Multiprocessind) ko‘p protsessorli, ko‘p masalali, grafik interfeysga ega bo‘lgan operatsion tizim. x86, x86-64, IA-64, ARM, Alpha, MIPS, Power PC platformalarda ishlaydi. Plug and Play texnologiya bilan ta’minlangan, klassterizatsiya, masofadan o‘rnatish xizmati (RIS- remote installation service) bilan ta’minlangan. Fayl tizimi imkoniyatlari: • Fayl tizimini tiklash; • Katta hajmdagi fayllarni ishlatish; • Fayl himoyasi; • Fayllarni siqilgan holda saqlash va h.k. Vazifasiga ko‘ra, Windows operatsion tizimining bir qancha xillari mavjud: server uchun, ishchi stantsiyalar uchun, cho‘ntak kompyuterlari uchun. Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarning ko‘pchiligida aynan shu operatsion tizim o‘rnatilgan. Solaris. Solaris - Sun Microsystems tomonidan yaratilgan grafik qobig‘li operatsion tizim. Solaris operatsion tizimi avval boshdan yopiq manbali kod bilan chiqarilganiga qaramay, hozirda uning anchagina qismi ochiq manbali kodga ega qilib kompaniya tomonidan ommalashtirilgan. Hozirda IBM, Intel, Hewlett-ackard, Dell va boshqa bir nechta ishlab chiqarnvchi kompaniyalar o‘zining x86 va AMD64 platformali tizimlarida Solaris operatsion tizimini ishlatadi. Hozirgi kunda Windows operatsion tizimlariga talab yuqori. Asosiy sabab unda keng qamrovli grafik interfeysning mavjudligi. Bu esa foydalanuvchilarga uni tez o‘zlashtirish imkonini beradi. 1-topshiriq: 1. Kompyuter ishga tushganda ekran nimalarga bo‘linadi? 2. Ish stoli va masalalar panelidan nima maqsadda foydalaniladi? 3. Belgi va yarliklar nima? 4. Dasturni ishga tushirishning qanday usullarini bilasiz? 5. Dastur oynasini kattalashtirish va kichiklashtirish yo‘llarini aytib bering. 6. Dasturning ishini tugatish uchun nimalar qilish kerak? 7. Pusk tugmasining biriktirlgan dasturlar ro‘yhati qismiga qanday qilib dasturni qo‘shish mumkin? 8. Pusk tugmasini Windowsning avvalgi turlaridagi ko‘rinishga qanday qilib o‘tkazish mumkin? 9. Pusk tugmasining oxirgi ishlatilgan dasturlar ro‘yhati ko‘rsatilgan qismini qanday qilib tozalash mumkin? 10. Masalalar panelidan qanday qilib soatni olib tashlash mumkin? 11. Dasturlarni tez ishga tushiruvchi panel qanday chiqariladi? Download 141.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling