Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari bilan tanishish


Download 141.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.10.2023
Hajmi141.96 Kb.
#1696119
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu Axborot – kommunikatsiya texnologiya



Amaliy mashg‘ulot № 1 
 
Mavzu: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari bilan 
tanishish
Ishning maqsadi: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari bilan 
tanishish
Nazariy ma’lumotlar: 
Operatsion tizimlar.- foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni ta’minlaydi; 
kompyuter qurilmalari orasidagi ma’lumot almashinishini boshqaradi va nazorat qiladi
ma’lumotlarni joylashtirishda kompyuter resurslaridan (xotira, tashqi xotira) unumli 
foydalanishni ta’minlaydi; boshqa dasturlarni yuklaydi; tarmoq operatsiyalarini bajaradi va h.k. 
Hozirgi kunda ishlatilayotgan operatsion tizimlarga misol tariqasida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: 
MS Windows. SMP (Symmetric Multiprocessind) ko‘p protsessorli, ko‘p masalali, grafik 
interfeysga ega bo‘lgan operatsion tizim. x86, x86-64, IA-64, ARM, Alpha, MIPS, Power PC 
platformalarda ishlaydi. Plug and Play texnologiya bilan ta’minlangan, klassterizatsiya, 
masofadan o‘rnatish xizmati (RIS- remote installation service) bilan ta’minlangan. 
Fayl tizimi imkoniyatlari
• Fayl tizimini tiklash; 
• Katta hajmdagi fayllarni ishlatish
• Fayl himoyasi; 
• Fayllarni siqilgan holda saqlash va h.k. 
Vazifasiga ko‘ra, Windows operatsion tizimining bir qancha xillari mavjud: server uchun
ishchi stantsiyalar uchun, cho‘ntak kompyuterlari uchun. 
Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarning ko‘pchiligida aynan shu operatsion tizim 
o‘rnatilgan. 
Solaris. Solaris - Sun Microsystems tomonidan yaratilgan grafik qobig‘li operatsion tizim. 
Solaris operatsion tizimi avval boshdan yopiq manbali kod bilan chiqarilganiga qaramay, hozirda 
uning anchagina qismi ochiq manbali kodga ega qilib kompaniya tomonidan ommalashtirilgan. 
Hozirda IBM, Intel, Hewlett-ackard, Dell va boshqa bir nechta ishlab chiqarnvchi kompaniyalar 
o‘zining x86 va AMD64 platformali tizimlarida Solaris operatsion tizimini ishlatadi. 
Hozirgi kunda Windows operatsion tizimlariga talab yuqori. Asosiy sabab unda keng 
qamrovli grafik interfeysning mavjudligi. Bu esa foydalanuvchilarga uni tez o‘zlashtirish 
imkonini beradi. 
1-topshiriq: 
1. Kompyuter ishga tushganda ekran nimalarga bo‘linadi?
2. Ish stoli va masalalar panelidan nima maqsadda foydalaniladi? 
3. Belgi va yarliklar nima? 
4. Dasturni ishga tushirishning qanday usullarini bilasiz? 
5. Dastur oynasini kattalashtirish va kichiklashtirish yo‘llarini aytib bering. 
6. Dasturning ishini tugatish uchun nimalar qilish kerak? 
7. Pusk tugmasining biriktirlgan dasturlar ro‘yhati qismiga qanday qilib dasturni qo‘shish 
mumkin? 


8. Pusk tugmasini Windowsning avvalgi turlaridagi ko‘rinishga qanday qilib o‘tkazish 
mumkin? 
9. Pusk tugmasining oxirgi ishlatilgan dasturlar ro‘yhati ko‘rsatilgan qismini qanday qilib 
tozalash mumkin? 
10. Masalalar panelidan qanday qilib soatni olib tashlash mumkin? 
11. Dasturlarni tez ishga tushiruvchi panel qanday chiqariladi? 

Download 141.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling