Amaliy mashg’ulot 1 Mavzu: Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari. Funksiyalarni amalga oshirish. Nazariy qism


Download 451,39 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi451,39 Kb.
#1372994
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUNISA Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmi 1-deadleni

XULOSA
.
AMALIY MASHG’ULOT-4
Mavzu: Rekursiya va ularni dasturlashda ishlatish. Rekursiv va iterative algoritmlarni ishlatishga misol.

Funksiya o'ziga o'zi to'g'ridan-to'g'ri yoki qandaydir vosita orqali murojaat qilish jarayoniga rekursiya deyiladi va bunday funksiya rekursiv funksiya deb ataladi. Hikoyadagi misolga qaytadigan bo'lsak, yerda summa() nomli funksiya natijasini hisoblash uchun unga bir necha marta qayta murojaat qilishiga to'g'ri keldi. Aynan shu narsa rekursiyaning mohiyatini tashkil qiladi. Lekin, shunchaki ta'rif yordamida to'g'ri va xatosiz ishlovchi rekursiv funksiya tuzish qiyin, buning uchun rekursiv funksiyaning asosiy shartlarini yaxshi bilish kerak.




Har qanday to'g'ri tuzilgan rekursiya asosini ikkita shart tashkil qiladi.

  1. Rekursiya asos sharti

  2. Funksiyaning o'ziga o'zgartirilgan argument bilan murojaat qilish.

Rekursiv funksiya qaysidir vaqtga kelib o'ziga murojaat qilishni to'xtatishi kerak bo'ladi. Aynan shu narsani rekursiya asos sharti ta'minlab beradi. Hikoyamizdagi misolga qaytadigan bo'lsak, summa() funksiyasiga bir necha marta murojaat qildi va oxirida funksiyaga keluvchi massivda faqat bitta element qolganda to'xtadi. Bu masala uchun arrayda yagona element qolishi asos shart bo'lib xizmat qiladi va shu yerga yetganda dastur to'xtashi kerakligini bilib oladi. Rekursiv funksiya tuzishda asos shartni to'g'ri qo'yish juda ham muhim hisoblanadi. Hali bunga yana to'xtalamiz.
Keyingi shartda o'zgartirilgan argument deganda, odatda masala boshidagi argumentdan kichikroq argument tushiniladi (ba'zi hollarda kattaroq bo'lishi mumkin). Misolimizda, har safar summa() funksiyasiga murojaat qilganda undagi massiv hajmini bittaga kamaytirib bordi. Bu narsa ham juda muhim, chunki bir xil argument bilan qayta-qayta murojaat qilinganda yoki argument notog'ri o'zgartirilganda funksiya o'zini cheksiz marta chaqirishiga to'g'ri kelib qoladi. Bu haqida ham batafsil yana gaplashamiz.

Download 451,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling