Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari


Download 1.56 Mb.
bet27/39
Sana11.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1089458
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot

Atomning elektron tuzilishi
1. Ca, Cr, Ni, Fe, Cu, Al, Zn elementlari atomlarining elektron konfiguratsiyasini yozing?

2. Tartib raqami 31, 41, 51, 17 va 27 bo‘lgan element atomlarining elektronlarini energetik yacheykalar-da taqsimlanish sxemasini tuzing?


3. Xlor atomining normal va qo‘zg‘algan holatlaridagi elektronlarning energetik yacheykalarda taqsim-lanishiga asoslanib, xlorning 1, 3, 5 va 7 valentli holati uchun elektron konfiguratsiyasini yozing?


4. Oltingugurt atomining normal va qo‘zg‘algan holatlaridagi elektronlarning energetik yacheyka-larda taqsimlanishiga asoslanib, oltingugurtning 2, 4 va 6 valentli holati uchun elektron konfiguratsiyasini yozing?


5. Fosfor atomining normal va qo‘zg‘algan holatlari-dagi elektronlarning energetik yacheykalarda taqsimlanishiga asoslanib, fosforning 3 va 5 valentli holati uchun elektron konfiguratsiyasini yozing?


6. Xrom atomining normal va qo‘zg‘algan holatlarida-gi elektronlarning energetik yacheykalarda taq-simlanishiga asoslanib, xromning oksidlanish darajasi 2, 3 va 6 holati uchun elektron konfiguratsiyasini yozing?


7. Marganets atomining normal va qo‘zg‘algan holatlaridagi elektronlarning energetik yachey-kalarda taqsimlanishiga asoslanib, marganesning oksidlanish darajasi 2, 3, 4, 6 va 7 holati uchun elektron konfiguratsiyasini yozing?

8. N -3 zarrachasining elektron konfiguratsiyasini ko‘rsating?


9. va zarrachalariga mos keladigan elektron konfiguratsiyalarni yozing?


10. Mis atomi Cu0, Cu+1 va Cu+2 ionlarining 3d – pog‘onachasida nechta elektron bo‘ladi?


11. Fe+2, Fe+3, Mn+4, Ti+4 va Cr+3 ionlarining 3d – pog‘onachasida nechta elektron bo‘ladi?


12. E+3 ioni tarkibida 118 ta neytron va 76 ta elektron bo‘ladi. Shu elementning atom massasi nechaga teng?


13. E+5 ioni tarkibida 126 ta neytron va 78 ta elektron bo‘ladi. Shu elementning atom massasi nechaga teng?


14. Quyida berilgan zarrachalar tarkibidagi elektronlar sonini hisoblang?


1)Ga+3; 2)As-3; 3) Se+2; 4) Br+3; 5) Ni+2; 6)Cr+6

15. Elektronlar soni bir hil bo‘lgan zarrachalarni aniqlang?


1)Cr+6; 2)P-3; 3)Fe+3; 4)Fe+2; 5)Mn+7; 6)S-2; 7)Ca+2; 8)Ar; 9)Se-2; 10)Si-4; 11) Br; 12)Cl.

16. Tarkibi faqat …3s23p6 konfiguratsiyaga ega bo‘lgan ionli birikmalarni aniqlang?


1) kaliy xlorid; 2) temir (II) xlorid; 3) kalsiy sulfid; 4) temir (III) xlorid; 5) titan (IV) xlorid.

17. Quyida berilgan tuzlar tarkibidagi qaysi metall ionining elektron konfiguratsiyasi …3p63d6 bilan tugallanadi?


1) xrom(III) nitrat; 2) marganets (II) xlorid;
3) kobalt (II) xlorid; 4) mis (II) xlorid; 5) temir (III) sulfat.

18. Quyida berilgan atom va ionlarni elektron konfiguratsiyasini yozing?


1)O-2; 2) P-3; 3)P+3; 4)Ca+2; 5)Ge; 6)Sc+3; 7)C-4; 8)S-2; 9)Sn

19. Germaniy atomi valent elektronlarining kvant sonlarini (n,l,ml,ms) aniqlang?


20. Uglerod atomi valent elektronlarining kvant sonlarini (n,l,ml,ms) aniqlang?


21. Galliy atomi valent elektronlarining kvant sonlarini (n,l,ml,ms) aniqlang?


22. Vanadiy atomining 3d – pog‘onachasidagi elektronlari uchun kvant sonlar qiymatini yozing?


23. Elektronining kvant sonlari n =3, l =2 ml = -2,


ms =+1/2 bilan tugallangan elementning elektron konfiguratsiyasini yozing?

24. Valent elektronlarining kvant sonlari n =4,4, l =0,0 ml =0,0, ms =+1/2,-1/2 bilan tugallangan elementning elektron konfiguratsiyasini yozing?


25. Valent elektronlarining kvant sonlari n =3,3,3,3,3, l =0,0,1,1,1, ml =0,0,1,0,-1 ms =+1/2,-1/2,+1/2,+1/2,+1/2 bilan tugallangan elementning elektron konfiguratsiyasini yozing?





Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling