3. Atom tuzilishi va elementlarning davriy sistemasi.
Atom – musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha. Hozirgi kunda 2000 dan ortiq atom fanga ma’lum. Atom – grekchadan olingan bo‘lib, “bo‘linmas” degan ma’noni anglatadi. Taxminan 25 asr (2500 yil) oldin “ATOM” tushunchasini yunon filosofi Demokrit va uning ustozi Levkipp fanga kiritgan. Atomlar barcha oddiy va murakkab moddalar molekularining tarkibini tashkil qiladi.
Yadro – atomning asosiy massasi to‘plangan musbat zaryadli zarracha bo‘lib, lardan tashkil topgan. Proton va neytronlar yig‘indisi nuklonlar ham deyiladi. Nuklon – musbat zaryad ma’nosida keladi.
Proton – yadroning tarkibiy qismi bo‘lib, yadro zaryadi deyiladi. Grek tilidan olingan. Birlamchi yoki dastlabki degan ma’noni anglatadi. Har bir elementning davriy sistemadagi joylashgan raqami protonlar soniga teng. Uning nisbiy massasi 1 ga, zaryadi + 1 ga teng.
Neytron – yadroning tarkibiy qismi. Grek tilidan olingan bo‘lib, oraliq degan ma’noni anglatadi. Neytronlar soni Atom massasidan protonlar sonining ayirmasiga teng (N = Ar – Z) Ar – nisbiy atom massa, Z – protonlar soni, N – neytronlar soni. Uning nisbiy massasi 1 ga, zaryadi nolga teng.
Elektron – manfiy zaryadli zarracha. Uning nisbiy massasi 0 ga, zaryadi – 1 ga teng.
Atom tarkibini tashkil etadigan proton, neytron va elektronlarga xos asosiy tavsifnomalarni quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
Elementar zarrachalar.
|
Belgisi.
|
Kulon zaryadi (kl).
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |