Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari
Download 1.56 Mb.
|
1-Amaliy mashg’ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- “orientatsion tasir”
- Van-der-Vaals kuchlari
Orentatsion ta’sir.
Bu ta’sir qutblangan molekulalar o’rtasida ro’y beradi. Issiqlik harakati tufayli tartibsiz joylishib qolgan qutbli zarrachalar qarama-qarshi zaryadli tomonlari bilan bir-birlariga tortilib, bir xil zaryadli tomonlari bilan o’zaro itarishadilar. Bu ta’sir “orientatsion tasir” deyiladi. Molekula qanchalik qutbli bo’lsa, orientasion ta’sir shunchalik kuchli bo’ladi. Temperatura qancha yuqori bo’lsa oreintasion ta’sir shunchalik kuchsizlanadi va aksincha. Induksion ta’sir. Bu ta’sir induksirlangan dipol momentli zarrachalar o’rtasida sodir bo’ladi. Ya’ni qutbsiz va qutbli molekulalar ta’sirlashib, qutbli molekula qutbsiz molekulani qutblantiradi. Bu yangi qutbli molekula doimiy qutbli molekula bilan o’zaro ta’sirlashib bir-biriga tortiladi. Bu kuch ta’sirida qutbsiz molekula induksialangan dipol momentiga ega bo’lib qoladi. Bu kuch temperaturaga deyarli bog’liq bo’lmasdan, qutbli molekulaning dipol momentiga va qutubsiz molekulaning qutblanuvchanligiga bog’liq bo’ladi. Atomlarda elektron almashinuvisiz yuzaga keladigan molekulalaro ta’sir kuchlari Van-der-Vaals kuchlari deyiladi. Yuqoridagi barcha ta’sirlar ana shu kuchlar qatoriga kiradi. Kovalent bog’lanishga nisbatan Van-der-Vaals ta’sir kuchsizdir. Kovalent bog‘lanish va molekulalar tuzilishini kvant mexanikasi asosida tushuntirishning ikki xil, valent bog‘lanish va molekulyar orbitallar usullari mavjud. Yuqorida kovalent bog‘la-nishining hosil bo‘lishiga valent bog‘lanish usuli (VBU) nuqtai nazaridan qaraldi. VBU ning mohiyati quyidagicha: 1. Ikki atom orasida kovalent bog‘ hosil bo‘lishi uchun ularda juftlashmagan elektronlar bo‘lishi zarur. Bu elektronlar umumlashgan elektron juftini hosil qilishi natijasida kovalent bog‘ shakllanadi. Umumlashgan elektron jufti dastlab bir atomga tegishli bo‘lib (donor) . ikkinchi atomning bo‘sh orbitali (akseptor) hisobiga ham kovalent bog‘lanish hosil bo‘ladi (donor-akseptor bog‘lanish) . 2. Kovalent bog‘lanishda elektron bulutlarining bir-birini qoplash darajasi qancha katta bo‘lsa, bog‘ shuncha mustahkam bo‘ladi. Kovalent bog‘lanish elektron bulutlarining qoplash darajasi katta bo‘ladigan yo‘nalishda (gibrid orbitallar) vujudga keladi. Misol: SiF4 molekulasi, SiF62- ionining hosil bo‘lish mexanizmini tushuntiring. CF6 2- ioni hosil bo‘ladimi? Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling