Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan talablar. Ishning maqsadi


Download 262.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi262.15 Kb.
#1624952
Bog'liq
Amaliy mashg1



Amaliy mashg‘ulot №1 
Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan talablar. 
Ishning maqsadi. Pedagogik dasturiy vositalar va ularga qo‘yiladigan talablar 
haqida umumiy tushunchaga ega boʻlish. 
Dars jihozi: Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, 
Akustik tizimlar va boshqalar; 
Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va koʻnikmaga ega 
boʻladi.  
Nazariy qism:
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv 
jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik vosita 
hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli 
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida 
ishlatiladi. 
Pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan metodik talablar 
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishga moʻljallangan 
oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, 
axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga 
olishni koʻzda tutadi.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik 
talablarga javob berishi kerak:
1. Pedagogik dasturiy vositalar – oʻquv materialini taqdim etishning tushunchali, 
obrazli va harakatli komponentlarining oʻzaro bog‘liqligiga tayangan holda qurilishi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar oʻquv materialini yuqori tartibli tuzilma koʻrinishida 
ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy oʻzaro bog‘liqlikning hisobga olinishi.
3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga oʻquv materialini bosqichma – 
bosqich oʻzlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida 
aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi orqali ifodalanadi. 
 Pedagogik dasturiy vositalar quyidagilarga boʻlinadi: 
1. Oʻrgatuvchi dasturlar  
2. Test dasturlar 
3. Mashq qildirgichlar 
4. Oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitni shakllantiruvchi dasturlar. 
Topshiriq: 
1. Pedagogik dasturiy vositalar nima? 
2. Pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan metodik talablarni yoriting. 
3. Pedagogik dasturiy vositalarning metodik talablariga nimalar kiradi? 
4. Pedagogik dasturiy vositalar qanday turlarga boʻlinadi? 
5. Oʻrgatuvchi dasturlar haqida ma’lumot bering. 
6. Test dasturlariga misol keltiring. 
7. Mashq qildirgichlar haqida fikr bering. 
Oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitni shakllantiruvchi dasturlarga misollar keltiring. 

Download 262.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling