Amaliy mashg’ulot-1 Mavzu
Download 15.41 Kb.
|
1-amaliy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Topshiriqlar
Amaliy mashg’ulot-1 Mavzu: Maktabda odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani bo’yicha tavsiya qilingan darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalarni ko’rib chiqish va tahlil qilish Darsning maqsadi: talabalarga umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’tiladigan odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o’qitishda foydalaniladigan darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalarning tuzilishini hamda ulardan unumli foydalanish usullarini o’rgatish. Kerakli jihozlar: 8-sinf darsligi (O.Movlonov, T.Tilavov, B.Aminov. 2019-yil.), “Odam va uning salomatligi darslari” o’quv qo’llanmasi (J.Tolipova va boshqalar. 2016). Tarqatma materiallar, taqdimot. Nazariy qism: Odam anatomiyasi va fiziologiyasi darsligi 8-sinf o‘quvchilari uchun “Biologiya” nomi bilan O.Movlonov, T.Tilavov, B.Aminovlar muallifligi ostida 2019-yil nashr qilingan. Darslik 184 sahifadan iborat. Darslikda 13 bob, 61 ta mavzu va 7 ta labaratoriya mashg’uloti keltirilgan. O’quvchi bilimlarni kengroq doirada tasavvurga ega bo’lgan holda tushunishi uchun darslikda 99 ta rangli rasm keltirilgan. Darslik yordamida o’quvchilarning mustaqil bilim olishlari va olgan bilimlarini mustahkamlashlari uchun barcha mavzularga topshiriqlar va savollar ilova qilingan. Ilovada berilgan barcha topshiriqlarni ikkiga ajratish mumkin: -o’zaro mos keladigan tushunchalarni juftlab yozish topshiriqlari; -tog’ri ketma-ketlikni aniqlash topshiriqlari. Ushbu topshiriqlarini o’quvchilar bajarib bo’lgandan so’ng mavzu bo’yicha konspekt tuzib oladilar. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi darsligi uchun o’quv qo’llanmaning mualliflari J. Tolipova, Mmaraliyeva, B. Abdraimova, S.Abduruziyevalar bo’lib 2016-yil nashr qilingan. Metodik qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Odam va uning salomatligi”ni o‘qitishning umumiy metodikasi, o‘quv fanini o‘qitishda umumbiologik tushunchalami rivojlantirish yo’llari, o‘quv dasturidan o‘rin olgan mavzular bo‘yicha dars ishlanmalari va texnologik xaritalari, DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalaming o'quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun zarur bo‘ladigan o‘quv topshiriqlari berilgan. Metodik qo‘llanmadan pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlar, izlanuvchilar, biologiya o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari foydaianishi mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfida “Odam va uning salomatligi” o‘quv fanini o‘qitishda o‘quvchilar odam anatomiyasi va fiziologiyasi, sitologiya, gistologiya, gigiyena, embriologiya, inson ekologiyasiga oid tushunchalami o‘zlashtirish barobarida reproduktiv salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, organlar sistemalarining yuqumli va yallig‘lanish kasalliklari, alkogol iste’mol qilish va giyohvandlikning odam salomatligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. “Odam va uning salomatligi” o‘quv fanini o‘qitish davomida o‘quvchilar DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalar- ni o‘zlashtirish barobarida, ulaming ilmiy dunyoqarashini kengay- tirishga zamin tayyorlaydigan, xususan, odam biologik-ijtimoiy mavjudot, uning organizmi organik olam evolyutsiyasi jarayonida tashqi muhit bilan o'zaro munosabatda rivojlangan, turli darajada: hujayra, to‘qima, organ, organlar sistemasidan tuzilgan biologik tizimligi uqtiriladi. «Odam va uning salomatligi» o‘quv fani mazmuni kirish, odam organizmining umumiy obzori, tayanch-harakatlanish sistemasi, qon, qon aylanish sistemasi, nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi, moddalar va energiya almashinuvi, ayirish sistemasi - ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, sezgi a’zolari, odam organizmining ko‘payishi va rivojlanishi kabi mavzulami o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu mavzulami o‘rganish jarayonida biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarda umumbiologik va xususiy tushunchalar, biologik va o‘quv mehnati ko‘nikmalarini tarkib toptirishga e’tibor qaratishi lozim. Topshiriqlar: Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib klaster tuzing. Klaster uchun na’muna: Odam anatomiyasi va fiziologiyasi darsligi O’quv qo’llanmaning tuzilishini o’rganib chiqib, darslikdan farqli tomonlarini aniqlang. Olingan ma’lumotlarga osolanib xulosa yozing. Adabiyotlar 1.J.O.Tolipova, A.T.G’ofurov “Biologiya o’qitish metodikasi” O’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent-2004. 5-8 bet. 2.J.O.Tolipova., A.T.G’ofurov “Biologiya ta’lim texnologiyalari”. Toshkent-2002. 3. J.Tolipova va boshqalar. “Odam va uning salomatligi darslari” o’quv qo’llanma Toshkent-2016. 1-313 b. Download 15.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling