Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Yo‘l belgilarini o‘rnatishda qo‘yiladigan umumiy talablar. Yo‘l belgilarining turlari. Ishning maqsadi
Download 0.75 Mb.
|
Amaliy mashg‘ulot №1 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumotlar
Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Yo‘l belgilarini o‘rnatishda qo‘yiladigan umumiy talablar. Yo‘l belgilarining turlari. Ishning maqsadi: Kelajakda kutiladigan harakat miqdoriga qarab, yo‘l toifasini aniqlash va yo‘lda yakka avtomobilning hisobiy tezligini ta`minlash maqsadida yo‘l elementlarining me`yorlarini belgilash, avtomobil yo‘llari tarmog‘i sxemasini tuzish. Umumiy ma’lumotlar: O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishdagi yetti guruhdagi: ogohlantiruvchi, imtiyoz, ta’qiqlovchi, bo‘yuruvchi, axborot-ko‘rsatuvchi, servis, qo‘shimcha axborot yo‘l belgilari Venada 1968 yil qabul qilingan yo‘l belgilari Konventsiyasiga va bu Konventsiyani to‘ldiruvchi Jenevadagi 1971yil Yevropa kelishuvi talablariga to‘liq mos keladi. Avtomobil yo‘llarida va shaxar kuchalarida yo‘l belgilarini o‘rnatish GOST 23457-86, ularning o‘lchamlari esa GOST 10807-78 talablariga javob berishi kerak. Avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o‘rnatilishi kerak: ogohlantiruvchi, imtiyoz, ta’qiqlovchi, bo‘yuruvchi, ko‘rsatuvchi (axborot-ko‘rsatuvchi), servis va tablichkalar; O‘rnatiladigan yo‘l belgilarining umumiy soni yo‘lda iloji boricha kam bo‘lishi kerak. Xar bir o‘rnatilayotgan ogohlantiruvchi yoki ta’qiqlovchi yo‘l belgilari asoslangan bo‘lishi shart va yo‘l sharoiti yomonlashganligi oqibatida qo‘rilgan majburiy chora deb tushunilishi kerak. Shuning uchun ogohlantiruvchi va ta’qiqlovchi belgilar ko‘pchilik hollarda vaqtincha o‘rnatilib, ma’lum yo‘l sharoiti yaxshilangandan so‘ng olib tashlanishi kerak. Shuningdek, mavsumga qarab o‘rnatiladigan yo‘l belgilarini ham vaqt o‘tishi bilan tezda olib tashlash kerak. Yo‘l belgilarini shunday o‘rnatish kerakki, ularni kunning yorug vaqtida ko‘rish masofasi 150 m.dan kam bo‘lmasligi kerak. Haydovchiga u yoki bu uchastkada o‘rnatilgan belgini ko‘rish masofasining qiymati shu uchastkadagi tezlikning ikki barobariga yoki undan katta qiymatiga teng bo‘lishi kerak. Bu holatda yangi qo‘rilayotgan yo‘llar uchun tezlik hisobiy tezlikdan 70% olinsa, foydalanayotgan yo‘llarda esa transport vositalarining 85% tezligidan oshmaydigan tezlik qabul qilinadi. Ba’zi hollarda o‘rnatiladigan belgi bilan xavfli uchastka orasidagi masofa aniqlanishi kerak bo‘lgan vaqtda u quyidagi sxemaga (9.1-rasm) va formulaga asosan aniqlanishi mumkin. Agar F2 =0 bo‘lsa (to‘liq to‘xtash talab qilinsa), uchastkadagi tez yuruvchi avtomobillarning tezligiga qarab «l » (1.1) formulaga asosan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan qiymatlarda o‘zgaradi.
(0 9 * Vo‘r - V2)2 l = 0,66 * Vo‘r + -------------------------------------- (1.1) 25,8 * (0,0112 * Vo‘r +1,24) Yo‘l xo‘jalik xodimlari yo‘l belgilarini muntazam ravishda tozalab turishlari va ko‘rish uchun halal berayotgan daraxt butalarini kesib turishlari kerak.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling