Amaliy mashg’ulot №1 Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari Mashg’ulotning maksadi
Download 45.84 Kb.
|
Amaliy mashg’ulot ¹1 Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metrologiyaning aksiomalari Nazariy ma’lumotlar
- Metrologiyaning aksiomalari
AMALIY MASHG’ULOT №1 Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari Mashg’ulotning maksadi: Metrologiyaning aksiomalari va Metrologiyaning asosiy postulatlari haqida tushuncha va ko’nikalarga ega bo’lish. Topshiriqlar: Metrologiya to’g’risida Respublika qonuni mazmun moxiyatini Metrologiyaning aksiomalari Metrologiyaning aksiomalari Nazariy ma’lumotlar. Bu qonun Respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi. “Metrologiya to’g’risida” gi qonun 5 bo’limdan iborat bo’lib, 21 moddani o’z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo’lga qo’yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funktsiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo’yicha keng ma’lumotlar berilgan. Qonunda metrologiya sohasida qo’llaniladigan asosiy atamalar va tushunchalar ta’riflari berilgan. 4 moddada metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarilishi va “O’zstandart” agentligi vakolatiga kiritilgan asosiy vazifalar belgilab berilgan, hamda o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashga oid normativ hujjatlarni tasdiqlash, ro’yxatdan o’tkazish va ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Ikkinchi bo’lim fizikaviy o’lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo’llashga bag’ishlangan. O’zbekiston Respublikasida metrologiya xazmatlarini tuzilishi va amalga oshirilishi uchinchi bo’limda yoritilgan. Qonunda katta e’tibor davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga berilib barcha tartib qoidalari to’rtinchi bo’limda belgilab berilgan. Beshinchi bo’lim metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan. Bu bo’limda davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlanadigan ishlarning ro’yxati keltirilgan bo’lib, metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to’lash masalasi ham belgilab berilgan. Ushbu qonunga uning hayoti davomida tegishli qonunlar bilan o’zgartirish-lar kiritilib borilmoqda. Masalan, O’zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni va O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonunini keltirish mumkin. Bu o’zgartirishlar qonunni takomillashtirish va qo’llanishi samaradorligini oshirish maqsadida kiritib kelinadi. O’lchashlar birligiga erishishning mexanizmi bo’lib metrologiya tekshiruvi va nazorati hisoblanadi. Bu davlat metrologiya xizmati organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati asosiy qoidalari “Metrologiya to’g’risida” gi qonunda belgilangan va standart O’zRST 8.002.-92 bilan reglamentlashtirilgan ya’ni normaga solingan. SHu hujjatlar bilan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’ektlari, turlari va shakllari belgilangan. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’ektlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: etalonlar; o’lchov vositalari; moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarning standart namunalari; axborot-o’lchov tizimlari; o’lchashlarni bajarish uslubiyotlari; metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o’zga ob’ektlar. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar quyidagilardan iborat: sog’liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish; savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o’tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish; zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish va yo’q qilib tashlash; davlat mudofaasini ta’minlash; mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligni ta’minlash; sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik va gidrometeorologik ishlar; o’lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o’tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish; milliy va xalqaro sport rekordlarini ro’yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi. O’zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o’zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlarini alohida yoritamiz. Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi: o’lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash; o’lchov vositalarini hamda o’lchashlarning bajarilish uslubiyotlarni metrologik attestatsiya qilish; o’lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o’tkazish, kalibrlash; o’lchov vositalarini hamda o’lchashlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o’tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o’lchov vositalarini kalibrlash va metrologik faoliyatning boshqa muayyan turlari huquqiga ega bo’lish uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish; yuridik va jismoniy shaxslarning o’lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shug’ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash; o’lchashlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash; Davlat metrologiya nazorati quyidagilar ustidan amalga oshiriladi: o’lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug’ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo’llanishi; o’lchashlarning bajarilish uslubiyotlarining qo’llanilishi; belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati. Zarur hollarda “O’zstandart” qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin. Metrologiya nazoratining muhim maqsadi, bu o’lchash jarayonini boshqarish hisoblanadi. Buning uchun o’lchov vositalariga ularning butun xayotiy davrining barcha jabhalarida belgilangan talablar qo’yiladi – o’lchov vositalarini ishlab chiqarishga qo’yishda, ishlab chiqarishda, ekspluatatsiyaga kiritishda, ishlatilish davrida va ekspluatatsiyadan chiqarishda. Qonunlashtirilgan metrologiyaning o’lchov vositalariga talablari birinchi navbatda bu o’lchov vositalarining mo’ljallanishiga qo’yiladi, bularning tavsiflari va konstruktsiyalarga emas. O’rnatilgan qoidaga muvofiq davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarda o’lchashlar uchun faqat o’lchov vositalarining O’zbekiston Davlat reestrida qayd etilgan o’lchov vositalarini qo’llanilishiga yo’l qo’yiladi. Qayd etish sinovlar natijalari asosida va keyinchalik o’lchov vositalarini turlarini (xillarini) tasdiqlash bilan yoki o’lchov vositalarini attestatsiyalash natijalari bo’yicha amalga oshiriladi. Qonunda ko’rsatilgandek o’lchov vositalarining davlat sinovlarini o’tkazish, ularning turlarini (xillarini) tasdiqlash va Davlat reestriga kiritish “O’zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Ko’rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo’yicha chetdan olib kelinishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularni turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o’tkazilishi lozim. Tasdiqlangan o’lchov vositalari yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reestri belgisini O`zDST 1.19:2000 bo’yicha qo’yishi shart. O’lchov vositasining xili (tipi) deganda vazifasi, ishlash qoidalari va tuzilishi bir xil bo’lgan va bir texnikaviy hujjat bo’yicha ishlab chiqarilgan o’lchov vositalarga tegishli bo’lganligini ko’rsatadigan o’lchov vositalarining guruhli alomatlarining majmui tushuniladi. O’lchov vositasining turi (vidi) deganda ma’lum bir fizikaviy kattalikni o’lchash uchun mo’ljallangan o’lchov vositalariga tegishligini ko’rsatadigan o’lchash vositasi guruxli alomatlarining majmui tushuniladi. Standartda tip-xil va vid-tur deb tarjima berilgan, “Metrologiya to’g’risida” gi qonunda tipni-turi deb ketavergan. O’lchov vositasining tasdiqlangan turiga va uning seriyali ishlab chiqarilishiga ruxsat etilganligi haqidagi sertifikat 5 yilgacha muddatga beriladi. Boshqa davlatlarning o’lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq e’tirof etiladi. Masalan, “Sinovlar natijalarini, metrologik attestatsiya va o’lchov vositalarini tekshiruvi natijalarini o’zaro tan olish to’g’risida bitim” SNG davlatlari (Armaniston, Gruziya, Qozog’iston, Turkmanistondan tashqari) va Latviya, Litva va Turkiya bilan tuzilgan. Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o’lchov vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan va kalibrlashdan o’tkazib turish har doim e’tiborda bo’lmoqligi lozim. Tekshiruvdan o’tkazilishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari turkumlarining ro’yxati “O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog’liq o’lchov vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o’lchovlari “Metrologiya to’g’risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O’zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o’tkazilib turilishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari ro’yxatiga kiritilgan. Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish huquqi berilishi mumkin. Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan o’lchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida e’tirof etiladi. O’lchov vositalarini tekshiruvi bo’yicha asosiy qoidalar. O’zbekiston standarti O’zRST 8.003-92 da keltirilgan. O’lchov vositalarini tekshiruvi quyidagilarga bo’linadi: birlamchi, davriy va navbatdan tashqari tekshiruvlar xamda inspektsiyaviy va ekspert tekshiruvlar. Birlamchi tekshiruv – turi tasdiqlangan o’lchov vositalarining har bir ekzemplyari (namunasi) ishlab chiqarilgan yoki ta’mirlashdan chiqarilganda tekshiriladi. Majburiy davriy tekshiruvga ekspluatatsiya davrida yoki saqlanishida davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidagi o’lchov vositalari jalb qilinishi lozim. Bu doiraga tegishli bo’lmagan o’lchov vositalari ixtiyoriy asosda tekshiruvga taqdim etiladi. Tekshirish davriyligi O’zstandart tomonidan belgilanadi. Navbatdan tashqari tekshiruv davriy tekshiruv muddati kelmasdan nomlangan tekshiruv tamg’asi buzilganda va tekshirish guvohnomasi yo’qolganda, bir tekshiruv oraliq intervalidan ko’proq saqlanib ishga tushirilayotganda, qayta sozlanganda va boshqa sh.k. hollarda o’tkaziladi. Inspektsiyaviy tekshiruv metrologiya xizmati organlari tomonidan davlat nazorati o’tkazilganda va tarmoq tekshiruvida o’tkaziladi. Bu tekshiruvni, qiyoslash metodikasida nazarda tutilgan hajmda o’tkazilmasligiga ruxsat etiladi. Ekspert tekshiruv o’lchov vositalarining metrologik tavsiflari bo’yicha o’lchov vositasining sozligi va qo’llanilishiga yaroqligi to’g’risida munozarali hollarda o’tkaziladi. Bu manfaatdor shaxslarning yozma talabiga binoan o’tkaziladi. O’lchov vositalarini tekshiruvi “O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan tekshiruv uslublariga muvofiq ravishda o’tkaziladi. Tekshirish natijasi o’lchov vositasiga nomlangan tekshiruv tamg’asi nusxasi tushirilishi va (yoki) tekshirish guvoxnomasi bilan tasdiqlanadi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan bo’lak sohalarda qo’llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o’tkazilmaydigan o’lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ish000000000000l 0atish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o’tkazilishi mumkin. O’lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin. Kalibrlash qoidalari O’zRST 8.018-97 standartda keltirilgan. Agarda o’lchov vositalari faqat sifat baholash uchun qo’llanilsa, ularga “I” belgisi qo’yilib, indikatorlar razryadiga o’tkaziladi Metrologiyaning aksiomalari Har bir fanda bo’lgani kabi metrologiyada ham talaygina aksiomalarni ko’rishimiz mumkin. Lekin hozir biz shulardan uchta, eng asosiy va umumiylarini ko’rib chiqmoqchimiz. Ushbu aksiomalar har qanday o’lchashlar uchun xos bo’lib, bu o’lchashlar hoh oddiy, hoh murakkab bo’lsin, hoh yuzaki, hoh aniq bo’lsin, hoh tezlashtirilgan, hoh mukammal bo’lsin, ularning barchasida shu aksiomalarning uyg’unlashganini ko’rishimiz mumkin: 1-Aksioma. Download 45.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling