Amaliy Mashgʻulot 10-mavzu: Mahsulot(ish va xizmatlar)ni tannarxini kalkulyatsiyalari
Download 54.02 Kb. Pdf ko'rish
|
10.Biznesda buxgalteriya hisobi amaliy mashg\'ulot
3-topshiriq. Chorvachilik xarajatlari
Xoʻjalik chorvachiligi sut va goʻsht yetishtirish uchun moʻljallangan. Xoʻjalikning yil boshida qora mollarining bosh soni 357 boshni tashkil etgan. Shundan mahsuldor hayvonlar 225 boshni tashkil qilsa, 128 bosh boʻrdoqiga boqilgan chorva mollarini tashkil qiladi. Ishchi hayvonlar esa 4 tani tashkil qiladi. Umumiy chorvachilikka qilingan xarajatlar quyidagicha: a) Mahsuldor hayvonlarga qilingan xarajatlar 1. Yil boshidan sarflangan silos 54 600 sentner boʻlib, bir sentner silosning bahosi 15 000 soʻmni tashkil etadi. Shuningdek 12,5 tonna omixta yem va 15 tonna arpa kepagi sarflangan. 1 kg omixta yemning bahosi 1 050 soʻmni tashkil qilsa, 1 kg arpa kepagining bahosi 1 020 soʻmni tashkil qiladi. 2. Xoʻjalik molxonasiga hisoblangan amortizatsiya qiymati 3 560 000 soʻmni tashkil qiladi. 3. Mahsuldor hayvonlar boʻlimida jami 12 ta ishchi ishlaydi. Bir ishchiga hisoblanadigan ish haqi 515 000 soʻmdan hisoblanadi. (Ishchilarga may oyigacha ish haqi hisoblansin) Ish haqidan 25% yagona ijtimoiy toʻlov, daromad soligʻi shkala asosida va byudjetdan tashqari fondga toʻlov 6,5% hisoblandi. 4. Turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi kurash vositalari hamda dori darmonlarga qilingan xarajatlarning umumiy qiymati 1 230 000 soʻmni tashkil etadi. 64 5. Mahsuldor chorva mollarini sunʼiy qochirish xarajatlari ham mavjud boʻlib, bu xarajatlarning umumiy qiymati 2 695 000 soʻmni tashkil qiladi. b) Boʻrdoqiga boqiladigan chorva mollariga qilingan xarajatlar: 1. Yil boshidan sarflangan silos 38 625 sentner boʻlib, bir sentner silosning bahosi 15 000 soʻmni tashkil etadi. Shuningdek 8,3 tonna omuxta yem va 11,2 tonna arpa kepagi sarflangan. 1 kg omixta yemning bahosi 1 050 soʻmni tashkil qilsa, 1 kg arpa kepagining bahosi 1 020 soʻmni tashkil qiladi. 2. Xoʻjalik molxonasiga hisoblangan amortizatsiya qiymati 2 023 530 soʻmni tashkil qiladi. 3. Boʻrdoqiga boqiladigan hayvonlar boʻlimida jami 8 ta ishchi ishlaydi. Bir ishchiga hisoblanadigan ish haqi 475 000 soʻmdan hisoblanadi. (Ishchilarga may oyigacha ish haqi hisoblansin) Ish haqidan 25% yagona ijtimoiy toʻlov, daromad soligʻi shkala asosida va byudjetdan tashqari fondga toʻlov 6,5% hisoblandi. 4. Turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi kurash vositalari hamda dori darmonlarga qilingan xarajatlarning umumiy qiymati 975 000 soʻmni tashkil etadi. Topshiriq: 1. Yuqoridagi xoʻjalik muomalalariga buxgalteriya provodkasini tuzing. 2. Hisob-kitoblarni mustaqil bajaring. 3. Qisqacha izoh bering. Download 54.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling