Amaliy Mashgʻulot 10-mavzu: Mahsulot(ish va xizmatlar)ni tannarxini kalkulyatsiyalari
Download 54.02 Kb. Pdf ko'rish
|
10.Biznesda buxgalteriya hisobi amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEST SAVOLLARI
4-topshiriq. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiyalar.
1. Yanvar oyining boshida ekilgan bodring mahsuloti mart-arel oylarida toʻliq yigʻishtirib olindi va 0,8 gektar yer maydonidan umumiy yetishtirib olingan mahsulot 22 tonnani tashkil etdi. 2. Bahorgi kartoshka mahsuloti aprel oyining oxiri va may oyining boshlarida toʻliq yigʻishtirib olindi va 6,4 gektar yer maydonidan olingan kartoshka mahsuloti 162 tonnani tashkil etdi. 3. Mahsuldor hayvonlar uchun qilingan xarajatlarning 90%i sut uchun qolgan 10%i olingan buzoqlar tannarxiga taqsimlab oʻtkazilishi meʼyoriy hujjatlarga koʻra belgilab qoʻyilgan. Xoʻjalikda yil yakuni boʻyicha Sut mahsuloti 400 sentner va shuningdek 116 ta nasl olindi. 4. Xoʻjalikda yil yakuni boʻyicha boʻrdoqiga boqilgan mollardan 44,8 sentner goʻsht olindi. 65 Topshiriq: 1. Ishlab chiqarish jarayoni boʻyicha umumiy xarajatlarni y igʻib olingan har bir mahsulot boʻyicha tannarxini aniqlang. 2. Hisob-kitoblarni mustaqil bajaring. 3. Qisqacha izoh bering. TEST SAVOLLARI 1.Materiallar — A) ishlab chiqarish jarayonida bir marotaba qatnashadigan va oʻz qiymatini bir ishlab chiqarish sikli davomida toʻliq ravishda yangidan yaratilayotgan mahsulotga oʻtkazadigan aktivlardir. B) korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yigʻindisidir. C) ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umum xoʻjalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlardir. D) ishlab chiqarish jarayonida koʻp marotaba qatnashadigan va oʻz qiymatini bir ishlab chiqarish sikli davomida toʻliq ravishda yangidan yaratilayotgan mahsulotga oʻtkazadigan aktivlardir. 2.Materiallar hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: A) Materiallar harakati bilan bogʻliq oʻzgarishlarni oʻz vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish. B) Materiallarni joylashda ula rning toʻgʻri saqlanishi ustidan nazorat olib borish. C) Moddiy- texnika taʼminoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish. D) Materiallarning ishlab chiqarishishga toʻgʻri berilishi va ularni sarflash meʼyoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish. 3.Materiallarning xar bir turi boʻyicha normativ miqdori kim tomonidan belgilanadi? A) korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. B) tuman moliya boʻlimi tomonidan C) viloyat moliya boʻlimi tomonidan D) tuman hokimligi va moliya boʻlimi tomonidan 66 4.Materiallar yangi mehnat mahsulotini yaratishdagi roliga qarab quyidagilarga boʻlinadi: A) Xom ashyo B) Yordamchi materiallar C) Moddiy- texnik taʼminot D) Asosiy materiallar 5. FIFO usuli bu A) birinchi kirim — birinchi chiqim B) oxirgi kirim — bir necha bor chiqim C) oʻrtacha kirim — birinchi chiqim D) oxirgi kirim — birinchi chiqim 6. Moddiy boyliklarni olishga beriladigan ____________________ — korxona mol yetkazib beruvchilaridan tovar-moddiy boyliklarni olish uchun oʻz vakiliga beradigan hujjatidir. A) ishonchnoma B) buyuriq C) shartnoma D) kirim- chiqim orderi 7.LIFO usuli bu A) birinchi kirim — birinchi chiqim B) oxirgi kirim — bir necha bor chiqim C) oʻrtacha kirim — birinchi chiqim D) oxirgi kirim — birinchi chiqim 8.Korxona sarf xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga: A) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi B) davr xarajatlari C) moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar D) favqulodda zararlari 9._____________- bevosita ishlab chiqarish jarayoni xarajatlari bilan bogʻliq emas. A) Davr xarajatlari B) Tannarx xarajatlari C) Xom ashyo va asosiy materiallar xarajatlari D) Asosiy va qoʻshimcha ish haqi xarajatlari 67 10._____________- ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan bogʻliq emas. A) Davr xarajatlari B) Tannarx xarajatlari C) Xom ashyo va asosiy materiallar xarajatlari D) Asosiy va qoʻshimcha ish haqi xarajatlari 11.Davr xarajatlariga quyidagilar kiradi: A) tijorat xarajatlari B) ishlab chiqarishni boshqarish xarajatlari C) tajriba-konstruktorlik xarajatlari D) yoqilgʻi xarajatlari 12.Mahsulot tannarxi — A) ishlab chiqarish jarayonida bir marotaba qatnashadigan va oʻz qiymatini bir ishlab chiqarish sikli davomida toʻliq ravishda yangidan yaratilayotgan mahsulotga oʻtkazadigan aktivlardir. B) korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yigʻindisidir. C) ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umum xoʻjalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlardir. D) oʻz mablagʻlarining manbalari va bir ishlab chiqarish sikli davomida toʻliq ravishda yangidan yaratilayotgan mahsulotga oʻtkazadigan noaktivlardir. 13.Mahsulot tannarxning pasayishiga asosan quyidagi omila r taʼsir koʻrsatadi: A) mehnat unumdorligining oshishi B) tijorat xarajatlari C) tajriba-konstruktorlik xarajatlari D) xom ashyo, elektroenergiya, yoqilgʻi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi 68 14.Tayyor mahsulot deb, _________ A) barcha ishlov o peratsiyalaridan oʻtib tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. B) korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bo gʻliq boʻlgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. C) ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umum xoʻjalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlariga aytiladi. D) oʻz mablagʻlarining manbalari va bir ishlab chiqarish sikli davomida toʻliq ravishda yangidan yaratilayotgan mahsulot, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. 15.Ombordagi mahsulot deganda, _________ A) barcha ishlov operatsiyalaridan oʻtib tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. B) korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. C) ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umum xoʻjalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlariga aytiladi. D) ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan oʻtib, texnika nazorati boʻlimi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga moʻljallangan tovar mahsuloti tushuniladi. 16. Baho — A) qiymatning puldagi ifodasi. B) korxona mahsulotini puldagi ifodasi. C) tijorat xarajatlarini puldagi ifodasi. D) ishlab chiqarishning barch a ishlov operatsiyalaridan oʻtib, texnika nazorati boʻlimi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga moʻljallangan tovarni puldagi ifodasi. Download 54.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling