Amaliy mashg’ulot-13. Hymenostomata turkumi. Vakil: Parameciya (tufelka) infuzoriyasining tuzilishi va ko’payishi
Download 274.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmaliy mashg’ulot-13.
12-rasm. Infuzoriya tufelkasi (Paramecium caudatum)
1-kipriklar; 2- makronukleus; 3- mikronukleus; 4-peristom; 5-ogʻiz; 6-xalqum; 7-ovqat hazm qilish vakuolasining hosil boʻlishi; 8- ovqat hazm qilish vakuolalari; 9- chiqarish joyi; 10-11-qisqaruvchi vakuolalarining yigʻiluvchi naychalari; 12-trixostistlar; Tufelka jinssiz va jinsiy yo’l bilan koʻpayadi. Jinssiz koʻpayganda uning tanasi koʻndalangiga boʻlinadi. Bunda oldin mikronukleus, so’ngra esa makronukleus boʻlinib, keyin protoplazma ham koʻndalangiga ikkiga ajraladi (13 rasm). 13-rasm. (Paramecium caudatum) ning bo’linishi 1-qisqaruvchi vakuola; 2-og’iz qismi; 3-bo’linuvchi makronukleus; 4-bo’linuvchi mikronukleus. Yetarli darajada harorat va ozuqa moddalar mavjud boʻlganida bir kecha-kunduzda har bir tufelka 2-marta boʻlinib, toʻrtta infuzoriya hosil boʻladi. Bir necha marta jinssiz koʻpayishdan keyin tufelkaning jinsiy koʻpayishi, yaʼni konyugaciya jarayoni boshlanadi. Bunda ikkita tufelka peristom tomonlari bilan bir-biriga yopishib oladi va taxminan 10-12 soat davomida birgalikda suzib yuradi(14 rasm). 14- rasm. (Paramecium caudatum) ning konyugatsiya jarayoni. A-konyugatsiyaning boshlanishi; B-D- mikronukleusning birinchi boʻlinish bosqichi; E- mikronukleusning ikkinchi boʻlinish bosqichi; F- mikronukleusning uchinchi marta boʻlinishi; G-H-migraciyalanuvchi yadroning stacionar yadro bilan qoʻshilib, sinkarion yadro hosil qilishi; I-sinkarion yadroning uchinchi marta boʻlinishi natijasida sakkizta yadroning hosil boʻlishi; J-K-ekskonyugantlar. Bu vaqt ichida ularning pellikulasi erib, ikkala parameciyaning protoplazmasi qoʻshiladi va oʻrtada protplazmatik koʻprikcha hosil boʻladi. Ularning yadrolari ham chuqur o’zgarishga duch keladi. Avvalo makronukleus mayda qismlarga boʻlinib, asta-sekin surilib yoʻqolib ketadi, makronukleus esa mitoz yoʻli bilan ikki marta boʻlinib, har bir individda toʻrttadan yadrochalar hosil boʻladi. Ularning uchtasi surilib ketadi, qolgan bittasi o’z navbatida ikkiga boʻlinib, ikkita kichik yadrocha paydo boʻladi. Bularning bittasi harakatsiz-stacionar, ikkinchisi esa harakatchan-migracion yadrochalar yoki pronukleuslardir. Keyinchalik konyugaciyalanuvchi infuzoriyalar oʻzaro harakatchan yadrolarini almashtirib oladilar, yaʼni protoplazmatik koʻprikcha orqali birinchi infuzoriyaning harakatchan yadrosi ikkinchisiga, undan esa birinchisining endoplazmasiga oʻtadi. Shundan keyin har bir infuzoriyaning endoplazmasidagi statsionar yadrocha bilan “sherik” infuzoriyadan oʻtgan migracion yadrocha qoʻshilib, sinkarion yadroni hosil qiladi. Bu jarayondan keyin konyugaciyalanuvchi infuzoriyalar bir-biridan ajraladi. Har bir tufelkada hosil boʻlgan sinkarion yadro uch marta boʻlinib, 8 yadrocha paydo boʻladi. Ularning 4 tasidan makronukleus, qolgan 4 tasidan esa mikronukleus hosil boʻladi. Keyinchalik bu tufelkalar yana jinssiz ikkiga boʻlinib, koʻpayishni davom ettiradi. Download 274.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling