Amaliy mashg’ulot 13


Download 0.92 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1523800
  1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Genlarni kartalashtirish dasturlari bilan tanishish


Amaliy mashg’ulot 13
Genlarni kartalashtirish dasturlari bilan tanishish
MapQTL, JoinMap, MapChart, WinQTLCartographer, QGENE kartalashtirish bioinformatik dasturlari ishlash printsiplari bilan tanishish.
Ishning maqsadi: Miqdoriy belgilar lokuslarini kartalashtirish bo’yicha ma’lumot beriladi. Kartalashtirish dasturlarining turlari va ulardan foydalanish tartiblari o’rgatiladi. Birikkanlik kartalarini tuzish bo’yicha JoinMap va MapChart dasturiy ta’minotlaridan foydalanish tushuntiriladi. QTL kartalashtirish bo’yicha MapQTL, WinQTLCartographer hamda QGENE bioinformatik dasturlarining ishlash printsiplari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Ishning rejasi: MBL kartalshtirish dasturlari bilan tanishish. Dasturlar uchun fenotip hamda genotip ma’lumotlarini o’zida mujassam etgan fayllarni ishlab chiqish. Kartalashtirish jarayonlarini kuzatish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, dasturiy ta’minotlar.
Ishning nazariy asoslari.
Windows «Pusk» menyusidan foydalanib dasturni ishga tushiring. Dastur ishga tushganda bir necha asosiy qismlarga bo’lingan “okno”larni ko’rish mumkin: tepa qismda menyu (menu) va tugmachalardan iborat instrumentlar paneli (tool bar), chap tomonda navigatsiya paneli (navigation panel), o’ng tomonda ma’lumotlar va natijalar paneli (contents-and-results panel), pastda esa – satr holati (status bar) joylashadi (1-rasm).

Ma’lumotlar yuklangandan so’ng navigatsiya panelida xuddi Windows Explorer dagi singari har bir bo’g’inida (node) elementlarni ya’ni, populyatsiya, birikkanlik guruhi yoki kartani namoyon etuvchi shajara (tree) hosil qiladi. Ma’lumotlar va natijalar panelida navigatsiya shajarasidan tanlangan bo’g’inga nisbatan ma’lumotlar va tahlil natijalaridan iborat bo’lgan jadvallar to’plami hosil bo’ladi. Qaysi bo’g’in tanlansa unga mos punkt faollashadi, masalan populyatsiya bo’g’ini uchun “Population” menyusi yoki guruh bo’g’ini uchun “Group” menyusi. JoinMap dasturida foydalaniladigan ma’lumotlar fayllari formati «Ma’lumotlar fayllari» bobida batafsil yoritiladi. Ba’zi ma’lumotlar fayllari namunalari DemoData dastur katalogida keltirilgan.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling