Amaliy mashg’ulot. 17-Mavzu: O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishining yangi modelida sun’iy intellekt


Download 1.91 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1603912
Bog'liq
17-amaliy


AMALIY MASHG’ULOT.
17-Mavzu: O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishining yangi modelida sun’iy intellekt
I.Darsnining maqsadi: Sun’iy intellekt muammosi, Sun’iy intellekt va neyrotexnologiyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, ERP da sun’iy intellekt. Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi
II.Darsning borishi:

  1. Kirish

  2. Yangi mashg‘ulotni tushuntirish.

  3. Talabalarni mustaqil ishlashi uchun topshiriq.



III. Fanning nazariy tushunchasi.
Olimlarning ta’rifiga ko‘ra, sun’iy intellekt insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intellektual sun’iy tizimdir.
Sun’iy intelekt hozirgi axborot asrida nihoyatda dolzarb bo‘lib, insoniyat sun’iy intellekt orqali XXI asrning global muammolariga ilm-fanda yangi imkoniyatlarni kashf etish yo‘li bilan ijobiy yechimlarni topadi. Shuningdek, bu tibbiyot, ta’lim, energetika, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik va boshqa barcha sohalarda sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshiradi.Sun’iy intellektni rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarining o‘rni yildan-yilga ortib bormoqda.
2019 yil yakuni bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi o‘zining oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan dunyo mamlakatlari ichida dastlabki 10 talikda yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni Koreya, AQSh, Yaponiya va Yevropa davlatlari egallagan. Umuman, dunyoda sun’iy intellektga talab va uning qo‘llanilish sohasi ham ortmoqda.Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, soha va tarmoqlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, «aqlli dasturlar»ning qo‘llanish sohasini kengaytirish bo‘yicha davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ijro etilmoqda.

Bugungi kunga qadar jahon mamlakatlari tomonidan sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha yettita xalqaro, ellikdan ortiq milliy strategiya qabul qilingan.


Bu yoʻnalishda Oʻzbekistonda ham katta qadam tashlandi va sunʼiy intellekt sohasida qonunchilikdagi boʻshliq toʻldirildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish strategiyasi va Ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida mamlakatda sunʼiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Ushbu hujjatda sunʼiy intellektni ilmiy-innovatsion rivojlantirishning asoslarini ishlab chiqish, mutaxassis kadrlar va olimlar yetishib chiqishi uchun shart-sharoit yaratishga alohida urgʻu berilgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi sohadagi ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul etib belgilangan.Sunʼiy intellekt sohasida ilm-fan va milliy innovatsion ishlanmalar ekotizimini yaratish maqsadida Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi hamda “Innoweek” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Sunʼiy intellekt — texnologik rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etiladi. Shuningdek, “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” doktorantura ixtisosligi tashkil etilib, stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvota ajratiladi.Tabiiyki, ushbu chora-tadbirlarni hamda sunʼiy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish uchun mablagʻ zarur. Buning uchun Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasida hisob raqami ochiladi va startap loyihalarni jamoaviy moliyalashtirish, yaʼni “kraudfanding” mexanizmlari joriy etiladi.


Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi, transport, energetika, sogʻliqli saqlash kabi tarmoqlarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻz ichiga olgan innovatsion loyiha va yechimlar joriy etiladi. Bularning barchasi, oʻz navbatida, Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qoʻllash, raqamli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini hamda ularning yuqori sifatini taʼminlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.




IV.Topshiriqlar: https://teachablemachine saytiga kirib boshlash tugmasi bosiladi.



2-qadam. Ushbu oynada ko’rinadiki 3 turdagi proyektlardan birini tanlashimiz mumkin.



3-qadam. Birinchi turdagi rasmlarni tanib olish bo’limini tanlaymiz.



4-qadam. Har bir jism uchun klass yaratib olamiz.

5-qadam. Har bir jismni kamera orqali rasmga olib kiritib chiqamiz.








6-qadam. Umumiy mashinani o’qitish modeli yuklangandan keyin Kiritilgan jismlarni tanib olishni sinab ko’rishimiz mumkin.







Amaliy topshiriq. Har bir talaba 3 ta proekt ustida 4 tadan klass kiritib natijasini olish.


Asosiy adabiyotlar



  1. Макаров А.Ю., Макаров А.А. Цифровая экономика. Технология меняет менежмент. Практика внедрения и результат.: учебник /А.Ю.Макаров, А.А. Макаров. — М : СОЛОН-Пресс, 2022. — 160 с.ISBN 978-5-91359-437-2 (сотиб олиш керак)

  2. Lapidus L.V. Digital Economy (на англ. яз.): Учебное пособие для бакалавров и магистров по направлениям «Экономика» и «Менеджмент». – М.: РУТ(МИИТ), 2018.-42 с.

  3. С.С.Ғуломов, О.М.Абдуллаев, Р.Аюпов. Рақамли иқтисодиёт (криптовалюта ва блокчейн). Ўқув қўлланма. Т.: Молия, 2020.–354 б.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling